Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MENTAL ARIFMETIKA BOLALAR INTELLEKTUAL RIVOJLANISHINING


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MENTAL ARIFMETIKA BOLALAR INTELLEKTUAL RIVOJLANISHINING 
MUHIM OMILI SIFATIDA
Hayitova Norxoloy Ixtiyor qizi
 Navoiy viloyati Navbahor tuman 2-son DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya: mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishida 
mental arifmetikaning o‘rni, mental arifmetikani o‘rgatishning samarali yo‘llari haqida tavsiyalar 
berilgan. 
Kalit so‘z: –intellektual, elementar matematika, mental arifmetika.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan yurtimizda innovatsion 
texnologiyalar asosida jihozlangan “aqlli bog‘cha”larni tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. “biz uchun 
bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog‘ligi eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomoni-
dan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilayapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz 
bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish”, - deydilar Shavkat Miro-
monovich.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida yutuqlarga erishishning asosiy omili – bu albatta 
sifatli ta’lim-tarbiya jarayonidir. bilamizki, XXI asr farzandlari keksa avloddan ko‘ra bir qadam 
ilgarilab ketgan. Xususan, texnika, axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ham yosh avlod an-
chagina oldinlab bormoqda. Ilgari 10 ichida sanashni boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 1-sinfga borib 
o‘rgangan bo‘lsa, hozirgi zamon bolasi 3 yoshidan sanoqlarni sanash va hisoblashni eplay olmo-
qda. Shunday ekan, bola shaxsiga yondashgan holda ta’lim berish bugungi kun tarbiyachilarining 
asosiy vazifasiga aylanmog‘i lozimdir.
Tarbiyachilar iqtidorli bolalar bilan kompyuter savodxonligi, arifmetik amallar mashqi, turli 
boshqotirma, keyslardan bog‘cha sharoitida foydalanishi bolalarni maktab ta’limiga intellektual, 
jismoniy tayyorlashining asosi bo‘ladi deb aytish mumkin. Ayniqsa, bugungi kunda rivojlanib, 
ommalashib borayotgan mental arifmetika o‘yinlari bolalarni nafaqat rivojlantiradi, balki elemen-
tar matematik bilimlarni egallashiga yordam beradi. 
Mental arifmetika - bu san’at va aql-idrokni rivojlantiruvchi, yuqori sifatli dastur bo‘lib, mate-
matik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi. Mental arifmetika bolalar-
da quyidagi malakalarni rivojlantirishga yordam berishi qayd etilgan: diqqatni jamlash; tasviriy 
xotira; ijodiy fikrlash; tinglash va kuzatuvchanlik; tasavvur qilish; mantiq; analitik fikrlash.
Fan sifatida mental arifmetika bundan ikki ming yil ilgari Yaponiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, 
bu usul miyaning har ikkala yarim sharini rivojlantirish maqsadida o‘ylab topilgan. bir qarashda 
xayolotga yaqindek tuyulishi mumkin, ammo ushbu ta’limning rivojlanishi fantastika emasligini 
isbotladi. bolalarning aniq bir o‘yin bilan shug‘ullanishlari natijasida ularning xotirasi mustahka-
mlanib, diqqatining oshgani, ongdagi turli xil matematik hisob-kitoblarni ishlab chiqarish qobili-
yatining tez sur’atlarda amalga oshirilishi, hatto, olimlarning ham hayratiga sabab bo‘ldi. 
Mental arifmetika mayda motorika va aniq arifmetik harakatlar yordamida chap yarimsharni 
rivojlantirishga ko‘mak beradi. O‘ng yarimshar o‘ng va chap qo‘llarni ishlatish, “xayol” (tasav-
vur)dagi ish davomida harakatga keladi. Mashg‘ulotlar samarasi o‘laroq bolada faollik va tashab-
buskorlik jihatlari o‘sadi.
Ushbu arifmetikani o‘zlashtirish orqali bolaning ijodiy fikrlashi rivojlanadi hamda bola no-
standart bo‘lmagan vaziyatlarda yagona haqiqiy yechimni topishni o‘rganadi. bolalarning ijodiy 
qobiliyati oldinga chiqadi (bu faqat matematik ma’lumotlarga tegishli bo‘lmay, boshqa sohalarda 
ham namoyon bo‘ladi).
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayoniga “Mental arifmetika” o‘yinlarini olib kirish 
va iqtidorli bolalarni fikrlash va tasavvur etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkindir. Quyidagi 
o‘yinlar mental arifmetika o‘yinlaridan namunalar bo‘lib, tarbiyachilar o‘z pedagogik faoliyatida 
unumli foydalanishi mumkindir.
1-oyin: Guruh bolalari ikkiga ajratiladi. O‘rtaga bir bola chaqiriladi va ko‘zi bog‘lanadi (bu 
bolada diqqatni taqsimlashga yordam beradi). ko‘zi bog‘langan bolaning ikki yelkasiga ketma-ket 
bolalar “salom” deb, urib qo‘yishadi. bola bir vaqtning o‘zida o‘ng yelkasiga va chap yelkasiga 
urilgan qo‘llarni sanab borishi lozim. Tarbiyachi boladan o‘ng va chap yelkasiga nechtadan bolalar 
“salom” berishini so‘raydi va natijani qayd etib qo‘yadi. O‘yin shu tartibda qolgan bolalar bilan 


143
10
davom etadi. bunda tarbiyachidan har kunlik bolalar javobini qayd etib borishi va tahlil qilishi 
talab etiladi.
2-o‘yin: Bolalar guruhi teng ikki qismga ajratiladi va o‘rtaga bir bolaning ikki qo‘liga teng 
bo‘lgan qalam beriladi. Masalan, 7-8 tadan. Ikki guruh bolalariga 3 daqiqa ichida rasm chizish 
vazifasi beriladi. Masalan, gul. Shu 3 daqiqa ichida bolalar o‘rtadagi bola qo‘lidan birin-ketin 
qalamlardan foydalanishadi. bolaga beriladigan vazifa ikki qo‘lidan nechtadan qalam olinganini 
sanab turishi lozim. bola bir vaqtning o‘zida o‘ng qo‘lidan nechta qalam yoki chap qo‘lidan nechta 
qalam foydalanilganini hisoblab borishi lozim.
Nomlanishiga qaramasdan, aqliy arifmetikaning maqsadi faqatgina hisoblashni o‘rgatish emas, 
eng asosiysi, bu miyaning rivojlanishi. chunki rivojlangan miya masalalarni osongina bajara ola-
di, bu esa bolaning keyinchalik maktabda hamma fanlarni o‘zlashtirishi oson kechadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘yinlar orqali “Mental arifmetika”ni o‘rgatishning o‘ziga 
xosligi – bosh miya yarim sharlarining o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishidir. bolalar bilan olib boril-
adigan kunlik 15-20 daqiqa mashq, o‘yinlar ulkan natijalar beradi. Rivojlangan miya – kelajakdagi 
muvaffaqiyatli faoliyat asosidir: maktabda darslarni o‘zlashtirish, bola mustaqil fikrlashi kabilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi. 2018 yil- 7-iyul
2. мактабгача ёшдаги болаларда математик тасаввурларни шакллантириш. Н.У.Бикбаева, 
З.И.Иброҳимова, Х.И.Қосимова.Тошкент <<Ўқитувчи>> 1995.
3. www.Ziyo.net


144

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling