Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
BOLALARDA UCHRAYDIGAN QO‘RQUV UNING PSIXIK RIVOJLANISHINI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
BOLALARDA UCHRAYDIGAN QO‘RQUV UNING PSIXIK RIVOJLANISHINI KISHANLAYDIGAN KO‘RINMAS ILLATDIR. Kamola Haydarova Qudrat qizi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 2-DMTT psixologi Baxtiyorzoda Dilora Navoiy viloyati Karmana tumani 4-DMTT psixologi Annotatsiya: ushbu maqolada bolalarda uchraydigan qo‘rquv va uning psixik rivojlanishi haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: bola, qo‘rquv, ota-ona, psixik rivojlanish. “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq”. Sh.M.Mirziyoyev bola uchun bu dunyo juda katta va tushunarsiz. Ayniqsa uch yoshgacha bo‘lgan davrda ota- ona tomonidan “tegma”, “qo‘yma”, “bu ishing yomon”, “kuyib qolasan”, “og‘irlik qiladi”, “buni bajara olmaysan”, ”hali kichiksan” mazmunidagi ko‘rsatmalar qanchalik ko‘p qo‘llanilsa, bola atrofidagi voqelikdan shunchalik qo‘rqa boshlaydi. Negaki, qo‘rquv insonning kuchli emotsion- al holati ko‘rinishidir.farzandingiz biror nimadan qattiq ta’sirlanganida unda his-hayajon ortadi. Misol uchun xonada yugurib o‘ynayogan bolangiz chinni idishni sindirib qo‘ydi.bunday paytda aksariyat ota-onalarimiz “Voy nima qilib qo‘yding?!” deya baland ovozda baqirishadi va bolani urishishadi. bola esa nima uchun dakki eshitayotganini anglamaydi, ammo ong ostida yuz ber- gan voqeadan qattiq ta’sirlanish,qo‘rquv yozib qolinadi. keyinchalik u ulg‘ayganida biror yerda charsillagan tovushni eshitsa, beixtiyor cho‘chib tushadi. Mutaxassislarning fikricha, bola to‘rt-besh yoshga to‘lguniga qadar uning qo‘rquvlari bilan ishlash kerak. Yo‘qsa bu hissiyot keyinchalik bolaning kelajakdagi muvofaqqiyatlariga erishishga to‘sqinlik qiladi. bola to‘qqiz oylik bo‘lganida unda emotsional ong shakillana boshlaydi. Ushbu holat uch yoshgacha davom etadi. Mana shu vaqt oralig‘ida bola kuchli his-hayajonga sabab bo‘luvchi holatlarning guvohi bo‘lsa, barchasi ong ostiga muhrlanib qoladi. Go‘dakdagi qo‘rquv holati o‘z-ozidan juratsizlikni yuzaga keltiradi. chunki bunda bolakayning irodasi susayib, o‘ziga nisbatan ishonchi yo‘qolib boradi. Shu holat bora-bora vahimachi bo‘lib qolishiga olib keladi. Vahima esa anchagina xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. dastlab farzandingiz nimadan qo‘rqishini aniqlab oling. Misol uchun, qorong‘ulik, yolg‘iz qolish, gavjum joylar, baland ovoz, gap eshitib qolish, ko‘pchilikning oldiga gapirish, darsda javob beraolmaslik kabi qo‘rquvlar bo‘lishi mumkin. Quyida qo‘rquvlardan xalos etuvchi mashqlar bilan tanishing: 1-mashq: bola o‘zi istagan rangdagi shar ichiga hayolan barcha qo‘rquvlarni joylab shishirishi kerak.so‘ng unga savol bering:”Qo‘rqqaningda tanangning qaysi qismida titroq seziladi?” Agar bola “qornim”, desa sharni qorniga olib borib, yorishi kerak bo‘ladi. Mashq besh kun davom ettiriladi. Agar birinchi yoki ikkinchi kundan so‘ng bola o‘ziga nisbatan ishonchi ortsa, shar shishirishni to‘xtatish mumkin. 2-mashq: farzandingiz qo‘rquvlarni qanday obrazda tasavvur qilsa shunday obrazda chizadi. So‘ng unga shunday deng.”Ichingdagi qo‘rquving tashqariga chiqdi.Endi qog‘ozni buklaymiz-da, birgalikda axlatga olib borib tashlaymiz”. Ruhshunos olimlarning aniqlashicha qo‘rquv bolada bir necha holatlar orqali ifodalanar ekan. Masalan, uyda yolg‘iz qolish qo‘rquvi (6-7 yosh),begona odamlar bilan muloqot qilish qo‘rquvi (3-6 yosh),ota-ona tarafidan jazolash qo‘rquvi (5-7 yosh),yovuz ertak qahramonlari: yalmog‘iz kampir personajidan qo‘rquv(3-5 yosh),qorong‘ulik va mavjud bo‘lmagan maxluqdan qo‘rquv(3-4 yosh),birinchi marotaba ko‘rgan yirtqich hayvonlardan qo‘rquv (4-6yosh), shifokorlar va kasalxonalardan qo‘rquv(3-5yosh),niktofobiya-qorong‘ulik zulmatdan qo‘rqish,gemotofobiya – qondan qo‘rqish, Avtofobiya – yolg‘iz qolishdan qo‘rqish, aylurofobiya- hayvon va hasharotlarga nisbatan qo‘rquv, glutofobiya–mushuklardan qo‘rqish, araxnofobiya–o‘rgimchaklardan qo‘rqish, kinofobiya–kuchukdan qo‘rqish, akvafobiya – suvdan, suzishdan qo‘rqish, brotofobiya – momaqaldiroqdan qo‘rqish,gipnofobiya – uxlashdan qo‘rqish, tanatafobiya - o‘limdan 141 10 qo‘rqish,keraunafobiya – chaqmoqdan qo‘rqish Qo‘rquvning sabablari xavfdan xabar beruvchi voqealar, sharoitlar yoki vaziyatlar bo‘lishi mumkin.Qo‘rquv aslida psixikaning ajralmas qismidir. U muayyan vazifani, ya’ni tananing tash- qi ta’sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi. O‘sib ulg‘ayayotgan bolada nimadandir qo‘rqishi bu normal holat. biroq, qo‘rquvning ham chegarsi bo‘lishi zarur. Aytaylik, bola qorong‘ulikdan qo‘rqadi. U qo‘rqqan paytda bosh miyasidagi qo‘rquvga nisbatan asab markazi boshqa asab marka- zlarini tormozlab, qorong‘ulikdan himoyalanishni yuzaga keltiradi. kichkintoy qorong‘ulikka qa- ragani sari turli qo‘rqinchli sharpalar bosh miyasida aks etadi. Shunda u hadiksirab, qorong‘ulikka qarayveradi, asta sekin vahimaga tushadi. Qarabsizki bu ruhiy holat fiziologik o‘zgarishlarni vu- judga keltiradi: yuragi gupillab tez uradi, ko‘z qorachiqlari kengayadi, sovuq ter bosadi, ba’zan qattiq qo‘rquv ta’sirida bolada nutq faolyati buzulishi, og‘iz qiyshayib qolishi kuzatilishi,,yoki xushidan ketishi ham mumkin. bola o‘spirinlik yoshiga yetganda qorong‘ulikdan qo‘rqishi, atrof zim- ziyo bo‘lganda hadiksirashi ko‘pincha odat tusiga kiradi. Natijada bu hadik ortida bola o‘zin- ing ko‘plab qobilyatlarini boy beradi, hatto uning iqtidori yo‘qqa chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. “Psixokorreksiya” Z.T. Nishonova, N.I. halilova Toshkent 2006 2. Muzyanova O.V “bolalardagi qo‘rquvning korreksiyasi” cheboksari 2011y 3. Axmedova Z. “kichik bolalardagi katta qo‘rquvlar” Spektrum Media Group 2018y |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling