Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


O‘SMIRLARDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINING YUZAGA KELISHIDA


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
O‘SMIRLARDA XARAKTER AKSENTUATSIYASINING YUZAGA KELISHIDA 
OILAVIY MUNOSABATLARNING ROLI
Fayzullayeva Farida Yusufjon qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
 Telefon:+998 99 872 04 18 fayzullayevafarida6@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘smirlarda o‘smirlik yoshida yuzaga keladigan xarakterdagi 
salbiy va ijobiy xususiyatlar ularni bartaraf etish, ijobiy xususiyatlarni rivojlantirish borasida fikr 
yuritilgan. Maqoladan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul ota-onalar va pedagoglar foydalanishlari 
mumkin.
Kalit so‘zlar: xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, o‘smirlik, oilaviy konflikt.
Yurtimizda oila va oilaviy munosabatlarga bo‘lgan e’tibor kuchli.Sababi kelajakda har qanday 
mamlakat va millatning kelajakdagi taqdiri ayni hozirgi kunda oilalarda o‘sib-ulg‘ayib voyaga 
yetayotgan, tarbiyalanayotgan yosh avlodning qo‘lida. Insonning kelajakda egallaydigan mavqeyi 
va hayot yo‘lida muvaffaqiyatga erishishida, atrofdagilar bilan munosabatga irishishida,jamiyatga 
kirishishida ayni u o‘sib voyaga yetgan oilaviy muhit o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazadi. Oila- har 
qanday inson ta’lim-tarbiya oladigan ilk dargoh hisoblanadi.
Inson hayoti davamida bir necha yosh davrlarini bosib o‘tadi. bu yosh davrlari orasida o‘smirlik 
davri o‘zidagi yuzaga keladigan ko‘plab o‘zgarishlar bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farq 
qiladi.bu davrda o‘smirlar organizmida ham anotomik, ham fiziologik,ham psixologik jihatdan 
o‘zgarishlarni yaqqol ko‘z bilan ko‘rishimiz mumkin. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish 
davridir. Organizmda yuz berayotgan o‘zgarishlarning o‘smir ruhiyatiga ta’sirini to‘g‘ridan-tog‘ri 
guvohi bo‘lishimiz mumkun. O‘smirlar bu davrda o‘zlarini kattalardak tutishga harakat qiladilar. 
O‘smirlik davrida ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, 
urushqoqlik kabi salbiy xislatlarni ko‘zga tashlanadi. O‘smirlar organizmida yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan salbiy xarakter xislatlari fan tilida “xarakter aksentuatsiyasi deb ataladi”. ko‘pincha 
bu davrda ota-onalar va tarbiyachilar o‘smirlarni tarbiyalashda turli muammo va qiyinchiliklarga 
duch kelishadi. bunday qiyinchilikka duch kelishga sabab ota-onalarning o‘smirlar organizmida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotga ega emaslik va bu o‘zgarishlarga shunchaki 
injiqlik va qaysarlik sifatida qarash natijasida yuzaga keladi. Xarakter ijtimoiy xususiyat ekanligini 
inobatga olib fikr yuritadigan bo‘lsak xarakter aksentuatsiyasi ham ijtimoiy hodisa bo‘lib, 
vaqtincha davom etishi mumkin. Agar yetarlicha chora tadbirlar qo‘llanmasa yuzaga kelgan salbiy 
xislat bir umrga saqlanib qolishi ham mumkin. Salbiy jihatlarni mustahkamlanib qolmasligida 
o‘smir tarbiyalanayotgan oilaviy muhit va ta’lim olayotgan muassasasi va do‘stlar davrasi asosiy 
rol o‘ynaydi. O‘smirlik davrida o‘smirlar ko‘proq mustaqil bo‘lishga intiladilar. fikrlari inobatga 
olinishini istaydilar(ularning to‘g‘ri yoki notog‘ri ekanligi ahamiyatsiz). 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek xarakter ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni atrof-muhit ta’sirida 
o‘zgaradi. Agar bola voyaga yetayotgan oilaviy muhitda ota-onalar o‘rtasida oilaviy janjallar 
va tushunmovchiliklar ko‘p bo‘lsa bu bolaning ota-onadan uzoqlashishiga, umuman oiladan 
uzoqlashishiga olib keladi. Xarakter aksentuatsiyasini o‘rgangan olimlarning xususan k.Leongard 
fikricha 50-80% o‘smirlar organizmda xarakter aksentuatsiyasi uchraydi.
Psixolog va pedagog olimlarimizning ta’kidlashlaricha agar oilada oilaviy munosabatlarda 
samimiylik bo‘lsa, ota-ona va farzandlar o‘rtasida, ota-ona o‘rtasida iliq munosabatlar yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘lsa o‘smirlik yoshidagi salbiy xususiyatlarni paydo bo‘ishi yoki ularda o‘zgalarga 
nisbatan salbiy munosabat yoki harakatlar paydo bo‘lmas ekan. Pedagog va psixologlar tomonidan 
bunday holatlarning oldini olishda bir qator tavsiyalar berib o‘tiladi.
birinchidan, o‘smir o‘sib voyaga yetayotgan muhitni yaxshilash. Ma’lumki, inson dastlabki 
bilimlar manbaini o‘zi tug‘ilib o‘sayotgan oila a’zolaridan oladi. dastlabki hayotiy bilimlar ham 
bolaga ayni oila a’zolari tomonidan beriladi. Shu sababdan dastlab oilaviy muhitni yaxshilash talab 
etiladi. Ota-ona muammolarini bolalardan holi hal qilishga harakat qilishlari lozim. chunki, ota-
ona bolalar oldida tortishsalar agar bola kichik yoshda bo‘lsa bu tortishuvga o‘zini sababchidek 
his qilar ekan.
Ikkinchidan, o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatish. Tarbiya jarayonida haddan tashqari ko‘ngli 
bo‘shlik ham, haddan tashqari qattiqqo‘llik ham yaramaydi. Ota-onalar ko‘proq ko‘proq samimiy 


135
10
suhbatlarni tashkil etishlari, o‘smir organizmida yuzaga kelayotgan ayrim o‘zgarishlar haqida 
tushnchalar berishlari lozim.
Uchinchidan, bolada ma’suliyat hissini shakllantirish. Ota-ona farzandini doimo nazorat qilib 
turishi lozim. Ma’lum bir vazifani topshiriq sifatida berib albatta uni natijasini so‘rab olish kerak. 
Ana shunda bolada berilgan topshiriqlarga ma’suliyat bilan yondashish hissi vujudga keladi.
To‘rtinchidan, bolada kichik yoshidan boshlab atrofda bo‘lib o‘tayotgan voqea-hodisalarga 
to‘g‘ri baho berish xususiyatini shakllantirish.
Eng avvalo ota-onaning o‘zi bola uchun birinchi muallim hisoblanadi. bola ota-onasidan 
ko‘rib o‘rgangan tajribalarini amaliyotga tadbiq etadi, ulardan o‘rgangan so‘zlarini takrorlaydilar. 
Ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak bolalar ota-onalarining 70% xarakter xususiyatlarini 
takrorlashar ekan. Ayni paytda o‘smirlar anchagina taqlidchi ham hisoblanishadi. Ota-onalar 
ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishda, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishda o‘zlarining 
xatti-harakatlariga be’etiborlik bilan qaramasliklari zarur. Shu sababdan ota-onalardan bola 
tarbiyasida e’tiborsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymasliklari talab etiladi. bugun o‘sib kelayotgan yosh 
avlod yurtimizning kelajagi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Z.Nishonova, d.Abdullayeva, G.baykunusova O‘smirlik davri psixodiagnostikasi va 
psixokorreksiyasi” Toshkent-2015.
2. f.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2017 
3. f.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent-2017


136

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling