Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


O‘QUVCHILAR BILIMINI MUSTAHKAMLASHDA INTERFAOL


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
O‘QUVCHILAR BILIMINI MUSTAHKAMLASHDA INTERFAOL
O‘YINLARNING AHAMIYATI
Dilorom Tuychiyeva
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman
xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
52- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining
birinchi toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: O‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlashda ta’limiy o‘yinlarning
ahamiyati juda katta. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat turi o‘yin
bo‘lganligi sababli, o‘tiladigan mavzular, o‘tilgan mavzularni mustahkamlashda o‘yin turidan
foydalanish ular bilim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Kalit so‘zlar: O‘yin faoliyati, kichik maktab yoshi, o‘tilgan mavzunu mustahkamlash,
karra jadvali, so‘z turkumlari.
,,Bilag‘on bolajon” Bu o‘yin ona tili va ,matematika darslarining mustahkamlash qismida
foydalanilsa bo‘ladi. O‘quvchilar olgan bilimlarini ko‘rgazmalilik asosida, hamda amaliy
usulda bajarsalar, samarali o‘zlashtiradilar.
,,Eslab qol! bu metod orqali o‘quvchilarni ona tili darsida darsga jalb qilish maqsadida
yoki darsining o‘tilgan mavzuni mustahkamlash qismida, yangi mavzuni mustahkamlash
qismida ham foydalanish mumkin.
biz bilamizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘yin mashg‘ulotiga ko‘proq qiziqadilar. 
O‘tiladigan dars, o‘tkaziladigan mashg‘ulot yoki amalga oshiriladigan ish o‘yin tarzida bo‘lsa
maqsadga erishish yaxshiroq bo‘ladi. bolalarning asosiy faoliyati o‘yindan iborat bo‘lgani
uchun ham ularga ancha jiddiy topshiriqlarni ham o‘yin tarzida oson bajartirish, o‘zlashtirish
qulay bo‘ladi. Men o‘z ish tajribamda darslarimda turli o‘yinlardan foydalanaman. bu o‘yinlar
albatta bolalarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birga oson va charchoqlarsiz
o‘zlashtirishlariga yordam beradi.
,,Bilag‘on bolajon ” o‘yini
Bu metodni karra jadvali o‘rganilayotgan sinfda o‘tkazish mavzuni mustahkamlash,
o‘quvchilar faolligini oshirish maqsadida o‘tkazish samaralidir. O‘qituvchi o‘yin shartini
tushuntirib bergandan so‘ng o‘tkaziladi. O‘qituvchi qo‘lida ko‘paytirishga oid ifoda ko‘rsatadi. 
O‘quvchi qo‘lidagi sonlar yozilgan kartochkadan ifodaning qiymatiga mos sonni ko‘rsatadi. 
O‘yin gapirmasdan, so‘zsiz bajariladi. To‘g‘ri va birinchi bo‘lib bajargan o‘quvchiga
o‘qituvchi 1 ball, keyin bajargan o‘quvchilarga 0,5 ball ( ikkita yarim bir ball bo‘lishini 
o‘qituvchi avvaldan tushuntirib bergan bo‘lishi kerak) taqdim etadi. bolalar ballarni o‘yin
oxirigacha yig‘ib boradilar. bu bilan ulushlarga oid ilk bilimlar ham berib boriladi. ko‘p
ball yig‘gan o‘quvchiga ,,bilag‘on bolajon” rag‘bat bilan taqdirlanadi. 
bu o‘yinni boshqa fanlarga ham moslashtirilsa bo‘ladi.
Masalan: Ona tili fanidan so‘z turkumlari mavzusida ham qo‘llasa bo‘ladi.
bu o‘yinni boshqa fanlarga ham moslashtirilsa bo‘ladi.
Masalan: Ona tili fanidan so‘z turkumlari mavzusida ham qo‘llasa bo‘ladi.
bu o‘yin orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qiziqishlarini oshiradi. Mavzu bo‘yicha
olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. faolligini oshiradi. Tezkorlik, xushyorlikka
chorlaydi


130

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling