Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
Kalit so‘zlar: Bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari
bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganinsh uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi.Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.Miyaning bu qismlari 12 yoshga kelib rivojlanib bo‘ladi. bu jarayon to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida,faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalada yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagoglar ota-onalar bolalarni erta maktabga berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari lozim. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. bolani erta o‘qish,yozish,sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari zo‘riqtirilsa,bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. buning oqibatida bolaning emotsional hissiy jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi.bunday holatda energiya taqsimlaninshining majburan buzilishi sodir bo‘lib,u 7-8-yoshli bolalarni qo‘rquv,agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib keladi. bu bolani maktabga o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas,lekin bolanining aqliy kamolotiga erta o‘qishni, yozishni, sanashni o‘rgatish bilangina erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki,rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra har qanday taraqqiyot ko‘rgazmali obrazlilikdan abstract mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola hali o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib,unga xarf va raqamlarni yozish,o‘qishga o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga ketishiga sabab bo‘ladi.Psixolog olimlarning fikricha,psixik va evolyutsiya taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlar kabi o‘zgarmas,hamda universaldir.Yuqoridagi fikrlarni umulashtirib aytish mumkinki,neyrofiziologik jihatdan ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan jarayonlar asosan 7-8 yoshga kelib shakllanadi.Ya’ni shu yoshda bola 45 daqiqalik aqliy mehnatga tayyor bo‘ladi. 6-7-yoshli maktabga tayyor bolada’’Men shuni xohlayman ‘’ motividan ‘’Men shuni bajarishim kerak’’motivi ustunlik qila boshlaydi. kichik maktab yoshidagi bolaning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi.kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ahloqiy onglari 1-4-sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va ahloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlarning boyish sezilarli darajada boyiydi. Bu davrda kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘gri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish,o‘ynash,sayr qilishva boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar.demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan,maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir.Shuning uchun ham rivojlanishning bu bosqichida har bir bola erishgan muvaffaqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi. Agar shu yoshda bola bilish,o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa,o‘ziga nisbatan,o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa,bu ishlarni kelgusida amalga oshirishi qiyinroq bo‘lib,boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. 132 10 Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish,jumladan moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish,ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi.7- 10-yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45 foiz ortishi,10-12-yoshgacha bolalarda esa 65 foizgacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlangan.kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligini o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Ohanglarni farq qilish sezgirligi,ayniqsa bolalarga musiqava ashula o‘rgatish jarayonida kuchli sur’atda o‘sadi. Sezgilarning o‘sishida shuningdek,jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul –harakat sezgilarini o‘stiradi. O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflab berish mushkul bo‘lgan paytlada tasvirlab, taqqoslab,xarakterlab,misollar bilan ko‘rsatib beradilar. dars jarayonida o‘qituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. bu holat,albatta biror- bir yordamchi qurollar,predmetlar,maketlar,sxemalar bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin.Aks holda bu yoshdagi bolalar mustaqil tasavvur,harakatlar qilishga qiynaladilar.kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida,shuningdek ertak va hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘z hayollari va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalar to‘qiy oladilar. bu yoshdagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi.Ayrim o‘quvchilar real borliqni tasavvur etsalar,boshqalari esa fantastic obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shu bois turli tasavvurlar zamirida ularning qo‘rquvni yengishi,do‘st topishi,xursandchilik hislari yotadi. Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. 6 yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 3000-7000 so‘zni ishlatadi.bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllanadi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga,mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir. kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi.Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi.bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof-hayotdagi narsa –hodisalarga nisbatan fikrini,munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi. kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota- onasi,o‘rtoqlari va ayniqsa o‘qituvchisi bilan bo‘ladigan munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. bola o‘qituvchisini aql sohibi,ziyrak,sezgir,mehribon inson deb biladi.O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar,oilaning boshqa a’zolarining nufuzi keskin kamayadi.Shu sababli bolalar bu davrda o‘qituvchining so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar.bolalarning o‘quv faoliyatidagi muvaffaqiyati hamda shaxsining shaklllanishi ko‘p jihatdan ularning o‘qituvchisi bilan munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlariga,sinfdagi o‘z mavqeini qay darajada anglab yetishiga,tarkib topgan o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. KIchik maktab yoshidagi o‘quvchilarning hislari o‘zining ancha barqarorligi,anglanganligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qiladi, bu hislar anchagina osoyishtalik bilan o‘tadi,ancha chuqur va kuchli bo‘lib qoladi.kichik maktab yoshidagio‘quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik,ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi.darslarda va tanaffus vaqtlaridagi o‘yinlardaular quvnoq va tetik bo‘ladilar.bunday holat esa kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional hayotida norma bo‘lib hisoblanadi. Bu yoshdagi bolalarni maktab dasturiga kiritilmagan juda ko‘p atrof-muhit hodisalari haqidagi bilimlar qiziqtiradi.bu qiziqishlar bolaning ko‘pincha e’tiborga olinmaydigan ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. bunday o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari,emotsiyalari,jamoa uchun tashvishlanish kabi hislari aks etadi.Qiziquvchanlik kichik maktab yoshidagi bolalarning keng aqliy faolligininamoyon etilish shakli hisoblanadi. bu davrda bolalarda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi.bu yoshdgi bolalar soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.Ularda mehnatga havas uyg‘onadi,mehnatga va mehnat ahllariga hurmat bilan qarash,ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar tarkib topadi. kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intelektual hislari bilish jarayonida rivojlanadi.O‘quv faoliyatida bolalar katta hajmdagi bilimlar va faktlarga duch kelib ular bolalarda taajjublanish, ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib,qiziquvchanlik, urichoqlik,shubhalanish va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos bo‘ladi. 133 10 O‘qishga nisbatan ijobiy munosabat kichik maktab davrining oxirlariga kelib birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi.O‘quv faoliyatiga qiziqish 1-2-sinflarda ko‘tarilib, 3-4-sinflarda pasayadi.kichik maktab yoshidagi o‘qishga qiziqishning pasayishi sabablaridan biri sifatida V.A.Suxomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning ko‘p qo‘yilishi,bu esa bolada o‘qishga nisbatan qiziqishning pasayishi va o‘z imkoniyatlariga nisbatan bo‘lgan ishonchning pasayishida deb biladi. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi,balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keying psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. buning natijasida o‘z-o‘zidan oilasi,o‘qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Xulosa sifatida aytish mumkinki,boshlang‘ich sinf o‘quv faoliyatining asosiy vazifasi – bu o‘quvchilarni ‘’o‘qish’’ga,bilim olishga o‘rgatishdir.kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik rivojlanishida ta’limning ta’sirida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi.bu o‘zgarishlar ularning hayotlarining ma’suliyatli davri bo‘lmish o‘smirlik davriga o‘tish uchun tayyorlaydi. Barchamizga aqlan yetuk, ma’nan barkamol, ruhan va jismonan sog‘lom farzandlar kamolini ko‘rish nasib qilsin. foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 1. M.G.davletshin va boshqalar ‘’Yosh davrlar va pedagogic psixologiya’’ T.TdPU.2009. 2. Petrovskiy .A.V. Yosh psixologiya va pedagogic psixologiya. M.1979. 3. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash.- T. fan.2003. 4. G‘.b.Shoumarov .Oila psixologiyasi.T.Sharq. 2010. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling