Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INTERAKTIV USULLARI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
TALABALAR BILIMINI BAHOLASHNING INTERAKTIV USULLARI
Jomurodov Do‘stmurod Mamasoliyevich, 
Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
Telefon: +998932912012
dustmurod@inbox.ru
Xasanov Zafar Shavkat o‘g‘li 
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi
Telefon: +998975216717
zafarhasanov6717@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish 
jarayonining muhim qismi ekanligi va baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan 
foydalanish mumkinligi keng yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: talabalar bilimini nazorat qilish, baholash, interaktiv vositalar, onlayn test kon-
struktorlari, platformalar, dasturlar.
bolon deklaratsiyasi amalda boʻlgan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim tizimiga yangi usullar kirib kelmoqda. bu holat 
nafaqat oʻqitishning yangi usullari shakllanishi, balki bilimni baholash jarayonlariga ham ta’sir 
etmoqda. Ma’lumki, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash ta’lim berish jarayonining 
muhim qismi hisoblanadi. bunda asosan har bir talabaning individual koʻrsatkichlari aniqlanadi. 
Ya’ni baholash jarayoni turli talabalarning koʻrsatgan natijalarini taqqoslashni koʻzda tutmaydi. 
bilimni baholashning asosiy maqsadlaridan biri ta’lim oluvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga 
asoslanib, oʻqituvchining ta’lim berish natijalarini tahlil qilgan holda, unga keyingi oʻqitish 
jarayonini qanday tashkil qilish boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qilishga qaratilgan.
hozirda baholashni shakllantiruvchi turli interaktiv vositalardan foydalanilmoqda. Shunday 
vositalardan biri Quizalize dir. bu talabalar oʻrtasida test va viktorinalar oʻtkazishga moʻljallangan 
ajoyib vosita. Uning yordamida oʻqituvchi dars jarayoni yoki uyga vazifani qiziqarli topshiriqlar 
koʻrinishida tashkil etishi mumkin. Oʻqituvchi baholash natijalarini tezda koʻrishi va har bir 
talabaning kuchli va kuchsiz jihatlarini osongina aniqlashi mumkin. Viktorinani yaratish jarayoni 
juda sodda. bunda saytdan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, “Mening viktorinalarim” boʻlimida 
“Yangi viktorina tuzish” tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Viktorina savol va javoblarini 
tegishli maydonlarga toʻldirib boʻlgach, uni guruhga sinov tariqasida taqdim etiladi. har bir 
savoldan keyin talabaning belgilagan toʻgʻri javobi uchun ballar beriladi va u talabaga koʻrsatiladi. 
Talabalar uni tahlil qilishi yoki yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin.
Quizalize – Kahoot, Socrative, Triventy, Quzizz va boshqa onlayn test konstruktorlari singari 
qiziqarli online platformalardan biri hisoblanadi. bu platforma orqali dars davomida talabalar 
bilimini baholab boorish imkoniyati mavjud. Oʻqituvchi mash’gulot davomida talabalarga taqdim 
etgan savollarga ular Quizalize orqali javoblarini belgilab, ball yigʻib boradilar. 
har bir talabaning yiqqan ballari har bir savol oxirida alohida namoyish etib boriladi. Talabalar 
oʻz ishlarini tahlil qilishlari, yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrishlari mumkin boʻladi. Quizalize orqali 
qulay tarzda turli viktorinalar ham yaratish, viktorina savollarida media fayllardan foydalanish 
imkoniyatlari mavjud. Va albatta oʻqituvchi xoxishiga qarab, vaqt boʻyicha cheklashlar ham 
oʻrnatib boriladi. 
Talabalarning darsga qiziqishlarini oshirish maqsadida viktorinalarni oʻyin va musobaqa 
tarzida tashkil qilish, talabalar reytingidagi oʻzgarishlarni auditoriyada mavjud katta ekranlarda 
namoyish qilib boorish imkoniyati ham mavjud. Shu kabi koʻpchilik platformalardan farqli 
ravishda Quizalize orqali baholashning vaqt va makonga bogʻliq boʻlmagan holatda ham tashkil 
qilish mumkin boʻladi. Talaba oʻziga qulay boʻlgan vaqt va joyda platformaga kiradi va undagi 
savollarga javob berish orqali ball yigʻadi. 
Quizalize platformasida talabalarga ularning javoblariga qarab darajali testlar berish imkoniyati 
ham mavjud. Talabalar guruhi ularning darslardagi ishtirokiga qarab uchga boʻlib olinadi va 
bu har bir guruh bilan ularning layoqatiga mos tarzda ishlash imkoniyatini beradi. Mazkur 
platformaga: mavzu bayoni yuzasidan pdf fayllar, videodarslar, web-resurslarga giperhavolalar 


153
10
ham joylashtirishingiz mumkin. bundan tashqari platformaga talabalar Google classroom logini 
orqali ham kirishlari, ya’ni platformani sinxronlashtirish mumkin
kahoot dasturi. kahoot dasturi turli multimedia elementlari – matn, surat va videolardan 
foydalanib, talabalar oʻrtasida onlayn test, debat va soʻrovnomalar oʻtkazish imkoniyatiga ega. 
bunda talabalar istalgan koʻrinishdagi qurilmalardan foydalanishlari mumkin.
har bir savolga rasm yoki videoni biriktirish hamda bajarish vaqtini belgilash mumkin. bu 
oʻyin koʻrinishidagi test jarayonini oʻtkazishda proyektordan foydalaniladi. Oʻqituvchi umumiy 
ekranga savol va javob variantlarini chiqaradi. Talaba esa kompyuter, planshet yoki oʻz mobil 
telefoni ekranida faqat variantlarni belgilaydi.
Savollarga qanchalik toʻgʻri va tez javob berilsa, shuncha koʻp ball beriladi. bu orqali qaysi 
talaba mustaqil va qaysi biri yonidagi kursdoshidan koʻchirayotganini aniqlash oson. Test 
soʻngida umumiy natijalar ekranga chiqariladi. har bir talabaning u yoki bu savolga bergan 
javobi doimiy saqlanadi va istalgan vaqtda har bir testing natijalarini Excel jadvali shaklida 
yuklab olish mumkin. kahoot’ning yana bir jihati shundaki, undagi tayyor test topshiriqlaridan 
foydalanib, oʻz testlaringiz sonini koʻpaytirishingiz mumkin.
Oʻqituvchining bunday onlayn servislardan foydalanishi berilgan nazariy bilimlarni talabalar 
tomonidan oʻzlashtirilishini va ularning materialni tushunish darajasini qisqa vaqt ichida 
aniqlashga yordam beradi. Agarda shu kabi texnologiyalarning baholash tizimini tahlil qilib, uni 
baholashning reyting tizimiga kiritilsa, talabalarning oʻquv mashgʻulotlaridagi ishtirokini yanada 
faollashtiradi. bunday vositalar yordamida dars mashgʻulotlarini qiziqarli va quvnoq ravishda 
olib borish hamda talabalarni baholashni interaktiv usulda tashkil qilish mumkin. Shu bilan birga 
mobil telefon va planshetlar dars jarayoniga toʻsqinlik qiluvchi emas, balki yordamchi qurilmalar 
vazifasini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Xamidov V.S. Erkin va ochiq kodli LMS tizimlar tahlili // infocom.uz jurnali, № 7, 8. 14-
bet, 2013 y.


154

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling