Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


MA’NODOSHLARNI O‘ZBEK TILI (RUSIYZABON GURUHLARDA)


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
MA’NODOSHLARNI O‘ZBEK TILI (RUSIYZABON GURUHLARDA) 
DARSLARIDAGI O‘RNI
Muslimova Husniya Abdullayevna, Toshkent shahar
 Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi akademik litsey
O‘zbek tili va adabiyoti katta o‘qituvchisi
97-704-60-01
muslimovahusniya@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ma’nodoshlarni (rusiybon guruhlarda) dars 
jarayonida qo‘llash va uning ahamiyatiga bag‘ishlangan. Shuningdek, ma’nodaoshlarning nutqdagi 
ahamiyati va darsning unumdorligini oshirish maqsadida tahlillar keltirilgan. 
Tayanch so‘z va birikmalar: ma’nodoshlar, sinonim, rusiyzabon. 
O‘zbek tili darsi haqida gapirar ekanmiz, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida “ ko‘prik” qanchalar 
mustahkam bo‘lishi kerakligini anglashimiz lozim. Sababi, o‘qituvchi o‘ziga yuklatilgan 
ma’suliyatni bajarishi, o‘quvchi esa ana shu ma’suliyatni qanday bajarilganini bildiruvchi omil 
hisoblanadi. demak, o‘qituvchi va o‘quvchi birga ishlamog‘i kerak. 
Sinonimlar haqida XX asr o‘rtalaridan to hozirgi davrgacha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. 
Masalan Ya.d. Pinxasovning “ hozirgi zamon o‘zbek leksikasi”(1960), U.Tursunov va 
N.Rajabovninglarning “O‘zbek leksikasining ba’zi masalalari” ( Samarqand 1971) bunga yaqqol 
misol bo‘la oladi. demak,bu har bir davrning dolzarb muammosi bo‘lgan. Sinonimlar taraqqiyot 
bilan ham nafas yuradi. Yangi chet tilidan so‘z o‘zlashishi bilan yana bir qandaydir so‘z uchun 
ma’nodosh safi kengayadi. bu esa “ o‘zga tilli guruhlarda” balki yengillikdir. bizning asosiy 
muammo bo‘lmish, rusiyzabon guruhlarda o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganishda qulaylik desa 
bo‘ladi. 
Masalan, rusiyzabon guruhlarda “Ma’nodoshlar” ( sinonimlar) mavzusi o‘tilish jarayonini 
ko‘zdan kechiramiz. Avvalo o‘quvchilardan ma’nodoshlar haqida so‘raladi. Ular ona tili (Родной 
язык) fanida bu mavzuni o‘tishgan . II tilni o‘rganayotgan o‘quvchilar birinchi navbatda har bir s 
o‘zning ma’nodoshini topishi lozim. O‘quvchi o‘zi analiz jarayonini amalga oshiradi. U to‘g‘ridan 
to‘g‘ri o‘z ona tilidan tarjima qila boshlaydi. O‘zi bilgancha, ma’nodoshlarni topishga harakat 
qiladi. Shu tariqa o‘quvchi bir sinonimik qatorda 2 dan ortiq sinonimlarni topa boshlaydi,bu esa 
yodlash va qayta eslash imkoniyatini yaratadi. demak, o‘quvchi o‘z –o‘zidan so‘zlarni xotiraga 
joylaydi. 
O‘qituvchi so‘ng yo‘nalish beradi. Misol asosida har bir so‘zni ma’no va mazmunan ishlatilish 
doirasini tushuntirib o‘tadi. 
M/n.Gapirdi, baqirdi, shivirladi.
2013-yildagi akademik litsey va kollejlar uchun yaratilgan darslikga e’tibor qaratsak, 
R.Rasulovning “O‘zbek tili” darsligida, sinonimlarni tushuntirish asosida ular antonimlarni ham 
yozishadi.
O‘quvchi avval sinonimik qatorni to‘ldirib, so‘ng antonimlar ( qarama qarshi ma’noli so‘zlar)
ni topadi. bu holat ham darsning unumdorligini oshiradi. 
Misol uchun : Obod, ko‘rkam, ulkan, mitti, mo‘l 
-ulkan, yirik, katta, bahaybat, mahobatli - большой 
- mitti, kichik, mayda- маленький
Darsda har bir o‘quvchi so‘zni sinonimik qatori bilan ishlashi, dominant (bosh) so‘zni topa olishi, 
so‘ng antonimini unga qarama qarshi qo‘ya olishi kerak. Sababi har qanday tilni o‘rganayotganda 
avval so‘z boyligini oshirish kerak. bu so‘zlarni yod olish, uning analog va o‘rnini bosuvchi 
so‘zlarni bilishi darkorligidir. bu esa o‘zbek tili ( rusiyzabob guruhlarda) darsining muammoli 
tamonlaridan biridir.
Aynan hozirgi paytdagi 11-sinfi uchun darslikda esa aynan sinonimlarni xotiraga joylash uchun 
mashq va topshiriqlar orqali berilgan. bu esa hozirgi zamon davr talablariga mos. Sababi qaysi 
sinonim ma’no va mazmunan to‘g‘ri kelishini ham bilish lozimligini o‘quvchidan talab qiladi. 
Masalan, gaplarda qoldirilib ketilgan ma’nodosh so‘zni topishni va sinonimik qator tuzish. bu 
narsa o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, xotirasini charxlaydi. 
bolalar …………………………… suzilganda kirib kelishdi.


171
10
(ovqat, taom, yegulik) 
Oddiygina misol ammo har bir so‘zning ishlatilish o‘rni bor. 
Ovqat- har kuni oila davrasida, do‘stlar bilan birga va iste’mol doirasi so‘zlashuv uslubiga hos. 
Taom- ovqatga nisbatan ilmiyroq darajaga ega va har kuni emas bir bir bayramlarda 
tayyorlanadigan ovqat. 
Yegulik- qorin to‘yishi uchun topiladigan narsa -bu ham ovqat.
O‘qituvchi shu tariqa materialni bersa, o‘quvchi uchun esda qolishi osonroq bo‘ladi.Shu qatorda 
o‘zbek tilida ma’nodoshlarni ahamiyati va uning tilimizdagi o‘rnini ta’kidlab o‘tiladi.
Ma’lumki, o‘zbek va rus tillari sinonimlarga boy til .Tilshunos olim V.G. Vilyumon 
ta’kidlaganidek; “ Sinonimlarning tarjima tahlilida bir xil bo‘lgan qism, birlashtiruvchi leksik 
ma’nodan tashqari yana boshqa qismlar ham, har bir sinonimda o‘ziga hos boshqasidan farqli 
bo‘ladi”.
Ana shu farqlar har bir tarjima asosida vujudga kelgan sinonimlarni o‘zbek va rus tilida 
yashashi va qo‘llanilishini ta’minlaydi. demak, darslarda har bir o‘quvchi o‘zining til boyliklari 
va tilning mohiyatini qay darajada egallaganidan kelib chiqib gaplarni sinonimlar orqali tarjima 
qiladi. O‘qituvchidan katta mahorat shu yerda, o‘quvchi bilan ham nafas bo‘lib sinonimlarni 
ma’no mazmunan to‘g‘riligini tushuntirish talab etiladi. Ahir har qanday inson o‘zicha tarjimon 
….O‘zbek tili ( rusiyzabon guruhlarda) darslarida tarjima uchun matnlarning o‘rni ahamiyati juda 
katta . Tarjima jarayonida har qanday tarjimon sinonimlarga murojaat etadi. biz bilamizki, tilda 
har bir jihatdan bir biriga teng, har jihatdan bir birini qoplaydigan, to‘ldiradigan ikki yoki undan 
ortiq so‘zlar bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q. demak,sinonim hodisa o‘ziyoq o‘zaro sinonimlarning har biri 
o‘ziga hos takrorlanmas hususiyatga egalini isbotlaydi. 
M/n.
Men sizlarga darsda gapirib tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке объясняю, вы сами сделайте вывод.
Men sizlarga darsda baqirib tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке крича объясняю, вы сами сделайте вывод.
Men sizlarga darsda shivirlab tushuntiraman, siz o‘zingiz xulosa qilasiz.
я Вам на уроке шепотом объясняю, вы сами сделайте вывод.
Bu misoldan ko‘rishimiz mumkinki, barcha belgilangan so‘zlar kelib chiqishi bo‘yicha 
gapirmoq fe’lidan ammo salbiy, ijobiy va neytral ottenkalarga ega.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’nodoshlarni nutqdagi ahamiyati beqiyos. Rusiyzabon 
guruhlar uchun bu so‘z boyligini oshirish bo‘lsa, ona tili darslarida o‘z ona tilida ta’sirli va o‘rinsiz 
qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik, uslubning ravonligini ta’minlash uchun kerak.
foydalanilgan adabiyotlar.
1. Ona tilidan ma’ruzalar to‘plami. M.A.hamroyev . T.2004 .
2. hozirgi O‘zbek Adabiy tili d.Andaniyozova . G Andaniyozova. Z.Muqimova. T.2014
3. hozirgi O‘zbek Adabiy tili Sh.Rahmatullayev T.2006
4. hozirgi O‘zbek Adabiy tili . h.Muhitdinova. d. hudoyberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, 
T.Yusupova.T.Ilm ziyo-2004
5. hozirgi O‘zbek Adabiy tili A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova. T.Ilm ziyo – 2013


172

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling