Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TARIX FANINI O‘QITISH AHAMIYATI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TARIX FANINI O‘QITISH AHAMIYATI 
VA FAN METODIKASINI QO‘LLASH MOHIYATI
Raximova Sevara G‘ayratovna
295 maktabda Tarix fani o‘qituvchisi 
Toshkent viloyati Uchtepa tumani
Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif, maktab o‘quvchilariga tarix fani o‘tilishining ahamiyati 
va fan metodikasini q’llash mohiyati to‘g‘risida qisqacha va mazmunli fikr-mulohazalarni berib 
o‘tgan.
Kalit so‘zlar: Tarix, dunyoqarash, voqea, manzara, o‘quvchilar, ijtimoiy hayot.
Maktabda tarix o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarix fanidan puxta bilim va shu 
bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari va mahoratini hosil qilishdan iborat. Tarixni o‘rgatish 
yoshlarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirish va ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishni 
hozirgi zamon taraqqiyotining asosiy tushunchalari va ziddiyatlarining muhim shartidir.
Tarixni o‘rganish kishilik ahamiyatning tarixiy rivojlanishini, taraqqiyotining asosi bo‘lmish 
ishlab chiqarshi usulining jamiyat xayotida belgilovchi roli haqida, tarixning ijodkorlari bo‘lgan 
xalq ommasining roli hamda tarixda shaxsning ahamiyati to‘g‘risida ma‘lumotlar beradi. Mazkur 
tushuncha va qonuniyatlar o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosini tashikl qilib, ularning ijti-
moiy xayotga munosabatini belgilovchi e‘tiqodga aylanmog‘i kerak. chunki ilmiy dunyoqarash 
jamiyat hamda inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini chuqur va puxta o‘rga-
nitish asosida yo‘zaga keladi, bilimi mustaxkam ishonchga aylangan istiqlol e‘tiqodiga va ilmiy 
dunyoqarashga ega bo‘lgan kishigina o‘zini urab turgan muhit va olamni tushunadi, ijtimoiy xayo-
tdagi voqealarga to‘g‘ri baho beradi.
Tarixiy faktlarni o‘zlashtirish ta’lim tarbiya jihatdan har qancha muhim bo‘lsa ham faktlarni 
bilishning o‘zi o‘quvchilariing tarixini bilish jarayonidagi birinchi bosqichidir.
Tarixni o‘rganib bilib olishning ancha yukoriroq bosqichi tarixiy faktlarning o‘rtasidagi muhim 
bog‘’lanish va munosabatlarini bilib olish, ularni amalda tadbiq eta bilish o‘quvchi1arni saviyasiga 
yarasha tarixiy jarayonni tushuna olishdan iborat. Masalan V-VII sinflarda qadimgi dunyo va o‘rta 
asrlar tarixi (jahon tarixidan) taraqqiyotning qonuniyligi haqidagi tushuncha ta‘riflab berilmasada 
o‘quvchilarda tarixiy xodisalar o‘rtasidagi bir qancha sabab natijali bog‘lanishlarning barqarorligi 
va zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘lmay qolmaydi
Tarix o‘qitishda o‘quvchilarning ko‘z ungida o‘tmishdagi ijtimoiy xayotning yaxlit manzalar-
ini shakllantirishda jonli va yorqin obrazlardan foydalanishning ahamiyati kattadir. Shunga erish-
ish kerakki, bayon qilingan xar bir tarixiy fakt, geografik nom va shaxs faoliyati obrazli bo‘lsin. 
Obrazlilik-o‘quvchilarning tarixda oladigan bilimlarini ilmiy va puxta bo‘lishning zarur sharoit-
laridan biri, tarixiy voqealarni molernazariya qilishning oldini olish, tarixga qiziqishni uyg‘ota-
di hamda tarixiy faktlarni taxlil qilish va umumlashtirish uchun zarur bo‘lgan shart sharoitlarni 
yaratishning muhim vositasidir. Tasavvurlarni shakllantirishda tarixiy xodisalar obrazlarini o‘qu-
vchilar aktiv suratda idrok etishga qaratilgan usullardan foydalaniladi. O‘qituvchi xikoyasining 
mazmunan ko‘rgazmali va obrazli bo‘lishi, darslik tekstidagi, tarixiy hujjatlardagi voqea va tas-
viriy elementlar, badiiy adabiyotlar asarlari o‘quvchilarda tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning 
asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi materialni bayon qilayotganda, tarixiy hujjatlardan, 
ilmiy-ommabop va badiiy adabiyot asarlaridan olingan erkin tafsilotlarga hamda o‘quvchilarda-
gi mavjud tasavvurlarga suyangan holda ish to‘tadi. O‘quvchilarning tarixga qiziqishini ortishi, 
ularning muhim tafsilotlarini ajratib olish va esda saqlab qolishlariga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008 
2. Toshpo‘latov.T., G‘afforov,Ya. Tarix o‘qitish metodikasi


206

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling