Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA UNGA QO‘YILGAN
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand viloyati Narpay tumani 20-umumta’lim maktab Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
10
O‘QITUVCHINING KASBIY KOMPETENSIYASI VA UNGA QO‘YILGAN PEDAGOGIK – PSIXOLOGIK TALABLAR Rasulova Madina Abdurashidovna Samarqand viloyati Narpay tumani 68-umumta’lim maktab Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Xusanova Gulzoda Absalomovna Samarqand viloyati Narpay tumani 20-umumta’lim maktab Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish O‘zining mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim tog‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga erishdi.Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb – hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim – tarbiya tizimiga yangicha ilmiy – uslubiy yondoshuvlar kirib kela boshladi. bu yondoshuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni-ning turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir. Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagogva tarbiyachilarning salohiyati, kuchli kasbiy bilimi va mahorati ko‘p narsani belgilaydi. Ularning zimmzsiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangan.Inson hayotda bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligini barcha – barcha anglab yetadi. Ota – onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof – muhit va jamoatchilikning ta’sirikuchli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla – kuy, umuman, ijtimoiy atmosfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘nggi daqiqasi gacha ta’qib qilib boradi. Shuni ta’kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllntirishga qaratiladi.O‘quv faoliyati o‘z ryvojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy maq-sadga ega.Shuningdek, maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan ko‘p qirralidir.Uning asosini o‘qitish jarayoni, ya’ni tarbiyachi, o‘qituvchi tomonidan bolaga, o‘quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalarni tashkil etadi.”kadrlar tayyorlash milliy dasturi” raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi.bir – biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning majmui pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil qiladi.Umum lashganmodelga muvofiq o‘qituvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar qo‘yidagilardan iborat: ta’lim berish mahorati, tarbiyalay olish mahorati, o‘quv – tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlari; ta’limoluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va h.k. Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog “qiyofa”sini ifodalaydi. Olib borilgan kuzatishlar AQSh, Germaniya, Yaponiya, fransiya va boshqa sanoati hamda intellektual bilimlari rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, asosan, qo‘yidagilarga bog‘liq bo‘lar ekan: - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligiga; - ta’lim muassasalari va professional ta’lim dasturlari turlarning ( tiolari-ning ) xilma –xilligi, ularda fan texnikaning eng oxirgi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko‘rinishlari qay darajada aks ettirilganligiga; - professional ta’lim tizimini ustivor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqqa aylantirishga; - ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv – metodik adabiyotlar bilan ta’min- lashva ularning moddiy – texnik asosini yaratish hamda ularning moliyaviy ko‘r- satkichlarini mustahkamlashga; - professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali o‘qituvchilarni va muta- xassislarni jalb qilish; - o‘quv jarayonini informatizasiyalash va komp’yuterlashtirishga erishish; - kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va ob’ektiv nazorat tizimini qo‘llashga o‘rgatish; - shaxsning rivojlanishi, o‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyati va intellektini baholash hamda kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologok – pedagogik izlanishlarni bajarish lozim; - tarbiyachi va o‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy 203 10 himoyalab turish kerak. Bugungi kun mutaxssisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektgaega bo‘lgan, fan asoslarini chuqur o‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma’rifatli, ma’naviyatli inson bo‘lishi kerak. U o‘z mutaxssisligi, masalan, xorijiy tillardan birini bilishi hamda AkT texnologik vositalardan foydalanaolishi shart. Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chuqur biladigan va uning kelajagi uchun jon kuydiradigan insonparvar va oliyjanob kishi bo‘lishi kerak. Uzliksiz ta’lim tizimini amlaga oshirish jarayonida yosh avlodni ko‘ngildagidek o‘qitish va tarbiyalash borasida gap borar ekan, bunday g‘oyat murakkab va ko‘p qirrali vazifani faqat yuksak malakali va pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta’kidlash lozim. Shunday ekan, tarbiyachilik va o‘qituvchilik- katta san’atdir. bu san’atga u yoki bu pedagog osongina, o‘z – o‘zidan erisha olmaydi. Shuning uchun, o‘qituvchilik kasbiga, ya’ni sog‘lom avlod uchun chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r,zamon talablarini tez va kengroq tushunadigan, o‘zining ilmiy, ijtimoiy – siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqil g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, ha-qiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladi. Pedagogik mahorat tug‘matalant yoki nasldan – naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi.Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma o‘qituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Axborot va komunikasiya texnologiyalari ta’lim mazmunining doimiy ravishda yangilanishi, o‘qyv – tarbiya jarayonining tashkiliy shakl va metodlarini isloh qilinishiga olib keladi. Bugungi kunda hayotning o‘ta o‘zgaruvchanligi axborotlashgan jamiyatda bir qator yangi jihatlarini yuzaga chiqara oladi: 1).Ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy texologiyalarning yangilanishi 3 – 5 yilni tashkil etib, avlodlar almashinishi sur’atidan ham o‘zib ketmoqda; 2). Uzliksiz ta’lim va yangiixtisoslikka ega bo‘lish shaxsning ijtimoiy mavqe ini saqlab qoliahning ajralmas qismiga aylandi; 3).kerakli axborotlarni o‘z vaqtida topish, olish, qabul qilish va samarali foydalanish har bir insonning qobiliyariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limda kompetentlikni rivojlantirishga, birinchidan,kmop’yuterlashtirish jarayoni katta yordam beradi. Axborot portlashi deb ataluvchi holatda u, ayniqsa, dolzarb bo‘lib qoladi. Ikkinchidan, bunda inson katta axborot oqimiga duch kelib, uni tahlil qilish, tushuntirishhamda undanfoydalanish yoki foydalanmaslik haqida qaror qabul qilishni bilishi kerak bo‘ladi. Kompetentlik yondashuvi bilan qiziqish- ning yana bir sababi bu bozor munosabatlarining rivojlantirilishi va raqobatbar-dosh kadrlarni tayyorlashdir. bu nihoyat, uchunchidan, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompetentlik bilan ishlab chiqilayotgan va tatbiq etilayotgan xalq-aro tizimga birlashidir. kompetensiya ( lot.competo erishyapman, munosibman, loyiqman ) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba degan ma’nolarni anglatadi. kompetensiya ( lot. competere layoqatli, munosib bo‘lmoq ) shaxsning biror bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi. Komnementlik ma’lum holat xususida to‘g‘ri mulohaza yuritishga imkon beradgan bilimga ega bo‘lish, dalil isbotli fikr, kishining muayyan sohadagi saviyasini ifoda etadigan atama. Kompetentlik shaxs xususiyatlari va holatining murakkab majmui bo‘lib, ma’lum sohadagi bilim, ko‘nikma va tajribani mujassamlashtirishdir. kompetentlik insonga muayyan masalalardafikr bildirishi, ma’lum qarorlarni ishlan chiqishda ishtirok etishi yoki mustaqil ravishda qaror qabul qilishimkonini beradi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti shunday deydi:”Buyuk maqsadlari-mizga, ezgu niyatlarimizga erishamiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohatlarimiz va rejalarimizning samarali taqdiri, avvalambor, davr talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, tafakkurga ega bo‘lgan mutaxssis kadrlarni tayyorlash muammosi bilan bog‘liq ”. Kasbiy kompetentlik – murakkab xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, axborot, kommunikativ, refleksiv, intellektual, tadqiqotchilik kompetensiyalariini o‘zida mujassamlashtirgan integral tizimdir. 204 10 “Ta’lim – fan – ishlab chiqarish” tizimidagi intergrasiya fanlararo ta’limning maqsadlari va vazifalariini aniqlash bilan ta’minlanadi. fanlar bo‘yicha vertikal va gorizantal integrasiyani o‘tkazish, ularni alohida bloklar va fanlarning asosiy bloklari bo‘yicha aloqalarni aniqlash, asosiy fundamental tushunchalarni ajratib beradigan kurslarniajratish, fanlarni tuzilmaga solish, fanlar turini va semantik tushunchalarini tuzish, tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi ta’lim ketma – ketligini aniqlash integrativ kurslarni ishlab chiqishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Kasbiy ta’limda kompetentlikka asoslangan yondashuvni amalga oshirish istiqbollari: * har bir bolaning shaxsiy salohiyatini hisobga olishva uni ruyobga chiqarishning samarali yo‘llaridan foydalanish; * o‘quv maqsadlari mazmunini o‘zgartirishorqali shaxs rivojlanishi masalasi ni birinchi o‘ringa ko‘tarish; * o‘quv metodlarini qayta tanqidiy ko‘rib chiqish va shaxsning tadqiqotchi-lik ko‘nikmalarini rivojlantiradigan metodlaridan foydalanish; * o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tizmini amaliyotga joriy etish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling