Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
O‘SMIRLARDA STRESS XOLATI NAMOYON BO‘LISHI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
O‘SMIRLARDA STRESS XOLATI NAMOYON BO‘LISHI Yuldasheva Feruzaxon Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 18- umumiy o‘rta ta’lim maktabining Biologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘smirlarda stress xolati namoyon bo‘lishi, salbiy oqibatlari va kelajakka ta’sir ochib berilgan Kalit so‘zlar : o‘spirin yoshi, stress, pazitsiya, depressiya So‘ngi yillarda ekologiyada kuzatilayotgan muammolar, inson xayotiga ta’siri, sivilizatsiyaning jadallashuvi, shaxar va qishloqlarning kattalashuvi, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarishning va transportning ko‘payishi, shovqin suronning oshishi kabi xolatlar tabiiyki, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan ruhiy, asab zo‘riqishlarini keltirib chiqarmoqda. bunday sharoitlarda o‘qish va mexnat qilish odam organizmi va ruhiyatiga bir qator noqulay va zararli omillar ta’sirni keltirib chiqaradi. bu xolatda o‘smirlar o‘rtasida ruhiy va jismoniy zo‘riqish, charchash va umumiy tanglik xolati kuzatilishi tabiiy. bizning tanamiz ichki a’zolarimiz faoliyati asab tizimi orqali boshqariladi. Ichki a’zolarning meyoriy ishi esa ruhiy xolatimizni kayfiyatimizni belgilaydi. Stress insonning immun tizimiga ta’sir etadi. Insonning immunitet tizimi butun ximoya kuchini stressni bartaraf etishga safarbar etadi. Immun tizim ishi bosh miya orqali nazorat qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘spirin va yoshlarda immun tizimi imtixonlar vaqtida zaiflashadi. Shuningdek, immunited ajralishlar, yaqin insonlar bilan munosabatlar yomonlashganda, ish joyini yo‘qotganda, depressiya va stress xolatlarda pasayib ketadi. Odamning ish va o‘qish faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi diqatsizlik, samarasizlik, kelishmovchilik bu kabi xolatlar rivojlanishda barqarorlikka erishmagan, taqlidchan, hali hayotda ma’lum pozitsiyani egallamagan o‘smirlarda turli xil ruhiy va somatik buzilishlarning asosiy omili bo‘lmoqda. hozirgi kunda ham sog‘lom va mustaxkam oilani barpo etish, oila qadr qiymati, muqaddasligini saqlash, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashda yuqoridagilar o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Qizlarning o‘smirlik davrida organizmi rivojlana borib, bu jarayon 18-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu jarayon davom etayotgan paytda turmush qurish, organizmning sog‘lom rivojlanishiga salbiy tasir etadi va turli asoratlarni keltirib chiqaradi. 21 – yoshda bosh miya deyarli to‘liq rivojlanib bo‘ladi, insonning jismoniy va psixologik xolati barqarorlashadi, shuning uchun bu yoshdan boshlab onalikka eng ideal vaqt boshlanadi. Hozirgi sivilizatsion muxitda axolining keng qatlamida stress reaksiya orasidagi muvozanat buzilgan. bu buzilish agar uzoq vaqt davom etsa, odam sog‘ligiga katta zarar yetkazishi va og‘ir xastaliklarga olib kelishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. karimova V.M “Salomatlik psixologiyasi” - Toshkent: O‘qituvchi - 2002 - yil 2. Xaydarov f, Xalilova N “ Umumiy psixologiya” - Toshkent “fan” – 2010 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling