Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
MAKTAB TA’LIMIDA TARIX FANININI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
10
MAKTAB TA’LIMIDA TARIX FANININI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA YORITISH Abdusalomova Sevara Rahmonqulovna Toshkent shahar, Yashnobod tumani 153-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Tel nomer: +998 99 0086670 Annotatsiya: Bugungi kunda o‘quvchilarning dars jarayonlariga qiziqishini o‘stirish maqsadida pedagoglardan o‘z ustida tinimsiz izlanish, malaka va ko‘nikmalarini oshirishni talab etmoqda. O‘quvchilarning tafakkurini tizimli suratda o‘stira borish, ularning malakalari va ko‘nikmalarini shakllantira borish tarix o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri hamda tarixiy bilimlarni o‘zlashtirib olishning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Maqolaning maqsadi o‘rta maktablarda tarixni o‘qitishda innovatsion usullarni qo‘llash xususiyatlarini hisobga olish, modernizatsiya jarayonlarini ko‘rib chiqish, metodologiya va tadqiqot usullari, o‘quvchilarning tafakkuri tizimini shakllantirish, Bundan tashqari, zamonaviy maktablarda tarixi fanini o‘quvchilarga bahs munozarali usullar yordamida guruh ichida aloqalarni o‘rnatishga, o‘z nuqtai nazarini chuqur dalillar bilan himoya qilishga, ma’lumot oqimlarini ko‘paytirishga va taqdim etishga o‘rgatadi. Kalit so‘zlar: Innovatsion texnologiya, keys texnologiya, case study, bahs-munozara, multimedia manbalari Tarix fanini o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan hisoblanib, u o‘quvchilarga tarixdan bilish berish, ularni maktabda tarbiyalashda va kamol toptirishda o‘qitiladigan tarix kurslarining maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari mazmuni va usullarini hamda tarix o‘qitishning vositalarini belgilab beradi. hozirda pedagoglar fanni o‘qishda nafaqat adabiy manbalar o‘rganib chiqishi qolaversa zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchi adabiy materiallarni tanlashda ta’lim-tarbiya jihatidan va tarixiy hodisalarning naqadar haqqoniy real va ilmiy qilib yoritilganligini e’tiborga olishi juda muhim. O‘qituvchi tarix darslarida foydalanish uchun badiiy adabiyotdan: - o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida dasturida ko‘zda tutilgan tarixiy voqealarning tasviriga; - tarixiy arboblar va xalq ommasi vakillarining obrazlarini, xalq ommasining rolini ko‘rsatishga; - muhim tarixiy voqealar bo‘lib o‘tgan joylarni va u yerlarning aniq sharoitini tasvirlashga va sh. k. larga bag‘ishlangan asarlarni tanlaydi. Tarix fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tafakkurini o‘stish yuzasidan olib boriladigan ishlar har bir pedagog xodim asosiy maqsad vazifalaridan biri hisoblanib hamda fanning predmeti, vazifasidan kelib chiqib tarixning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga asoslangan. Pedagog o‘quvchilarni ijtimoiy –nuqtai – nazardan har bir ijtimoiy hodisani uning vujudga kelishi va rivojalanishida boshqa hodisalar bilan bog‘lanishi hamda munosabatlaridan olib qarashda, hodisalarning sinfiy mohiyatiga ko‘ra bo‘lishga, tarixiy jarayonning umumiy ob’yektiv qonunlarini tushunishga o‘rgatadi. O‘quv maqsadlari quyidagi innovatsion pedagogik texnologiyalar majmuasi yordamida hal qilinishi mumkin: o‘quvchilarning kogektiv faolligini rag‘batlantiruvchi muammoli, dizayn va o‘yin usullari; o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni, o‘quv vazifalarini birgalikda hal etishni va o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy kommunikativ ko‘nikmalarni egallashga yordam beradigan muloqot (interaktiv) mashg‘ulot shakllari (case study, bahs-munozara). Ta’lim amaliyotiga yangi formatlarni joriy etish faqat o‘qituvchi munozaralarni tashkil etish va o‘tkazish usullarini puxta egallaganda, masofaviy ta’lim va virtual o‘qitish muhiti tushunchasini rivojlantirganidagina mumkin ekanligi ko‘rsatilmoqda. O‘z navbatida o‘quvchilar yuqori ishtiyoq va faollikni namoyish etishlari, mustaqil ravishda talab qilinadigan ma’lumotlarni topishlari, tarixiy asl manbalarni, shu jumladan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishlari kerak. Gumanitar bo‘lmagan maktablarda tarixni o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berish lozim Axborot kommunikatsion texnologilari yuksak darajada rivojlangan asrda ta’limda innovatsiyalarning o‘rni katta. kompyuterlar kabi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonida Internet, multimedia manbalari ta’lim sifatini namoyish etishning yagona usuli hisoblanadi. O‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini oshirishning innovatsion 100 10 texnologiyalaridan biri bu multimedia vositalaridan foydalanishdir. Sinfda o‘qitish va o‘rganish jarayonida sinf xonasida multimedia vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bu bilan ta’minlanadi. O‘quvchilarga vazifalar va ularning mazmuni to‘g‘risida yaxshi ma’lumot beradigan turli xil matnlar bilan ishlash imkoniyati yaratiladi. bundan tashqari, ta’lim texnologiyalari uning ajralmas qismiga aylanishi kutilmoqda o‘quv dasturlari, o‘quvchilar elektron manbalardan foydalanish va ulardan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim muassasalarini multimediya mahsulotlari bilan ta’minlash borasida ba’zi muammolar mavjud haligacha hal qilinmay kelinmoqda: - ta’lim muassasalarida davlat tilidagi mahalliy elektron darsliklarning (ET) virtual yo‘qligi; - mavjud elektron darsliklardan foydalanish samaradorligi yo‘qligi; - elektron darsliklardan foydalanishda o‘qituvchilar tayyorlash sifati pastligi; - o‘quv jarayoniga yangi o‘quv texnologiyalarining yetarli darajada joriy etilmaganligi; - o‘qitishning avtomatlashtirilgan baholash tizimining samaradorligi pastligi. O‘quvchilar juda ko‘p ma’lumotni elektron qurilmalardan olishadi va bu ularning kundalik hayotining tarkibiy qismiga aylanib qoldi. Sinfda innovatsion texnologiyalarni tarixni o‘qitish vositasi sifatida ishlatish ko‘plab afzalliklarga ega. O‘quvchilarga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi. bundan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan biri bo‘lgan keys usulidan foydalanish mumkin. Ushbu usulda yechilishi zarur bo‘lgan muammoni qamrab olgan haqiqiy vaziyat ifodasi; tinglovchilar tomonidan muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan va odatda, qaror qabul qiluvchi menejer nuqtai nazaridan bayon etilgan vaziyat; auditoriyada mavjud imkoniyatlar va tavakkalni hisobga olgan vaziyat bo‘yicha qaror qabul qilish muhitini tashkil qilish xususiyatlari mavjud. bizning fikrimizcha, yuqorida keltirilgan innovatsion yangicha usullar va texnologiyalar orqali orqali talabalarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi holatlarda ijobiy kechadi: -birinchidan: muammoli vaziyatlarni mashg‘ulot boshlanishida talabalarga taklif etish yoki predmet mavzusini ifoda eta oladigan maxsus muammoli topshiriqlar berish; − ikkinchidan: muammoli vaziyatlar orqali talabaning qiyinchiliklarni yengish, innovatsion usul va harakatlarni izlab topishni talab qilish; − uchinchidan: multimedialardan samarali foydalanib talabalarning motivatsion doirasiga ta’sir o‘tkazish, ya’ni ichki harakatlanuvchi kuchini yuzaga keltirish, fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish; −to‘rtinchidan: talabalarning kreativ (noyob, standartli bo‘lmagan) qobiliyatlarini rivojlantir- ish; − beshinchidan: talabalarni mustaqil fikrlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishga tayyorlash. Bu metodlar talabalarda jahon andozasiga mos bilimlarni egallashlariga imkon beradi va albatta, ta’lim samaradorligiga erishga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. - T., Nizomiy nomidagi TdPU, 2009. 2. A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” T.:2008 3. S.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” T.:2004 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling