Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI ORQALI BOLALARNI O‘QUV-BILISH
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so ‘ zlar
10
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI ORQALI BOLALARNI O‘QUV-BILISH JARAYONIGA TAYYORLASHNING O‘ZIGA XOSLIGI Abubakirova Marg‘ubaxon Andijon viloyati Qo ‘ rg ‘ ontepa tuman Qo ‘ rg ‘ ontepa pedagogika kolleji maxsus fan o ‘ qituvchisi Telefon : +998916198577 Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarni maktabga tayyorlashda tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish vazifasi juda muhumligi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning maktabda o‘qishga tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egaligi va uni tushuntirish usullari haqida fikr yuritilgan. Kalit so ‘ zlar: Maktabgacha ta’lim tashkilot, tasviriy san’at, rasm, qalam, mashg ‘ ulot. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali kechishi davlatimizni rivojlangan davlatlar hamjamiyati integratsiyalashuvida yosh avlodning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarning maktabda o‘qishga tayyorlashda muhim vazifalarni bajarish imkoniga egadir. Tasviriy faoliyatning har bir turi - rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mash g‘ulotlarida bolalarning sensor qobiliyatlari jadal rivojlanadi, atrof-muhitni idrok qilish va tasviriy ifodalash ko‘nikma va malakalari shakllanib boradi. Rasm chizish jarayonida bolalarning ko‘rish xotirasi rivojlanadi, eng kichik elementlarni ham ilg‘ashga o‘rganadi. Qalam va mo‘yqalamdan to‘g‘ri foydalanish malakalari shakllanadi. bu malakalarni egallash bolalarda qo‘l harakatlarini yo‘naltirish, turli shakldagi, kattalikdagi, turli proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida ulardagi barcha elementlarni e’tiborga olishni nazarda tutadi. Bu yo‘nalishning samarasi, estetik yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega. chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi. badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari jarayonida: 1. badiiy didni tarbiyalash; 2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish; 3. fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish; 4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish; 5. kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi ta’limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi. Kichik guruhlarda rasm chizishga o‘rgatishda avvalo asosiy e’tibor qo‘l harakatlarining 104 10 uyg‘unligiga qaratiladi, chunki qalamni o‘ng qo‘lda to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish bola uchun murakkab ish hisoblanadi. Tarbiyachi bolaga qalamni berib, qog‘ozga chizishni, qalam harakatining yo‘nalishini asta- sekin o‘zgartirib turli shakldagi “pufaklar”, “yo‘lkalar”, “doiralar” va shu kabilarni chizishga o‘rgatadi. katta va tayyorlov guruhlarida esa bolalarning o‘z ishlarini vaqt jihatdan taqsimlay bilishi, darhol ishga kirishishi, uni kerakli sur’atda bajarishi va o‘z vaqtida tugallashi muhimdir. kichik guruhlarda u yoki bu faoliyat uchun kerakli sur’atga odatlanmagan bolalarni tarbiyachi shoshiltirishga majbur bo‘ladi, shoshilib bajarish asnosida ishning sifati pasayadi. Tayyorlov guruhlarida bolalarda mustaqillikni tarkib toptirish ishlari tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida davom ettiriladi. Mustaqillik tasviriy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning borligi, bu faoliyatga, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan sharoitlarga, olingan natijalarga ongli munosabat bilan xarakterlanadi. Maktabgacha yoshda mustaqillikning rivojlanishi bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun asos bo‘ladi. Mustaqillikning rivojlanishi faoliyat motivlarining murakkablashuvi bilan uzviy bog‘langan. Tayyorlov guruhida faoliyat motivi, masalan, bola rasmni tarbiyachi o‘rgatganidek, yaxshilab chizishnigina emas, balki yuqori baho olishni, vazifani to‘g‘ri bajarayotganligiga ishonch hosil qilishni istashida namoyon bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nurmatova, Sh.Xasanova. Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. «Musiqa». T.., 2010-yil. 2. Raxmonqulova Z.A., fayzullaeva M., Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish (ilk, kichik, o‘rta guruhlar uchun). T.: 2015-yil. 3. Amirova. G.A., va boshq. Maktabgacha ta’lim muassasalarida applikatsiya mashg‘ulotlari. T.: 2014-yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling