Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI


Download 3.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/239
Sana10.11.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1763752
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   239
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI NUTQINI 
RIVOJLANTIRISH USULLARI
Alikulova Sohiba Tursunbayevna
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar 2-umumta’lim 
maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
Telefon: +99897 568 57 70
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o‘yinli metodik usullar tavsiya etilgan.
Kalit so‘zlar: Nutq madaniyati, tasviriy ifoda, to‘g‘ri talaffuz, ibora.
Biz, o‘qituvchilar, ko‘pincha o‘quvchi nutqining qay darajada rivojlanganligini o‘tilgan 
mavzuni biror bir rasmga qarab hikoya qilish, ularning bir daqiqada nechta so‘z o‘qiy olishiga 
qarab aniqlaymiz.bu yaxshi, albatta. Lekin mazkur usul bilan nutq madaniyatining yetarlicha 
rivojlanishiga erishish mumkin, deb bo‘lmaydi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish va nutq madaniyatini rivojlantirishga ko‘proq yordam beradigan 
usullardan biri –yangi mavzuni bayon qilishdan oldin o‘tkaziladigan 3-5 daqiqalik kirish suhbatidir. 
Suhbat muvaffaqiyatni ta’minlash uchun,,Bizning oila’’,,,Mening onam’’,,,Bizning maktab’’,,,Ona 
shahrim’’ mavzularida suratdagi kabi rasmli kartochkalar tayyorlanadi va o‘quvchilarga taqdim 
etiladi.Ular mavzu asosida matn tuzadilar. Turli qiziqarli mavzularga oid kartochkalar yil davomida 
o‘quvchilarga berib boriladi. bolalar 1-sinfda faqat 4 -5 ta gap tuzishgan bo‘lishsa, 4-sinf oxiriga 
kelib, ular 35-40-tagacha gap tuza olishga muvaffaq bo‘ladilar. 
Nutq o‘stirishda foydalaniladigan usullardan yana biri tasviriy ifodalardir. bunda bolalarga 
avvaldan tayyorlangan rasm ko‘rsatiladi, unda tasvirlangan narsaning nomini aytish so‘raladi yoki 
o‘sha rasmning tasviriy ifodasi aytilib, gap nima haqida ketayotganligini aniqlash lozim bo‘ladi. 
Masalan: o‘rmon sanitari –bo‘ri. 
bu jarayonda,,So‘z o‘yini’’ metodi ham o‘ziga xos avfzalliklarga ega. bunda bir unli yoki 
undosh tovushning o‘zgarishi bilan yangi so‘z hosil bo‘lishi tushuntirib beriladi. Topshiriqlar 
orqali o‘quvchilarning so‘z boyligi oshiriladi. Masalan: Tol, lol, bol, qol; bosh,yosh, qosh, tosh.
,,O‘yla, izla, top!’’usuli asosida o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirishlari orqali,,Gulla, yashna 
hur O‘zbekiston “shiorini hosil qiladilar.
,,Izlanish’’ metodi. bu metodning afzalligi –o‘quvchilarni ziyraklikka tilimizni hurmat qilishga 
o‘rgatadi, nutqimizda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. O‘quvchiga 
uydan maktabgacha bo‘lgan masofada yoki yon atrofimizda uchraydigan xato yozilgan so‘zlarni
yozib kelish topshirig‘i beriladi. Masalan, o‘quvchilar dorihona, dukon, shurva kabi binolar 
peshtoqlari va reklama e’lonlari matnidagi xato so‘zlarni yozib keladilar hamda doskada ushbu 
so‘zlarning yozilishini ko‘rsatib beradilar, Xullas, xato ustida birgalikda ishlanadi. bola nutqidagi 
kamchiliklar orasida so‘zlarni to‘liq aytmaslik, shevada gapirish, talaffuzda ayrim tovushlarni 
tushirib qoldirish kabi holatlari ko‘p uchraydi. bu hol, ayniqsa, yozma matnda kuzatiladi. Mazkur 
kamchilikni bartaraf etishda talaffuzda tushib qolayotgan harf va tovushlar ishtirokida so‘zlar hamda 
gaplar tuzdirish, ularni daftariga yozdirish eng samarali yo‘l hisoblanadi. She’r va maqolalardan 
o‘qitish ham ijobiy samara beradi. Noto‘g‘ri talaffuz etilayotgan ko‘rib-kurib,bo‘ldi-buldi,keldi-
kildi,daraxt-darax,baland-balan va hokazo so‘zlarni ular nutqida to‘g‘ri qo‘llanilishga e’tibor 
qaratish kerak bo‘ladi.O‘quvchilar nutq ko‘nikmalarini o‘stirishning eng samarali usullaridan 
biri,,ko‘rganingni xotirla’’ usulidir. bola har kuni maktabga, do‘konga boradi. Yo‘lda ko‘rgan 
narsalarnini aytadi va ular ishtirokida gaplar tuzadi.bu topshiriqni o‘quvchilar juda faollik va 
zo‘r qiziqish bilan bajarishadi. O‘qituvchi esa yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni tuzatib boradi. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda ma’nodosh so‘zlardan foydalanishga o‘rgatishda,,Berilgan 
so‘zlarga mos so‘zni top “ o‘yini o‘zining ijobiy jihatlari bilan ahamiyatli, ham qiziqarlidir. Nutq 
madaniyatini rivojlantirishda tilimiznng ko‘rki bo‘lgan iboralarning ahamiyati beqiyos. Ular 
fikrimizni aniq, ravshan bayon qilish uchun zarurdir. Iboralar o‘rni bilan ishlatilganda nutqimiz 
yanada go‘zal va ta’sirli chiqadi. Masalan,,,Yetti uxlab tushiga kimagan ‘’-o‘ylamagan, kutilmagan 
voqea – hodisaning yuzaga kelishi.,,Tepa sochi tikka bo‘ldi ‘’- jahli chiqqan, juda asabiylashgan
kishiga nisbatan aytiladi. Ushbu iboralar aytilishida qisqa bo‘lsa-da, juda keng ma’noni anglatadi. 
Biz ham so‘zlashuv jarayonida maqol va iboralarda o‘rinli foydalansak, nutqimiz g‘oyat go‘zal 


106
10
bo‘lishi haqida o‘quvchilarga sodda qilib tushuncha bera turib, uyda kattalar yordamida iboralarga 
misollar topib kelish topshirilsa, o‘quvchi bu ishni jon deb bajaradi. Navbatdagi darsda o‘sha 
topshiriq ustida ishlansa, bu bolalar nutqi rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar nutqining mukammalligi boshlang‘ich sinfdan boshlab jiddiy 
harakat qilish lozim. ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqinig buzilish 
holatlari kuzatiladi.Og‘zaki nutq buzilishi bolaning yozma ko‘nikmalarini to‘liq egallashiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchining nutqidagi ayrim kamchiliklar, o‘qish va yozuvdagi qiyinchiliklar 
ba’zan uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishining pasayib ketishiga, ruhan tushkunlikning paydo 
bo‘lishiga olib keladi. Samarali olib borilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni 
to‘liq o‘zlashtirishiga, darslarda faol bo‘lishiga zamin yaratadi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich 
ta’lim jarayonida interfaol usullar hamda didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning 
darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqil fikrlash faoliyati rivojlantirishga, tafakkurini 
o‘stirishga yordam beradi. chunonchi, interfaol usullar ta’lim jarayonida darslarni mazmuni, sifati 
boyishiga va samarali tashkil etilishga, o‘quvchlarning tashabbuskorligiga va yangiliklarni tezkor 
qabul qilishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim jarayonini rivojlantirishda muhim 
ahamiyatga ham ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Xalq ta’limi” jurnali 2005- yil 3-son
2. “boshlang‘ich ta’lim” jurnali. 2015-yil 11-son


107

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling