Педагогика ва психологияда инновациялар


Download 123.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana20.11.2023
Hajmi123.32 Kb.
#1790296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
administrator, Pedagogy-2021-10-8

№9 | 2021
54 
3) o’quvchilarga asar muallifi bo’lgan yozuvchi yoki shoir, uning asarlari to’g’risida qanday 
ma’lumotlarga egalikni yodga olish taklif qilinadi; 
4) o’quvchilar muallif, uning asarlariga oid ma’lumotlarni bayon qilishadi;
5) o’qituvchi boshchiligida asar bo’yicha ishlangan mulьtfilьm yoki badiiy filьm tomosha 
qilinadi; 
6) o’quvchilarga asar va unga ishlangan mulьtfilьm yoki badiiy filьm syujetlarini o’zaro 
solishtirish topshirig’i beriladi;
7) o’qituvchi boshchiligida o’quvchilar tomonidan topshiriqning bajarilishi muhokama 
qilinadi. [16] 
3. “Og’zaki rasm” metodikasi. Xorijiy davlatlarning tajribasida bolalarda kitob o’qish, 
kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda samarali bo’lgan metodlargina emas, balki metodikalar 
ham asoslangan. Ana shunday metodikalardan biri “Og’zaki rasm” metodikasi samarali sanaladi.
Ushbu metodika o’quvchi ongida badiiy asarni o’qish jarayonida yuzaga kelib, undagi obraz va 
syujetlarning bayonini ifodalashga xizmat qiladi. Mazkur metodika “So’zli tasvir” deb ham 
nomlanadi. U o’quvchilarda so’z yordamida obrazlarni ularga xos xususiyatlarga ko’ra yanada 
aniqlashtirish ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltiriladi, unga ko’ra o’quvchi asarni o’qish 
jarayonida obraz va syujetlarni yoritishda qo’llanilmaydigan so’zlar, sifatlar, fe’llarni ishlatmasligi 
zarur.
4. “Bilim daraxtini parvarishlash” o’yini. Rossiyalik pedagog Ye.E.Moroz o’quvchilarda kitob 
o’qishga, kitobxonlikka bo’lgan mehrni uyg’otish maqsadida “Bilim daraxtini parvarishlash” o’yinini 
taklif etadi. O’yin jarayonida plakatdan foydalanish taklif qilinadi. Plakatda ertak daraxti tasvirlanadi. 
Alohida barglarda bolalar uylarida ota-onalari bilan o’qigan ertaklarning nomlari yoziladi. «Ertak 
daraxti»ni tasvirlashda ota-onalar ham ishtirok etadi. O’quvchilar darsga kelganlarida o’zlari o’qigan 
ertaklarning nomi yozilgan bargni «Ertak daraxti»ga yopishtiradi. Dars boshlangandan so’ng bolalar 
o’qituvchi bilan birgalikda sinf yozuv taxtasiga yaqinlashib, o’zlari «Ertak daraxti»ga ilgan barglarni 
ko’rsatadi va ertakning mazmunini qisqacha bayon etadi.
Ushbu 
tajribalardan 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarida 
kitobxonlik 
ko’nikmalarini 
shakllantirishda foydalanish bizda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda global 
axborotlashuv ta’sirida yetakchi xorijiy davlatlarda bolalar va o’smirlar tomonidan bosma, elektron, 
audio kitoblarni o’qish an’analari shakllangan. SHunga qaramay, bolalar va o’smirlarning kitob 
o’qish, kitobxonlikka bo’lgan munosabatlari ijobiy ahamiyat kasb etmayapti. SHu borada yildan yilga 
pasayish kuzatilmoqda va bu holat qator sabablar bilan izohlanadi.
Xorij tajribalarida aynan boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o’qish, kitobxonlik 
ko’nikmalarini shakllantirish (rivojlantirish)ga qaratilgan pedagogik faoliyat yuqoridagi kabi o’yin 
texnologiyalari asosida tashkil etiladi. SHu sababli boshlang’ich sinf o’quvchilarida kitob o’qish, 
kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishning xorij tajribalarini o’rganish katta yordam beradi. Kitob 
mutolaasi va o’qish madaniyatini oshirish yoshlarimizda fikr va zehn tiyrakligi, dunyoga bo’lgan 
teran qarash, ma’naviy soflik kabi jihatlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Talabchan kitobxon real hayot muammolariga munosib yechimni badiiy asar mutolaasi 
vositasida topishga harakat qiladi va ba’zan topadi ham. Mutolaa ko’nikmasi shakllanmagan insonda 
fikrlash bo’lishi amri mahol. Shuningdek, insonlar kitob o’qishdan to’xtar ekan, fikrlashdan to’xtashi 
shubhasiz. Xususan, jamiyat a’zolarida fikrlash, abstrakt tafakkurdan jonli mushohadagi o’tish 
jarayoni yuz bermas ekan, jamiyatda hech qanday rivojlanish bo’lmaydi. Rivojlangan jamiyatga 
erishishning birdan-bir yechimi nafaqat ta’lim muassasalarida, balki ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida jamiyat a’zolari kreativ o’qish madaniyatini shakllantirish va rivojlantira bilishdan iborat. 

Download 123.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling