Педагогика ва психологияда инновациялар


№9 | 2021 50  Xaitova Firuza Abdullaevna


Download 123.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana20.11.2023
Hajmi123.32 Kb.
#1790296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
administrator, Pedagogy-2021-10-8

№9 | 2021
50 
Xaitova Firuza Abdullaevna 
Lecturer of the Faculty of 
Social Sciences TerGU. 
EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES FORMING A CULTURE OF CREATIVE 
READING IN PRIMARY SCHOOLS 
ANNOTATION 
In this article, the attention paid by the leadership of our country to the formation of reading, the most 
important tool for the formation of human spirituality, which plays an important role in educating the 
younger generation, the source of sensitive feelings - the culture of reading. foreign experiences of 
formation are studied, information about scientific researches of foreign researchers, their advanced, 
effective methods and techniques, didactic readings are given. Based on foreign experience, the 
methodological basis for the formation of a creative reading culture of primary school students is 
described. 
Keywords: reading culture, books, reading, reading, artwork, didactic games, methods, methods, 
education, upbringing, foreign experience. 
Mamlakatimizda boshlang’ich ta’limda o’qitishni sifat jihatdan jadal rivojlantirish, 
o’quvchilarni mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy 
faollik kabi sifatlarni, nutq va tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni kamol 
toptirish sog’lom avlodni voyaga etkazishning muhim omili sifatida qaralmoqda. Yuksak 
ma’naviyatli shaxslarni kamol toptirish uchun o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalarini 
rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 fevraldagi “Kitob 
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi esa
bu boradagi eng muhim qadam bo’ldi. O’quvchilarda kitob o’qish va kitobxonlikka ijobiy 
munosabatni qaror toptirish o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Buning uchun har bir shaxsni maktabgacha 
ta’lim yoshidan boshlab, kitoblar bilan tanishtirish zarur. SHaxsni kitoblar bilan tanishtirishda 
uzluksiz ta’limning dastlabki bo’g’ini – boshlang’ich sinflar o’ziga xos o’rin tutadi. [1]
Bugungi hayotimizda ilmiy adabiyotlar bilan bir qatorda, badiiy adabiyotlar ham muhim o‘rin 
tutadi. Prezidentimizning 2017 yil 14 sentabrda imzolagan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va 
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib 
qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega, 
ayniqsa, ushbu hujjatda: “…jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, 
xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va 
dunyoqarashini yuksaltirishda, ona-Vatan va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan 
yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalshda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik 
madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda” degan jumlalari keng jamoatchilikning oldiga 
ulkan ma’suliyatni yuklaydi. [2] 
Jumladan, “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash 
Milliy Dasturini tasdiqlash” to’g’risida Vazirlar Mahkamasining Qarorida ham aholining kitobxonlik 
darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o’rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga 
qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish; “......yosh 
avlodning o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy 
rag’batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish;” masalsiga alohida e’tibor qaratilgan. [3.2-b] 
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini 
oshirishga, ularning kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga 
alohida e’tibor qaratish lozim”–degan edi. SHu boisdan, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli 
donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab 
kelishgan.[4] 


ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯДА ИННОВАЦИЯЛАР | ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ | INNOVATIONS IN PEDAGOGY AND PSYCHOLOGY

Download 123.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling