Pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 73.94 Kb.
bet3/17
Sana12.03.2023
Hajmi73.94 Kb.
#1263130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
JUMANIYAZOVA MADINA DILSHODOVNA

Kurs ishining maqsadi: XIX va XX pedagoglari ilmiy ijodlarida pedagogik konfliktni yechish muammolarining talqin etilishi mohiyatini ochib berish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish.

Kurs ishining asosiy vazifalari:


  • pedagogik konfliktlar va ularning namoyon bo’lishini yoritish;

  • pedagogik konflikt tushunchasi, uning namoyon bo’lishini yoritish;

  • XIX va XX pedagoglari ilmiy ijodlarida pedagogik konfliktni yechish muammolarining talqin etilishini yoritish;

  • XIX va XX pedagoglari ilmiy ijodlarida pedagogik konfliktga doir qarashlarni ochib berish;

  • konfliktli vaziyatlarni bartaraf etishda sub’ektiv munosabat pedagogik hamkorlik masalalarini ochib berish va b.

Kurs ishining obekti: XIX va XX pedagoglari ilmiy ijodlarida pedagogik konfliktni yechish muammolarining talqin etilishini aniqlash va shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: XIX va XX pedagoglari ilmiy ijodlarida pedagogik konfliktni yechish muammolarining talqin etilishining mazmun-mohiyati va texnologik o’ziga xosliklari.
Kurs ishning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; me’yoriy hujjatlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, asarlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik, falsafiy, manbalar tashkil qiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs kirish, mavzuga oid adabiyotlar tahlili, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishi jami 40 sahifadan iborat.

Mavzuga oid adabiyotlar taxlili
Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur bilimga egalik qonuniyatlarini yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik (chuqur bilimga egalik) borasida falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel ishlari diqqatga sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har qanday darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf etishni bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim deya ta’kidlaydi.
Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda I.A.Shipilovlar katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi mojarolar xususiyatlarini va paydo bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar o‘rtasidagi mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab berishdi.
Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni o‘rganib, “o‘qituvchi – o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat qaratadi, maktab hayotidan mojaroli vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda ularning asosiy sabablarini ochib beradi. M.M.Ribakova mazkur guruh munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy sababchisi o‘qituvchining o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan normal munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa qo‘shdi. Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy va o‘ziga xos sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning toipalogiyasini ishlab chiqdi hamda o‘quv tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning muhimligiga katta e’tibor qaratadi.
Pedagogik konfliktologiya ilmiy-amaliy qiziqish pasaymagan ligi rossiya ta’limining zamonaviy bosqichlari sohasida uning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatib turibdi. So‘nggi vaqtlarda pedagogik konfliktologiya sohasidagi dissertatsiya ishlari miqdori sezilarli ortdi. Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasidagi mojarolarni (I.V.Safranova); katta sinf o‘quvchilari orasidagi bahs va tortishuvlarni (G.E.Grigoreva, A.A.Kuzina); umumta’lim maktablari pedagoglarining konfliktologik bilim larini shakllantirish bo‘yicha muammolarni o‘rganishdi.
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchining kasbiy, axloqiy fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, S.Nishonova, H.Rashidov, G.To‘ychieva, E.Asadova, G.Berdiev, V.Karimova, E.G‘oziev, N.Egamberdieva, R.Z. Jumaev, X.Ibragimov, M.Otaqulov, B.Xodjaev, P.Ergashev, A.Muxsieva, M.Umarova, R.Musurmonov singari olimlarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga kiradi.


Download 73.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling