Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


-asosiy savol bo’yicha identiv o’quv maqsadlari


Download 1.04 Mb.
bet4/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

1-asosiy savol bo’yicha identiv o’quv maqsadlari.



  1. Texnologiya va texnologik jarayonlarning mohiyatini yoritadi.

  2. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha beradi.

  3. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishning ahamiyatini tahlil qiladi.



1-asosiy savolning bayoni:
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyaning o’zi nima va u an’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg’or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmokda. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o’qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash - ko’pincha an’anaviy o’quv jarayonida etishmaydigan narsalardir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni kabul qilish bilan bog’liq bo’ladi. Boshqa misol: o’quv yurtlaridan birida ta’lim oluvchilar bilimlarini nazorat qilish metodini ma’muriyat barcha fanlar uchun bir xilda, ularni har birining xususiyatlarini hisobga olmay asossiz belgilangan. Afsuski, hozirgi kunda bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar (V.Bespalko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, I.Volkov, M.Choshanov, M.Klarin, I.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birortasi YuNESKO ta’rifi darajasiga ko’tarila olmaganlar. Aytib o’tilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to’g’risidagi axborotni MDX mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning ta’siri kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy to’zilishi va mazmuni to’g’risida birmuncha to’laroq ma’lumotlarni e’lon qilgan.
Pedagoglarning ish amaliyotida ba’zida texnologik kurilgan o’qitish metodlari emas, balki foydali bo’lsada allaqachon o’zlashtirilganlar "pedagogik texnologiya" tushunchasi bilan belgilanadi. Aslini olganda, pedagogik texnologiya - bu o’qitishga o’ziga xos bo’lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya ko’p jihatdan o’tmish mashhur pedagoglarining orzulariga mos keladi. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o’n ettinchi asrdayoq ta’limning "vaqt, fanlar va metodlarni mohirona taqsimlashdan" boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgandi.
Komenskiy fikricha, idealda o’qitishning yagona mukammal metodi topilsa, "hamma narsa og’irliklari to’g’ri muvozanatlangan soatga nisbatan aniqrok, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo’lgan bexatolik bilan ilgarilaydi".
Jaxon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar (sistema) nazariyasi, boshqaruv nazariyasi, boshqa fanlar muvaffaqiyatlarini birlashtirib, hozirda faol yangilanish (innovatsiya) jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermokda.
Aytib o’tamiz, pedagogik texnologiya metodlari (o’zining boshlang’ich ma’nosida) dastlab o’qitishning harakatni tipik vaziyatdagi namuna (belgilangan qoida) bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg’argan tajribani aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta’lim uchun xuddi o’zlari singari mashg’ulotni yuqori darajada o’tkazishlariga imkon beradigan pedagogik yo’nalishni (tsiklni) ishlab chiqmagan. Sababi, balkim, o’tmishdagi mashhur pedagoglarning metodlari pedagog shaxsini ko’proq o’z ichiga olgan bo’lsa kerak. Izdoshlarda nimadir yaxshiroq chiqqan, ammo umuman olganda, asoschilarnikidek bo’lmagan.
"Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz - yozgan edi A.S.Makarenko, - hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, u doimo axloqiy targ’ibga asoslangan. Aynan mana shuning uchun ham bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo’limlari: texnologiya jarayonini, ish bajarilishini hisobga olish, yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo’llash, nazorat, ishga tushirish, yaroksizga chiqarish deganlar yo’q". (Ko’chirma V.Slastenin ishidan olindi, 1997 yil) [14].
Sanoatda ijrochilar, agar ular texnik hujjatlar talablariga aniq rioya qilishsa, shakliga bog’liq bo’lmagan, natijasi kafolatli minglab texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan. Sanoat texnologik jarayonining asosini detalning ishchi chizmasi va yig’uv birliklari chizmasi tashkil qiladi. Ular talablariga aniq rioya qilish detallarning o’zaro almashinuvchanligini ta’minlaydi, texnologik jarayonning takrorlanadigan operatsiyalari esa qayta tiklanadigan texnologik to’zilmani tashkil qiladi. Mana shuning uchun ham O’zbekistonda chet el texnologiyasi asosida ishlab chiqariladigan avtomobilning sifati Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobil sifatidan fark qilmaydi.
Texnologiya - tushunchasi yunoncha «mahorat», «san’at», «tushuncha», «o’rganish» demakdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologiya operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan bog’langan. Texnologiya so’zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalar haqida bilimlar yig’indisi, shuningdek ob’ektda sodir bo’ladigan sifat o’zgarishlari tushuniladi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling