Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Pedagogik texnologiyalardagi g’oya maktab faoliyati yoki har qanday ta’lim muassasi va ta’limning asosiy zvenosi bo’lgan ta’lim jarayonini boshqariluvchanligidir


Download 1.04 Mb.
bet6/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

Pedagogik texnologiyalardagi g’oya maktab faoliyati yoki har qanday ta’lim muassasi va ta’limning asosiy zvenosi bo’lgan ta’lim jarayonini boshqariluvchanligidir.
T.Sakamoto (yapon mutaxasisi) ning fikricha pedagogik texnologiya bu pedagogikadagi fikrlashning tizimlash usulini qo’llash bo’lib, buni boshqacha qilib aytsak, ta’limni tizimlashtirish (sistemalashtirish) yoki «sinf ta’limini tizimlashtirish» dir.
Ba’zida pedagogik ish tajribasida (avvalgi mavzularda keltirilgan) pedagogik texnologiyalarni allaqachon o’zlashtirilgan (ma’lum bo’lgan) hatto foydali bo’lgan ammo ta’lim metodikasi texnologik yaratilmagan (tuzilmagan) deb tushunishadi. Lekin pedagogik texnologiya o’ziga xos innovatsion yondashuvdir.
Pedagogik texnologiya ta’riflarida asosiy tushunchalar, «tizimli metod» ekanligi qolgan barcha so’zlar pedagogik texnologiyaning tizim sifatidagi tarkibiy qismlarini ifodalaydi. Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani o’qitishdagi boshqa yondashuvlardan farqlovchi bosh belgi hisoblanadi. An’anaviy o’qitish metodikasida bunday tizimli (sistemali) yondashuvga har doim ham rioya qilinavermaydi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir –biri bilan aloqada loyihalash – ko’pincha an’anaviy (traditsion) o’quv jarayonidagi etishmaydigan holdir. Masalan, ko’p hollarda ta’lim asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta’lim oluvchining bo’lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bog’liq bo’ladi (oldingi mavzularimizdagi bilish faoliyati va bilish faoliyatini faollashtirish modeliga qarang). Yoki oliy o’quv yurtlarida ba’zan ma’muriyat tomonidan talabalar bilim olishi sifatini nazorat qilish metodini barcha fanlar uchun bir xil ya’ni har bir fanning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasdan asossiz belgilashadi. Demak, ta’lim o’quv jarayonida belgilangan maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakl kabi metodik tizim elementlari orasida uzviylikka rioya qilinmaydi. Natija ta’limda uzluksizlik ta’minlanmasligiga olib keladi (ta’lim uzluksizligi haqidagi avvalgi mavzularimizdagi modelga qarang). Pedagogik texnologiyalarda bularga albatta rioya qilinishi nazarda tutiladi. Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra YuNESKOning ta’rifi ko’proq mos keladi.
«Yangi pedagogik texnologiyalar» - psixologik va pedagogik bilimlar tarmog’ida mustaqil fan sifatida shakllanishi va bu fanning o’rni, mohiyati, fanning tarkibi, maqsadi hamda vazifalari respublikamizdagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonuni asosida yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga muvofiq belgilangan.
Bu Yu.K.Babanskiyning 1990 yillargacha mavjud o’quv jarayonlarini ekstensiv (soddalashtirish) yo’nalishda o’quv mazmunini maydalashtirish, fanlar sonini ko’paytirish kabi yondashuvlarning samarasizligini ta’kidlab, o’zining o’quv jarayonini jadallashtirish (intensivlash) samarali natijaga (o’quv suratini oshirish) ya’ni ta’limdagi maqsadlarni kuchayishiga o’quvchilarning ta’limdagi faolligiga, ta’lim maqsadlarini amalga oshiruvi o’qituvchining qo’ygan maqsadlar kompleksi orqali olib kelishini asoslaydi. Ta’lim jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari: ta’lim maqsadlarini kuchaytirish, o’quv motivatsiya (qiziqtirish)ni kuchaytirish, ta’lim mazmunidagi axborot sig’imini kengaytirish, ta’limda faol metod va shakllarni qo’llash, o’quv amallarini bajarish suratini oshirish, o’quv mahoratini rivojlantirish, ta’limda kompyuter va boshqa texnika vositalarini qo’llash.
Lekin bu an’anaviy ta’limdagi ishlar manzilga uzoq va notekis yo’l bilan gohida adashib ketayotgan yo’lovchining harakatiga o’xshaydi. Ilg’or davlatlardagi pedagogik texnologiya esa bu ko’zlangan manzilga tezroq borayotgan va qisqa yo’l tanlangan harakatga o’xshaydi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling