Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


Download 1.04 Mb.
bet8/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

2-asosiy savol bo’yicha muammolar
Ma’lumki 70-80-yillarga kelib olimlar ta’lim tizimini loyihalashtirish, texnologiyalashtirish muammolari ustida ish olib bordilar. Shunga qadar ta’lim tizimida qanday yangiliklar yaratilgan va kim tomonidan isloh qilingan?
Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida joriy qilishda uchraydigan asosiy muammolarning mohiyatini oching.
Yangi pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalari bilan pedagogikaning asosiy tushunchalari o’rtasida bog’liqlik, o’xshashlik va farqni aniqlang.


2-asosiy savol bo’yicha identiv o’quv maqsadlari.

    1. Pedagogik texnologiyalarning yaratilish tarixini aytib beradi.

    2. Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi.

    3. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchalarini ta’riflaydi.

    4. Pedagogik texnologiyalarning taraqqiyotini tahlil qiladi.



2-asosiy savolning bayoni:

Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratish qiyin. Bunga o’quv (ta’lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta’lim mazmunining bo’laklari va o’quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoen bo’lmasligi va ko’plab boshqa omillar to’skinlik qiladi.


Shunday bo’lsada, AqShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani uz ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgandi.
T.S.Nazarova qayd etib o’tganidek (1997 y.), 70-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlar - AqSh, Yaponiyada pedagogik texnologiya masalalari bo’yicha jurnallar chiqarila boshlangan, keyinchalik bu muammo ustida ixtisoslashgan muassasalar (masalan, Buyuk Britaniya va AqShda pedagogik texnologiya bo’yicha milliy kengashlar) ish boshlagan [11].
Sanoatda "yuksak texnologiya" iborasi bor. Ular, odatda, juda murakkab bo’ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi, fanning sunggi yutuklariga asoslanadi, xodimlardan maxsus tayergarlikni talab qiladi. Shunday bo’lsada, ular mahsulotning yuqori sifati va raqobatbardoshligini, pirovard oqibatda salmoqli foydani ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyani o’qitishdagi "yuksak" metodologiya katoriga kiritish mumkin, ammo uning joriy qilinishi katta sarflarni talab qilmaydi. Ta’lim sifatining kaliti pirovard oqibatda alohida o’quv yurti va aniq o’qituvchi deydigan bo’lsak, pedagogik texnologiyani o’zlashtirish, asosan, pedagoglarni o’qitishni talab qiladi. Mazkur predmetning maqsadi ularga bunday ishda yordam berishdir.
70-80- yillarda AqShda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi, YuNESKO kabi nufuzli tashkilot ham qiziqa boshladi. Texnologiya yordamida erishilgan muvaffaqiyatlar to’g’risida nafaqat AqSh, Buyuk Britaniya, Germaniya vakillari, balki Kosta-Rika, Filippin, Turkiya, Malta vakillari ham ma’ruza qildilar. YuNESKOning navbatdagi anjumani 1997 yilda Manila (Filippin respublikasi)da, 1998 yilda Kanada (Nyufaundlend)da o’tkazilgan.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ta’lim samaradorligini oshirishga texnologik yondashuv o’ttiz yillar mukaddam AqShda paydo bo’lgandi. Bu munosabatda bir kancha savollar yuzaga keladi. Nima uchun biz shu kungacha jahon pedagogika fanining bu sohadagi yutuqlari to’g’risida juda kam narsa bilamiz? Nima uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarining talabalari pedagogik texnologiyani o’qimaydi? Nima uchun bu muammo bo’yicha adabiyotlar tanqis?
Sababi shundaki, pedagogik texnologiya (bu iborani birlamchi tushunishda) bixeviorizm g’oyalariga asoslanadi. Bu yo’nalishning psixologiyadagi eng muhim qoidasi organizmni kuzgatgich (stimulyatsiya) bilan uni bu kuzgatgichga javobi urtasidagi aloqa bir ma’noliligining so’zsiz tan olinishidir. Bu ta’lim jarayonini tajriba-sinov tarzida o’rganishga ham, bu jarayonni boshqarishga ham bir xilda daxldordir. Biz organizmda sodir bo’laetgan ichki jarayonlar (shu jumladan, psixik jarayonlar to’g’risida ham) to’g’risida tashqi kuzatiladigan harakatlarni tahlil qilmay turib hech narsa bila olmasligimiz shubxasiz dalil ekanligidan kelib chiqsak, bixevioristlar kuzgatgich bilan javob ta’sir o’rtasidagi aloqani o’rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, chunki har qanday nazariya bevosita kuzatishdan yashiringan u yoki bu qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi.
Yaqin o’tmishda bixeviorizm mafkuraviy sabablariga ko’ra burjuaziya faniga kiritilgan va shuning uchun inkor etilardi. Masalan, 1954 yilda M.Rozental va P.Yudin tahriri ostida chiqqan "qisqa falsafiy lug’at"da bunday deyiladi: "Bixeviorizm (ing. behaviour-xulk-atvor) - AqSh zamonaviy burjua psixologiyasida hukmronlik qiluvchi reaktsion oqimlardan biri".
Aytib o’tamiz, bu lug’atda quyidagi "durdona" ham bor: "Kibernetika (grekcha so’z bo’lib, "yo’naltiruvchi", "boshqaruvchi" degan ma’nolarni anglatadi) AqSh da ikkinchi jahon urushidan so’ng paydo bo’lgan, boshqa kapitalistik mamlakatlarda ham keng tarqalgan reaktsion qalbaki fan...". To’g’ri, yillar o’tishi bilan bixeviorizm to’g’risida aytilgan gaplar ohangi jiddiy o’zgardi. Masalan, A.V.Petrovskiy va M.G.Yaroshevskiy tahriri ostida chiqqan (1990) "Psixologiya" lug’atida "...Bixeviorizm g’oyalari tilshunoslik, antropologiya, sotsiologiya, semiotikaga ta’sir ko’rsatdi va kibernetika manbalaridan biriga aylandi. Bixevioristlar hulk-atvorni o’rganishning empirik va matematik metodlarini ishlab chiqishga, bir qator psixologik muammolarning qo’yilishiga muhim xissa qo’shdi. Bixeviorizmning psixologiya ilmiy iboralarini rivojlantirishdagi asosiy ahamiyati harakat (ta’sir) tushunchasining ishlab chiqilishidadir. Bu oldingi nuqtai nazarlarda faqat ichki harakat yoki jarayon deb karalgan bo’lsa, bixeviorizm unga tashki, tan (badan) reaktsiyalarini ham kiritib, psixologiya sohasini kengaytirdi".
AqShda "bixeviorist" (xulk-atvor bo’yicha mutaxasis, testolog) - juda nufuzli, yuqori xak tulanadigan kasb hisoblanadi. J.Uotson, E.Torndayk, S.Pressi, B.Skinner pedagogik texnologiyaga zamin tayyorlagan. Ularni dasturlashtirilgan o’qitishning "otasi" deyishadi. Shu narsa e’tiborni o’ziga tortadiki, 1970 yilda bixeviorizm "burjuaziya" fani deb rasmiy bo’lganaetgan davrda N.D.Nikandrov o’zining "Dasturlashtirilgan o’qitish va kibernetika g’oyalari" asarida E.Rodkopf tadqiqotlarining natijalarini keltirdi, ular "bixeviorizm doirasida ham qizikarli va foydali ishlar paydo bulishi mumkinligini ko’rsatadi, bixeviorizmning nazariy ta’limotiga umumiy salbiy munosabat, bixeviorizm namoyandalarining nazariy ishlanmalarini o’rganishning inkor etilishini anglatmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.
Bixeviorizmni inkor etish Amerika va sobiq sovet pedagogikasi o’rtasida ta’lim nazariyasiga turlicha yondashuvlarning sababi buldi. Rossiya Pedagogika Entsiklopediyasida (1993) aytib o’tilganidek "...zamonaviy ingliz-amerika pedagogikasida "didaktika" atamasi ishlatilmaydi, ta’lim nazariyasi esa asosan pedagogik psixologiya bo’yicha asarlarda ishlab chiqiladi va bayon qilinadi".
Amerika pedagogik psixologiyasi didaktikaning ko’pgina akliy va onglilik qoidalaridan farq kilib, eksperimental psixologiyaning aniq metodlariga asoslanadi va shuning uchun amaliyotga keng yul beradi. Aytish lozimki, keyingi o’n yilliklarda o’qitishga bunday ikki nazariy yondashuvlarning bir-birini boyitishi kuzatilmokda. Bixevioristlar asarlari testologiyaning qaror topishiga olib keldi, amalda bo’lgan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimida xuddi pedagogik texnologiya kabi kelib chikuvchi barcha oqibatlari bilan "burjuaziya" fani doirasiga kiritilgandi. Mustakil O’zbekiston MDH mamlakatlarida birinchi bo’lib olimlar uchun chet el fanining amalda o’zini oqlagan natijalarini, tabiiyki, O’zbekiston an’analari va tajribasini nazarda tutib anglash, tanlab olish va foydalanish imkoniyatlarini yaratib, jahon pedagogika faniga "darcha" ochdi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling