Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017


-asosiy savol bo’yicha nazorat topshiriqlari


Download 1.04 Mb.
bet11/73
Sana22.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1793855
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»

3-asosiy savol bo’yicha nazorat topshiriqlari:



  1. Pedagogik texnologiyalarning bugungi kundagi istiqbollarini bayon eting.

  2. O’zbekiston Respublikasida oliy o’quv yurtlariga qabul qilishning test usuli qachon qo’llanila boshladi.

A) 1990 yilda
B) 1989 yilda
V) 1992 yilda
G) 1994 yilda

  1. Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalarga asoslanib o’tkazilgan tajriba-sinov natijalarini aniqlang

A) 50-60%
B) 85 %
V) 75 %
G) 80 %



  1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan pedagogik texnologiyalarning yana qanday shakllari mavjud?

Pedagogika fanining bir qismi bo’lib hisoblanuvchi metodika o’qitish usullari o’quv jarayonining samaradorligini oshirish kabi masalalar bilan shug’ullanar ekan, u uch yo’nalishda ish olib boradi.


a) o’z faoliyati davomida qanday natijaga erishmoqchi, hozirgi davr talablari jamiyatning rivojlanish bosqichi va davlatning o’z oldiga qo’ygan vazifalaridan kelib chiqqan holda metodika fani ish olib boradi. Demak, birinchi vazifa maqsadni belgilashdir. Ta’lim maqsadlarini belgilashda yoshlarning intellektual va ma’naviy rivojlanish darajasi, moddiy-texnika baza, ya’ni iqtisodiy ta’limot, o’qituvchi kadrlarni malakaviy tayyorgarlik darajasi, fan-texnikaning rivojlanganlik darajasi kabilar hisobga olinadi. Ana shu omillarni o’rganib mavjud holatga baho beriladi va ulardan kelib chiqqan holda ta’lim maqsadlari belgilanadi.

b) O’qitish zarur bo’lgan bilimlarning hajmini belgilash jarayonida birinchi galda belgilangan maqsadlarga asoslanadi.


Biz qanday natijaga erishmoqchimiz va qanday bilimlar zarur va shart bo’lib hisoblanadi? Tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan bilimlarning qaysilarini o’rganish lozim? Yoshlarning sog’lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini hisobga olish, miya reflekslarini ishlash imkoniyatlarini hisobga olish, bilimlar hajmini belgilashda hisobga olinishi zarur bo’lgan omillar qatoriga kiradi.
Demak:
1. Maqsad omili.
2. Fan–texnikaning rivojlanish darajasi.
3. Inson imkoniyatlarini hisobga olish.
Avval umumiy bilimlar hajmi, so’ngra esa o’rganish bosqichlari bo’yicha bilimlar hajmi belgilanadi.
v) Ta’limning maqsadi va o’rganish lozim bo’lgan bilimlar hajmi aniqlab olingach, ana shu bilimlarni qanday yo’llar va usullardan foydalangan holda egallash masalasi maydonga chikadi. Belgilab olingan bilimlarni kam mehnat va kam vaqt sarflab osonlik bilan egallash usullarini ishlab chiqish muhim masala bo’lib hisoblanadi. Metodika fani mana shu vazifani bajarishga bel bog’laydi Ammo bugungi kunda metodika fani umumiy yo’nalishlarni ko’rsatishga xususiy xulosalar chiqarishga pedagoglarning ilg’or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan bo’lib, o’z vazifasini to’la qonli ravishda bajara olmayapti.
Shuning uchun metodika fani bugungi kunda yangi pedagogik texnologiyalar bilan boyitilishi talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar metodikadagi umumiylikni aniqlik bilan to’ldirishga qaratilgan. Yangi pedagogik texnologiyalar o’quv jarayonining natijasini kafolatlash yuqori samaradorlikka erishish kam vaqt sarflab katta hajmdagi bilimlarni egallash imkonini tug’diradi. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat kursi bo’lajak pedagoglarda o’rgangan ta’lim va tarbiyaviy texnologiyalarni to’g’ri o’z o’rnida va yuqori samara bilan qo’llash malakasini hosil etishga qaratilgan bo’lib, u o’qituvchiga nutq malakasini, psixologik holatni boshqarish malakasini, o’quv jarayonini tashkil etish malakasini hosil etish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatadi.
Ta’lim tizimida ta’lim jarayonini tashkil etish tarixiga nazar tashlasak, ta’limning rivojlanish tendentsiyasini ko’rish mumkin:
1. Xotira maktabi.
2. Tushunib urganish maktabi.
3. Fikrlash maktabi.
4. Yangi pedagogik texnologiyalar.
Demak, ta’lim tizimi o’zgaruvchan tizim bo’lib doimiy rivojlanishda ekan, bugungi kunda biz an’anaviy ta’lim reproduktiv tizimdan pedagogik texnologiyalar tizimiga o’tishni maqsad qilib qo’ydik.
Pedagogika fanida mavjud bo’lgan an’anaviy xususiy metod quyidagi xarakterli xususiyatlarni o’z ichiga oladi:
1. Ta’lim maqsadlari aniq belgilanmagan (Talabalarning o’zlashtirish darajalari dasturlarda aniq belgilanmagan).
2. Ta’lim jarayoni ilg’or pedagoglarni tajribalarini umumlashtirishga asoslangan (Har bir yaxshiroq natijaga erishgan o’qituvchining tajribasi umulashtirishga harakat kilinadi).
3. Tajriba va xatolarni o’rganish natijasida o’qituvchining xususiy xulosa chiqarishiga asoslanadi.
4. Bu tizim kafolatlangan natijaga erishishga imkon bermaydi.

An’anaviy ta’lim shaklining ijobiy va salbiy tomonlari



Ijobiy tomonlari

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling