Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Iqtisodiy ta’limda dasturli ta’lim
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi
Iqtisodiy ta’limda dasturli ta’lim. Biz bu savolga javob berish uchun iqtisodiy mavzulardan biri bo’lmish “reklama haqida tushuncha” mavzusini tanladik. Bu mavzuni dasturlashtirish uchun uni bir necha mantiqiy qismlarga bo’lib chiqdik:
1. Reklama tushunchasiga xarakteristika deb atalgan birinchi qismida reklama faoliyatini kelib chiqish tarixi, rivojlanishi va hozirgi kundagi holati haqida fikr yuritamiz. Reklama qanday vazifalarini bajarishi va maqsadi xususida axborot berdik, so’ngra ana shu axborotni o’zlashtirilganlik darajasini tekshirishga bagishlangan test tayyorlandi. Testlar talabalarga tarqatiladi va to’g’ri javobni belgilash talab etiladi. Javoblar olingach tezda tekshirish kartochkalari orqali talabalar tomonidan yoki o’qituvchi tomonidan tekshirilib chiqiladi. Xatolar to’g’rilanadi. Talabalar bu qismni to’liq egallaganliklariga ishonch hosil qilingach ikkinchi qismga o’tiladi. Bunda reklama turlari va bu turlarning xususiyatlari tahlil etiladi. Reklamaning qaysi turi eng ommabop va samarali ekanligi, ularning narxi va imkoniyatlari ko’rsatiladi. Qanday hollarda qaysi reklamadan foydalanish qulay ekanligi haqida axborot beriladi. So’ngra talabalarga reklamaning biror turiga yoki bir necha turiga tavsif berish vazifasi qo’yiladi. Reklama og’zaki yoki yozma ravishda tahlil etiladi va umumlashtiriladi. Har bir reklama turini xususiyatlarini o’rganib bo’linganidan keyin, uchinchi bosqichga o’tiladi. Bu bosqichda reklamani tashkil etish printsiplari o’rganiladi. Reklamani ishlab chiqishda qanday qonun-qoidalarga amal qilish lozimligi, qanday omillarni hisobga olish kerakligi xususida fikr yuritiladi. Printsip, qonun-qoidalar va qay darajada o’zlashtirilganligi to’g’risidagi omillar maxsus oldindan tayyorlangan test orqali aniqlanishi mumkin. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi. Dasturlashtirilgan ta’limning asosiy vazifasi- kichik-kichik qadamlar bilan o’quv materialini talabalarga etkazish va o’zlashtirish jarayonini doimiy nazorat qilib borishdan iborat. Bunda mavzuni qaysi qismi chuqur va yuzaki o’rganilganligi ma’lum bo’ladi va kamchiliklarni darhol tuzatish imkoni tug’iladi. Bu tushuncha 50-yillardan boshlab, AQShlik psixolog B. Skinner tomonidan rivojlana boshlangan bo’lsa-da, hanuzgacha keng tarqalmagan. Uning o’ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlari bor: Ijobiy Salbiy 1. O’zlashtirishni tekshirib 1. O’qituvchidan qo’shimcha borish, o’z vaqtida tuzatish- mehnat talab etadi. lar kiritish. 2.Individual yondashuvni 2. Talabalar soni yaxshilanishi. Chegaralangan bo’lishi shart. 3. Mavzularni barchasida 3. Talaba shaxsini chuqurroq ham bo’laklarga bo’lish o’rganish imkoniyati bo’lmaydi. 4.Barcha talabalar mavzuni to’la o’rganadilar. Dasturlashtirilgan ta’lim nafaqat kompyuter yordamida, balki kompyuter ishtirokisiz ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o’quv jarayoni o’ta aniqlik bilan loyihalanadi. Ammo kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda darsning tashkil etilishi dars samaradorligini yanada oshishiga yordam beradi. Kompyuterda dasturlashtirilgan ta’lim o’zining yuqori imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Dasturlar turlicha ko’rinishda tuzilishi mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling