Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
O’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o’tkazish
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Maqsadga erishish yo’lini va usullarni tanlash . Test shakllari va turlari
3.2. O’quv maqsadlarini nazorat ishlariga o’tkazish
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari albatta birinchi galda qanday nazorat ishi orqali tekshirilishi aniqlanishi kerak. Maqsaddan kelib chiqqan holda test va nazorat ishlari tanlanadi. Tanlangan nazorat har bir maqsad uchun alohida qo’llaniladi. Masalan birinchi qo’yilgan maqsad uchun alohida, keyingi maqsadga erishish uchun alohida nazorat ishi topilishi kerak. Barcha nazorat ishlari umumlashtirilib oxirgi baholash ma’lum qilinadi. Masalan: 1-maqsad ta’rifni yoddan bilish deb belgilangan bo’lsa, uni yoddan aytib berish talab etiladi. 2-maqsad formulani amalda qo’llashga o’rgatish bo’lsa, uni amalda masala ishlab qo’llash talab etiladi. 3-maqsad formulani noan’anaviy holatda qo’llash bo’lsa, unga mos misol tanlanadi va uni ishlash talab etiladi. Demak, nechta maqsad aniqlashtirilgan bo’lsa, shuncha nazorat ishi ham ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Shunday qilib, maqsad va nazorat ishi o’rtasida uyg’unlik hosil qilinadi. Nazorat ishlarini tanlashda albatta maqsadning xarakteri xisobga olinadi. Aniq belgilangan maqsadlar esa tekshirishni osonlashtiradi. Nazorat ishlarida turli xil test turlaridan foydalanish mumkin. 3.3. Maqsadga erishish yo’lini va usullarni tanlash. Test shakllari va turlari Hozirgi kunda respublikamizda test vazifalarini o’rtacha o’tkazish normativlari ishlab chiqilgan. Albatta bu testlar har bir o’quv dargohi maqsadidan kelib chiqqan holda o’tkazilishi ham nazarda tutilgan. 1. Joriy nazorat: 10-15 savoldan iborat bo’lib, unga 10-15 minut ajratiladi. 2. Oraliq nazorat: 25-30 savol, 30-40 minutni o’z ichiga oladi. 3. Yakuniy nazorat: 50 savol, 1-1,5 soatni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari fanning yo’nalishidan kelib chiqqan holda va talabalar darajasidan kelib chiqqan holda test turlari, shakllari tanlanishi lozim. Test turlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 1. Eslash, yodda saqlash, tanish kabi psixik jarayonlarning borishini ta’minlovchi testlar. Bu testlar mustahkamlash va tekshirish vazifasini bajaradi. 2. O’zlashtirishning reproduktiv darajasini o’lchovchi testlar. Bu testda talaba o’z bilimlarini tipovoy ya’ni o’rgangan holatida qo’llay olishi talab etiladi. Bu testlarni ishlashda talaba to’rt xil psixologik operatsiyani bajarishi lozim: a) formulani eslash; b) tengliklarni eslash; v) shunga o’xshash misollarni eslash; g) misolni eslash. Bunday test talabalarda bilim, malaka va ko’nikmalarini baholashga yordam beradi. Ammo bu testda ko’proq qo’llay olish nazarda tutiladi. Bunday testlar ijodiy fikrlash darajasiga ta’sir etmaydi va ularni reproduktiv testlar deb atash o’rinli bo’ladi. 3. Produktiv test turi. Bunday testni echishda talabadan ijodiy yondashuv talab etiladi. Bunday testni echish uchun talaba 5-6 ta operatsiyani bajarishi lozim. Bu test mantiqiy fikr yuritishni va izchillikni talab etadi. Buning uchun o’quv jarayonida echilgan mashqlardan bir oz boshqacharoq (netipovoy) vazifalar tanlab olinishi kerak bo’ladi. 4. Izlanuvchan – ijodiy test turi. Ma’lumki ijod - bu qandaydir yangi echimni topishdir. Buning uchun bu testda standart bo’lmagan vazifalar beriladi. Bu murakkab test bo’lib, ijodni rivojlantirishda va iqtidorli talabalarni tanlab olishda ishlatiladi. Testlarning shakliga ko’ra ham bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. 1. Yopiq testlar. Bu test shart yoki so’roq va bir qancha javoblardan tuzilgan bo’lib, bittasi to’g’ri javob hisoblanadi. Uning yopiq test deyilishiga sabab, talaba o’zining to’g’ri javobini bera olmaydi. U faqat mavjud javoblardan bittasini tanlashi mumkin. Bunday testlarni tuzishda yuzakilikdan extiyot bo’lish kerak va javoblar tuzayotganda mantiqiylik va tahlilga asoslanishi lozim. 2. Ochiq testlar. Bu testda shart va so’roq beriladi. Javob esa mustaqil talaba tomondan topiladi. Bunda eng muhim o’zak so’z tushirib qoldirilishi mumkin, ana shu o’zakda esa so’z topilishi lozim. 3. Munosiblikni tanlashga qaratilgan testlar. Bu testlar ajratish va joy – joyiga qo’yish kabi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi. 4. Izchillikni o’rnatishga bag’ishlangan test. Bunda tartibsiz berilgan elementlar izchil ketma – ketlikda joylashtirilib chiqishi kerak. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling