Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli kichik universal texnologiyalar
- 2.2. Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo’yicha klassifikatsiya
Umumiy pedagogik texnologiyalar o’z ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim tizimiga tegishli bo’lgan masalalarni qamrab oladi.
Masalan: reyting tizimiga o’tish, test texnologiyalariga o’tish shular jumlasiga kiradi. Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma’lum fan doirasida qo’llanilishi mumkin va qulay bo’lgan texnologiyalarni o’z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo’lgan texnologiyalarni ishlab chiqish. Modulli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, turli fanlarni o’rganishda ishlatilishi mumkin bo’lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o’yinlar, fikrlashga o’rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo’lib, ko’p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o’yinli texnologiyalar. Falsafiy dunyoqarash o’z navbatida ta’lim–tarbiya tizimiga yondashuvda ham o’z aksini topadi. Diniy dunyoqarash o’ziga xos ravishda ta’lim-tarbiya jarayonini talqin etadi, idealistik dunyoqarash o’ziga xos ravishda ta’lim-tarbiyaning mazmun mohiyatini ochib beradi. Materialistik dunyoqarash ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishda materialistik nuqtai nazardan yondashadi (U inson shaxsini moddiylik sifatida qabul qilsa, idealistik dunyoqarash insonni jon, tan, ruh kabi qismlarini tan olgan holda yondashadi). Ilmiy dunyoqarash esa ilmiy kashfiyotlarga asoslangan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil etishga qaratiladi. Demak, har bir jamiyatning qabul qilgan dunyoqarashi ana shu jamiyatda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga bevosita ta’sir o’tkazar ekan. Falsafiy jihatdan texnologiyalar qo’yidagi guruhlarga ajratiladi: A. Materialistik D. Gumanistik B. Idealistik E. Erkin V. Ilmiy J. Majburiy G. Diniy Demak, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishda ma’lum bir falsafiy dunyoqarash hukmronlik qiladi va ana shu qarash o’z aksini pedagogik texnologiyalarda topadi. 2.2. Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo’yicha klassifikatsiya Tashkil etish va boshqarish jihatidan pedagogik texnologiyalarni qo’yidagi turlarini ajratish mumkin: 1. Sust boshqariluvchi (talabalar faoliyati boshqarilmaydi, stixiyalilik ustun turadi). 2. Tsiklli tekshirish – o’z-o’zini va o’zaro tekshirish ustun turadi. 3. Frontal (yalpi), 4. Yo’naltirilgan (individual), 5. Verbal –o’qituvchi ishtirokida, 6. Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda. Ushbu boshqarish turlarining kombinatsiyalashuvi natijasida qo’yidagi didaktik tizim texnologiyalari vujudga keladi: - an’anaviy lektsion ta’lim tizimi (boshqarish sust, frontal, verbal) - audivizual texnik vositalar yordamida ta’limni tashkil etish (boshqarish sust, frontal, avtomatlashtirilgan). - konsultatsiya texnologiyasi (sust, yo’naltirilgan, verbal) - kichik guruhlar texnologiyasi (tsiklli, frontal, verbal, differentsial) - kompyuter ta’limi (tsiklli, yo’naltirilgan, verbal) – individual ta’lim. - repetitor tizimi (tsiklli, yo’naltirilgan, verbal) – individual ta’lim. - dasturlashtirilgan ta’lim (tsiklli, yo’naltirilgan, avtomatlashtirilgan-programmalar asosida). - differentsial ta’lim (tsiklli aktiv boshqariluvchi, yo’naltirilgan, vebral). - muammoli ta’lim (tsiklli, yo’naltirilgan, o’quvchi shaxsi aktiv). Amaliyotda bu ta’lim texnologiyalari kombinatsiyalashgan holda qo’llaniladi. Ta’lim texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab qo’yidagi texnologiyalar ajratiladi: 1. Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo’ladi. Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar. Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning echimini topishni talab etadi. Amaliy texnologiyalar – amaliy xatti- harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalar. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling