Pedagogika va psixologiya” kafedrasi «pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanidan o’quv-uslubiy majmua guliston– 2017
Download 1.04 Mb.
|
portal.guldu.uz-«PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA PEDAGOGIK MAHORAT»
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Pedagogik texnologiya 50-yillarda an’anaviy xususiy yo’nalishga qarshi, aniqrog’i bu yo’nalishdagi noaniqlik va yuzakilikka qarshi chiqqan yo’nalishdir. Bu yo’nalish o’z maqsadi qilib aniq samarali natijaga erishishlari konkret yo’llarini ishlab chiqishni qo’yadi. Bunday ta’lim texnologiyasiga erishish bir qarashda oson bo’lib ko’rinsada, katta pedagogik o’zgartirishlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini talab etadi. 50-60 yillarda bu masalani (programmirovanno’e obuchenie) dasturlashtirilgan ta’limga o’tish orqali hal qilishga harakat qilinadi. 70-yillarda (teoriya problemnogo obuchenie) muammoli ta’lim nazariyasi vujudga keldi. Muammolarni bosqichma-bosqich echib borish, soddadan murakkabga yo’nalish belgilangan kafolatlangan natijaga olib kelishi kerak edi. 90-yillarda (obrazavatelno’e texnologii) ta’lim texnologiyasi vujudga keldi. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishda quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olish kerak. 1. O’quvchi sub’ektiga aloxida e’tibor berish. 2. Texnologik xususiyatga ega bo’lishi. 3. Tizimlilik (pedagogik texnologiya) tizimlilik xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya’ni mantiqiy bog’lanishlar va yaxlitlikning mavjud bo’lishi. 4. Boshqaruvchanlik xususiyati, ya’ni diagnostika, rejalashtirishga qarab natijalarni korrektivlash, ya’ni moslashtirish. 5. Samaralilik xususiyati. Natijalari samarali, optimal kuch va mablag’ talab etuvchi hamda standart ta’limga to’g’ri keluvchi bo’lishi lozim. 6. Konspektuallik xususiyati. Har bir pedagogik texnologiya chuqur g’oyaga ega bo’lishi, ilmiy asoslanishi lozim. Pedagogik texnologiyalarga o’tish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim. Diagnostika Planlashtirish Aniq konkretlashtirilgan maqsadni belgilash. Belgilangan maqsadga erishishning aniq usul, metod va shakllarini qayta ishlab chiqarish lozim. Pedagogik texnologiyalar shaxsga individual yondashuv masalasini oldinga suradi va unga asoslanadi. Shaxsning individualligiga asoslanish bu shaxsni aktivligini oshirish, uning yangi xususiyatlarni, qobiliyatlarni kashf etish va rivojlantirishdir. Har bir shaxsning tanlash imkoniyatini va erkin rivojlanish imkonini yaratishdir, ya’ni «rivojlantiruvchi ta’limni» ishga tushishini ta’minlashdir. Xotira maktabidan fikrlash maktabiga o’tish va undan keyin rivojlanish maktabiga o’tish maqsad qilib qo’yiladi. Individual ta’limni rivojlantirish natijasida o’z-o’zidan ta’lim ko’p profilli, ko’p darajali yoki differentsiallashgan (tabaqalashgan) bo’lib qoladi. Ilgari bitta tanlab olingan traektoriyadan chetga chiqqan talabalarni traektoriyaga solish harakat qilingan bo’lsa, endilikda har bir talaba uchun o’z traektoriyasi ishlab chiqilishi va uning rivojlanish qadamlari nazorat qilib borilishi lozim, ya’ni har bir talabaning har tomonlama rivojlanishi o’rganilib, so’ngra keyingi rivojlanish rejalari tuziladi. Pedagogik texnologiya bu ilmiy texnikaviy taraqqiyot mevasi bo’lib, «Pedagogika», «Texnologiya» fanlar ulanishidan paydo bo’ladi. Ommaviy ta’limning rivojlanishi bu fanning paydo bo’lishi uchun zamin yaratadi. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida 12 yillik majburiy ta’limga o’tiladi. Ta’lim tizimi oldiga yangi yuksak vazifalar qo’yildi. Bunday yuksak vazifalarni bajarish uchun metodika pedagogik texnologiyalar bilan boyitilishi talab etiladi. Bugungi kunda har bir pedagogdan yuqori samaradorlik talab etilmoqda. Ammo, ilm–fanning tez rivojlanishi bilimlar hajmini oshib borishi o’qituvchidan yangicha yondashuvni talab etmoqda. Bugungi kunda pedagog eski metodlardan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishi qiyin. Shuning uchun ham biz talabalarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirishimiz ularni bu boradagi malakalar bilan qurollantirishimiz zarur. Bo’lajak o’qituvchilar nafaqat metodika, balki pedagogik texnologiyalar bilan tanishishi va ular bemalol qo’llay olish darajasiga etishlari talab etiladi. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarga juda katta talab qo’yilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni talab etayotgan bir vaqtda kafolatlangan samarali natijani vujudga keltiruvchi yo’nalish juda katta ahamiyat kasb etadi. Faqat kafolatlangan samarali natijaga asoslangan ta’lim tizimigina malakali kadrlarni etkazish mumkin. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni yanada mukammallashtirish yangi texnologiyalarni ishlash talab etilmoqda. Ayniqsa tarbiya borasida pedagogik texnologiyalar kam ishlangan. Ba’zi texnologiyalarda aniqlik etishmaydi, bu esa natijani kafolatlash pedagogik mahorat xalaqit beradi. Pedagogning mahoratiga ham bugungi kunda talablar oshib bormoqda. Pedagogdan nafaqat o’z psixikasini va nutq madaniyatini boshqarish, balki talabalarninig psixik holatini boshqarish talab etilmoqda. Bu vazifani bajarish uchun esa pedagog talabaning psixikasini o’ta nozik jihatlarini o’rganish va har bir talabaning qalbiga yul topa olish lozim. Buning uchun har bir pedagog o’z ustida tinmay mehnat qilishi kerak. Har bir pedagogik davr o’z o’zgarishlari va yangiliklarini taqozo etadi. Yangi pedagogik texnologiyalarning maqsadi va har bir bosqichda asosan ta’lim va tarbiya samarasini oshirishga qaratilgan. Ta’lim–tarbiya jarayonining samarasini oshirish yangi sifat darajasiga o’tish imkonini beradi. Yangi pedagogik texnologiyalar hozirgi davr uchun, ya’ni insonning rivojlanish darajasi va texnika rivojlanish darajasiga mos tushishi hamda inson va texnika resurslaridan unumli va uyg’un foydalanishni ta’minlash lozim. Yangi pedagogik texnologiyalarni mazmuni keng masshtabda qaratilgan bulsa: a) Gumanizatsiyalashtirish va demokratlashtirish. v) Individuallashtirish s) Rivojlantirish Tor ma’noda pedagogik texnologiyalarni mazmunini ma’lum vaziyatdan va muammodan kelib chiqqan holda asosiy printsiplarga asoslangan holda ishlab chiqariladi. Pedagogik texnologiyani ko’pincha pedagogikaning bir yo’nalishi sifatida qabul qilinadi. Bu yo’nalishning maqsadi ta’lim tizimining samarasini oshirish, rejalashtirib quyilgan natijaga erishishda kafolat beruvchi jarayonni tashkil etishdir, - deydi Klarin. M.V. «Pedagogik texnologiya» termini ko’proq ta’lim texnologiyalari degan tushunchaga mos. Ta’lim texnologiyalari tushunchasiga bir qancha ta’riflar berilgan. 1. Oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va bir maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalalarni echishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o’zaro bog’langan harakatlari tizimidir. 2. Pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakatdir. 3. Ta’lim jarayonini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o’zaro hamkorligi asosida o’qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo’llash xamda belgilashning tizimli metodir. (YuNESKO). 4. Ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to’plamini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan pedagogning uzluksiz, o’zaro shartlangan harakatlari tizimi. Ko’rib turganimizdek hozirgacha pedagogik texnologiyalarga yagona bir mukammal ta’rif berilmagan. YuNESKO bergan ta’rif ham umumiy xususiyatga ega bo’lib, pedagogik texnologiyalarning mohiyatini ochib bermaydi. Bizningcha, berilgan ta’riflar ichida pedagogik texnologiyalarning mazmun – mohiyatini ko’proq ikkinchi ta’rif ochib bera oladi. XulosaPedagogik texnologiyalarning vujudga kelishi davr talabi bo’lib, u ta’lim tizimini: 1. Gumanizatsiyalash va demokratlashtirishga. 2. Individuallashtirishga. 3. Rivojlantirish, samaradorlikni oshirishga qara-tilgan. Pedagogik texnologiyalarga xos bo’lgan xususiyatlar: 1. Talaba sub’ektiga alohida e’tibor berish. 2. Texnologik xususiyatga ega bo’lish. 3. Tizimlilik. 4. Boshqaruvchanlilik. 5. Samaralilik. 6. Kontseptuallik. Pedagogik texnologiyalarning maqsadi kam vaqt va kam kuch sarflab o’zlashtirishning yuqori samaradorligiga erishish. Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: 1. Diagnostika. 2. Planlashtirish (aniq loyihalar tuzish). 3. Aniq maqsadli texnologiyalarga o’tish. 4. Ta’lim tizimini differentsiallashtirish. 5. Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling