Tayanch tushunchalar: texnologik xususiyat, kontseptsiya, diagnostika, samarali natijani kafolatlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Qanday omillar pedagogik texnologiyalarni vujudga kelishiga ta’sir etdi?
2. Bugungi kunda ta’lim tizimiga qanday yangi talablar qo’yilmoqda?
3. Pedagogik texnologiyalarning mohiyatiga izoh bering.
Pedagogik texnologiyalarning maqsadi nimadan iborat?
5. Pedagogik texnologiyalarning vazifalari qanday?
6. Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’rifga izoh bering.
7. Pedagogik texnologiyalarni metodika bilan taqqoslang.
8. Diagramma Venna asosida tahlil qiling.
Adabiyotlar:
1. V.Guzev. Ot metodiki k obrazavatelno’y texnologii: issledovaniya v oblasti obrazovatelnogo protsessa. Narodnoe Obrazovanie.1998,№7, str84-91
2. A.N. Xayotovich. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. 2002 y.
3. Mallaev O. Yangi pedagogik texnologiyalar. 2000 y.
4. O’.Tolipov,M.Usmonov. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T,Fan. 2005
5. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari.T. 2002y.
www.rsvpu.ru
www.herzen.spb.ru.
2-Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari va klassifikatsiyasi
Reja:
2.1. Pedagogik texnologiyalarning turlari. Falsafiy jihatdan klassifikatsiyasi.
2.2. Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo’yicha klassifikatsiya.
2.3. Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o’rganish bo’yicha klassifikatsiyalash.
2.1. Pedagogik texnologiyalarning turlari. Falsafiy jihatdan klassifikatsiyasi
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim-tarbiya jarayonida ko’plab yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnologiyalarni xarakteri ana shu yondashuvdan kelib chiqadi. Shunga qaramasdan ko’pgina pedagogik texnologiyalar o’z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko’ra bir-biriga o’xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o’xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin.
Qo’llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko’ra ularni uch guruhga ajratiladi:
Umumiy pedagogik texnologiyalar.
2. Xususiy pedagogik texnologiyalar.
3. Modulli kichik universal texnologiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |