«pedagogika va psixologiya» kafedrasi


BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING VAZIFALARI VA ISH MAZMUNI


Download 95.31 Kb.
bet16/36
Sana21.01.2023
Hajmi95.31 Kb.
#1105929
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
O zbekiston-respublikasi-xalq-ta limi-vazirligi-navoiy-davlat-pe

2. BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING VAZIFALARI VA ISH MAZMUNI
2.1. Olti yoshli bolalarning maktabga tayyorgarligi diagnostikasi
OLTI YOSHLI BOLALARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS
KOMISSIYALARI TO`G`RISIDA NIZOM

I.UMUMIY QOIDALAR


  1. Olti yoshli bolalarning psixologik-pedagogik tashxis komissiyasi (keyingi matnda Tashxis komissiyasi) O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida”gi 203-sonli qarori, “O`quvchilarni kasb–hunarga yo`naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazlari to`g`risida”gi hamda mazkur Nizom asosida tuman, shahar hududida aqliy va jismoniy sog`lom bo`lgan olti yoshli bolalarni maktabda o`qishga saralab olish maqsadida tashkil etiladi.

  2. Tashxis komissiyalari har bir tuman (shahar) xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi (XTMFMTvaTEB) qoshida hamda umumta`lim maktablarida tuziladi.

  3. Tashxis komissiyasining tarkibi tuman (shahar) XTMFMTvaTEB tavsiyasiga asosan ta`lim muassasalari: psixolog, logoped, shifokor va boshlang`ich sinf o`qituvchisi mutaxassislardan iborat bo`lib, tegishli (viloyat) xalq ta`limi boshqarmasi buyrug`i bilan tasdiqlanadi.

  4. Tashxis komissiyasi o`z faoliyatini mazkur Nizom talablari, XTMFMTvaTEB mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiradi.

  5. Joriy yilning 1 oktyabrgacha bo`lgan davrda yetti yoshga to`ladigan bolalar umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga to`g`ridan to`g`ri qabul qilinadi.

  6. O`tgan yilning 1 oktyabridan joriy yilning 1 yanvarigacha bo`lgan davrda yetti yoshga to`ladigan bolalar umumta`lim maktablarida tuzilgan psixologikpedagogik tashxis komissiya xulosasiga ko`ra umumta`lim maktablarining 1sinfiga qabul qilinadi.

  7. Joriy yilning 1 yanvaridan 1 sentyabrgacha bo`lgan davrda olti yoshga to`ladigan bolalar XTMFMTvaTEB qoshida tuzilgan Tashxis komissiyasining xulosasiga ko`ra umumta`lim maktablarining 1-sinfiga o`qishga qabul qilinadi.


Download 95.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling