Tuman metodika kabinetining ish mazmuni va vazifalari


Download 23.21 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1299417
Bog'liq
TUMAN METODIKA KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI


TUMAN METODIKA KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI

Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarda uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish tashkilotlarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta’lim tashkilotlarni maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim tashkilotlar faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha tashkilotlarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim tashkilotlar soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqaijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya tashkilotlarning kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari
Respublikada maktabgacha ta’limga uslubiy raxhbarlik O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti orqali amalga oshiriladi.
Metodika kabineti Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja asosida ish yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha:
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman metodika kabineti faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga uslubiy yordam beradi.
Uning asosiy vazifalari; xalq ta’limi bulimlari qoshidagi metodika kabinetlari faoliyatini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta’limi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish, ilgor ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat. Har qaysi soqani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. SHu bois ularning har birini tavsiflash, moxiyatini ifodalashga ehtiyoj tug’iladi.
Tamoyil - biror-bir sohada, jumladan, ta’lim sohasida ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan xulosalar, erishilgan natijalar.
Boshsarish usuli — boshqaruv sub’ektining (bizning xolatimizda bu - xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, muassasa raxbariyati va h.k.) muayyan maqsadlarga erishishni nazarda tutgan xolda boshqaruv ob’ektiga (bizning xolatimizda bu - maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchilar va h.k) ta’sir etish usul hamda vositalarining majmui.
Boshsarishning psixologik uslublari - bu shaxsning mustaxkam psixologik xislatlari - diktat, idrok tafakkur, sezgi, ong orqali boshqarish uslublari majmui. Bu tushunchalar o’zaro bir-birlari bilan o’zviy bog’liq bo’lib, bularning barchasi kishilar urtasidagi munosabatlarda ko’zatiladi.
Bugungi kunda jamiyat xayotining barcha sohalarida, shu jumladan, boshqarish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilib, ularga tayangan yondashuvlar qaror topmoqia. Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri uning ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon bo’ladi. Zero, bugun boshqaruv jarayonini ilmiy asosda tashkil etmasdan uning izchilligi va samaradorligini tasavvur etib bo’lmaydi.
Albatta, raxbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi uchun, avvalo, yetarli malaka va bilim, raxbarlik salohiyati, ko’plab ma’naviy-axloqiy xislat va fazilatlar sohibi bo’lishi darkor. Ta’lim sohasi, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini boshqarish ham bundan istisno emas.
Ushbu muassasalardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va ko’nikmalarni o’zaro uyg’un holda qo’llash ta’lim-tarbiya bilan bog’liq masalalarni talab darajasida xal etish, bu jarayonda foydalaniladigan usul va uslublarni o’zluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. SHu ma’noda, kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning raqbarlik saloxiyati va ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim aqamiyat kasb etadi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor qaratib, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Buyuk maqsad yo’lidan ogishmaylik» asarida: «Kadrlar tanlashda — vatanparvarlik xalqiarvarlik tuyg’usi bugun juda katta ahamiyatga egadir», deb ta’kidlaydi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’zbekiston Respublikasi Xalq Maktabgacha ta’limi vazirligi xo’zuridatashkil etilib, mazkur soha bo’yicha etakchi to’zilma sifatidabarcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiniuslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetio’z faoliyatida amaldagi qonunchiliq Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlarva boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institugi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institugi, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o’quv-metodika markazi, Viloyat pedagog kadrlarni qyta tayyorlashva malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalarbilan mustaxkam hamkorlik aloqilarini o’rnatadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiningasosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
- Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shaharva tumanlar maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko’rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Bolajon»dasturini tuliq bajarilishini ta’minlaydi;
- ilgor ish tajribalarni hganadi, umumlashtiradiva ommalashtiradi (maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari,maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi-uslubchi, mudiralar, uslubchilar va tarbiyachilar,murabbiylar faoliyatini taxlil etish asosida);
- ilror pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiyava boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidakulga kiritilgan yutuqiar, xalq pedagogikasi an’analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari, yo’l-yuriqiarini ishlab chiqadi.
Nazorat qilish deganda — davlat nazorati, Maktabgacha ta’limbulimlari tomonidan maktabgacha tarbiya muassasalari va rahbarlari faoliyatini teyupirish shakllari tushuniladi.
Bu, avvalo, colara oid amaldagi qonun hujjatlari, jumladan, «Ta’lim to’tisida»gi Qonun asoslarini, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining, «Maktabgacha ta’lim to’g’risida»gi Nizom, «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi», «Maktabgacha ta’lim dasturi», «Ilk qadam» o’quv dasturining bajarilishini, xalqta’limi idoralari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini, shuningdek maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog’liq bo’lgan ariza va shikoyatlarni tekshirishni anglatadi.
Bundan tashqari, nazorat — har bir maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidagi mavjud nuqson va kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish, ta’lim-tarbiya, pedagoglar va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan mu?u 1m vositadir.
Nazorat qilishning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunchilik hujjatlarida, «Maktabgacha ta’lim konsepsiya»sida belgilab berilgan tamoyil va mezonlar tashkil etadi.
Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
1. Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra:
- Qoraqalpogistop respublikasi, viloyatlar, shaharva tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ishfaoliyatini nazorat etadi va muvofiqashtiradi;

- maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiyaishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishinio’rganadi;


- «Ilk qadam» o’quv dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni tulaqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarniishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
- respublika metodika kabineti xodimlarini malakaoshirish 1surslarida ma’ro’zalar o’tshga, seminar-mashgulotlar >pgkazishga va thtaraklar ishini olib borishga jalb etadi.

Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengashtarkibiga uslubchilar, uqituvchilar malakasini oshirishinstituti radbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar,musiqa rahbarlari, oliy uquv yurtlarining etukprofessor o’qituvchilari kiradi.


Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasikabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar mu>(;okama etiladi,ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish,jumladan, metodika kabinetlarining ilgor pedagogiktajribalarni t zh ash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgachata’lim bhicha uslubiy qo’llanmalarni muhokamaqilish, tasdiqiash bilan bog’liq masalalar hal etiladi.


3. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetidaxodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsa dida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ro’zalar, seminar-treninglar, ko’rgazmalar va boshqi tadbirlar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetidailmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qipinadi.
Metodika kabineti xodimlari

1. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiga Malaka oshirish markazi direktori raxbarlik qiladi.


U oliy pedagogik bilimga va tashkiliy-uslubiy ishlarnitashkil etish borasida muayyan tajribaga ega bulishilozim. Uning zimmasiga kabinetning uslubiy, moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga raxbarlik qilish, kadrlarni tanlashva joy-joyiga kuyish, mexnat qonunchiligiga binoanxodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bushatadi.
2. Metodik ishlar markaz direktori tavsiyasi bilanXalq ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadigan oliypedagogik ma’lumot va kamida 5 yillik ish stajiga egabo’lgan malakali uslubchilar tomonidan amalga oshiriladi.
3. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiningshtatlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limivazirligi tomonidan belgilanadi.

Tashkiliy, huquqiyva moliyaviy asoslari


1. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetidavlat byudjeti mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi.
Unga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag ajratiladi.
2. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiO’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi oldidao’z faoliyati bo’yicha hisobot berib turadi.
3. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetio\qityvchilap malakasini oshirish instituti bilan kelishganholda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqiangan reja asosida ish yuritadi.

Maktabgacha ta’lim taraqqiyotida boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari.


Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg’armalar, shuningdek tadbirkorlik to’zilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1) ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterga ega ekani;
2) ta’limning o’zluksizligi va izchilligi;
3) o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyorliligi;
4) ta’lim tizimining dunyoviyligi;
5) Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;
6) ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
7) har bir shaxsning bilim olishga iste’dodini rivojlantirishni rag’batlantirilishi;
8) ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvining o‘zaro uyg‘unligi.
Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi.
1) demokratik-xalsparvarlik asosida boshsaruv. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalk ta’limi tibbiy-gigienik profilaktik va sog‘lomlashtirish tizimiga doyr qonun hhujjatlari asosida ishlarni tashkil etish.
2) yakkaboshchilik tamoyili - ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari, aralash tusdagi bolalar bog’chasi (uning tarkibiga yillik ish rejasini tulik bajarishga karatiladi;
3) hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi;
4 ) aniqlik tamoyili- pedagogik metodik va xo‘jalik ishlarini aniq maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil qilish va bajarilishini tahlil qilish;
5) xo‘jalikni boshqarish tamoyili - ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish;
6) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid - rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga talabchanlik bilan yondoshishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlariga tanqidiy munosabat;
7) farqlash tamoyili - ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarini ko‘ra olish;
8) yangilikni his qila olish tamoyili - o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologiyalarini o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish.

Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari:


Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun (T., 1997).
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (T., 1997).
Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi Nizom 2017).
Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Konsepsiya 2012
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012, 2017).
“Bolajon”dasturi (T., 2010).
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmonlar, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlamakamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda uqishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoatva xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

— zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;


— bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;


— maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
— maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
— bolalar xayotini muxofaza etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
— bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini rivojlantirish;
— bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
— bola rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish:
— bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
— bolalarni jismoniy, ma’naviy va intellectual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlash.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi. Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi. Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish tashkilotlarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan tashkilotlar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi. Rejada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha tashkilotlarni qamrab olishi kerak. Rejada maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya tashkilotlarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat. Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling