Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi fanidan
Shaxs bilan ijtimoiy peagogik ish olib boorish metodikasi va
Download 0,51 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2 Shaxs bilan ijtimoiy peagogik ish olib boorish metodikasi va
texnologiyalari Funksiya - vazifa , faoliyat doirasi. Ijtimoiy pedagogning umumiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: • ta’lim va tarbiya berish funksiyasi - bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga izchil pedagogik ta’sir ko‘rsatilishini ta’minlash, barcha ijtimoiy institutlar - oila, ta’lim muassasalari , mehnat jamoalari, ommaviy axborot vositalari , mahallaning pedagogik faoliyatiga ko‘maklashish; • diagnostik funksiya - bolalar, oila, ijtimoiy muhit xususiyatlari va ijtimoiy yashash sharoitlarini o‘rganish; • tashkilotchilik funksiyasi - bolalar va pedagoglarning ijtimoiy faoliyatini tashkillashtirish , rejalar, loyihalar va dasturlarni amalga oshirish; • prognostik va ekspertlik funksiyasi - ijtimoiy-pedagogik rivojlanish dasturlari , loyihalari va rejalarini ishlab chiqish, hujjatlar va materiallar ekspertizasi ; • muhofaza va himoya funksiyasi - shaxs huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy normalardan foydalanish. Ularning eng muhimlariga to‘xtalamiz. Pedagogning ijtimoiy funksiyalari: Kuzatish - ayniqsa keng tarqalgan usul. Aynan u tarbiyaviy ish uchun ayniqsa ko‘p material beradi. Pedagog bolaning oila va maktabda , tengdoshlari bilan o‘zini tutishini kuzatadi. Boshlovchi pedagog o‘z kuzatishlarini qayd etib borishi va keyinchalik ularni tahlil qilishi lozim. Ijtimoiy-pedagogik kuzatish muayyan tayyorgarlikni talab qiladi: xulq-atvorni samarali o‘rganish uchun harakatlar , nutq va mimikaning barcha ko‘rinishlarini aniq bilish talab etiladi. Xatti-harakatlar va gap-so‘zlarni surunkali qayd etib borishgina shaxsning xususiyatlarini va uning shakllanish qonuniyatlarini tushunish imkoniyatini beradi. Kuzatish odatda tabiiy sharoitlarda , faoliyat va muloqot jarayoniga aralashmasdan amalga oshiriladi. Kuzatishga kirishishdan oldin reja tuzish , unda nimalarga e’tibor berish lozimligini belgilash zarur Suhbat. Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida anketa so‘rovi o‘tkazish, oldindan savollar tuzish , bola mazkur muassasa (reabilitatsiya markazi)ga tushganida xulosa chiqargan komissiya natijalari bilan tanishish lozim. Suhbatning muvaffaqiyati oldindan o‘rnatilgan aloqaga, u qay darajada mukammal tayyorlanganiga , ijtimoiy pedagogning suhbatni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Suhbat qisqacha kirish qismi bilan boshlanadi. Unda so‘rov mavzusi, maqsadi va vazifalari haqida gapiriladi. So‘ngra mazmunan neytral bo‘lgan oddiy savollar taklif qilinadi. Tahlilni , mulohaza yuritishni talab qiluvchi murakkabroq savollar suhbat o‘rtasiga joylashtiriladi. Suhbatning yangi yo‘nalishiga o‘tish izohlar bilan quvvatlanishi lozim. Bolaning tarjimai holi , qilmishlari va xulq-atvor motivlari bilan tanishish u haqda tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Anketa so‘rovi - so‘rov yo‘li bilan statistik material to‘plash usuli. Anketa mazkur shaxs yoki o‘zga shaxsga doir materialni olish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Anketa materiali asosan pirovard natijani yoritib beradi. Anketa so‘rovi samarali bo‘lishida muayyan qiziqish va pedagogga ishonch ulkan ahamiyat kasb etadi. Anketa tuzishda uning mazmuni va shaklini e’tiborga olish muhimdir. Mazmunan anketa muayyan muammonigina qamrab olishi lozim. Har bir savol albatta fikr motivlariga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha savol bilan quvvatlanadi. Shaklan savollar yopiq , ochiq, to‘g‘ri va egri bo‘lishi mumkin. Biografik metod - ijtimoiy pedagogikada ayniqsa keng qo‘llaniladigan usullardan biri. Insonning o‘zi aralashgan turli jarayonlar va vaziyatlarga shaxsiy munosabatlari qayd etiladi. Biografik ma’lumotlarning turli xil manbalari mavjud: intervyu, qarindoshlarning guvohliklari , fotosuratlar va h.k. Bu manbalarning barchasi insonning boshqa kishilar bilan hayot jarayonida to‘plagan tajribasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu metodning ko‘rinishlaridan biri - oila biografiyasi. Konkret oila tarixini o‘rganish insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi xulq-atvor modeli, hayot pozitsiyasi kabi ichki omillarni aniqlash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy pedagog ishining mazmuni ta’lim muassasasining ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini yechish ehtiyojlari bilan belgilanadi. Quyidagilar ta’lim muassasasida bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy- pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: • mazkur ta’lim muassasasi hududida yashaydigan maktab yoshidagi barcha bolalar hisobini yuritish , ularning ijtimoiy holati va yashash sharoitlarini o‘rganish; • o‘quvchilarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishlari (boshqa maktabga o‘tishlari va h.k.) ustidan nazorat olib borish; • ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini , ularning yuzaga kelish sharoitlarini va ta’lim muassasasi imkoniyatlariga muvofiq ularni yechish yo‘llarini o‘rganishi; • ijtimoiy beqaror oilalar hisobini yuritish; • ko‘p bolali, noto‘liq va kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan bolalarni , ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; • ta’lim oluvchilar shaxsining xavfsizligi , ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun sharoitlar yaratish; • ta’lim oluvchilarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish, aholini ish bilan ta’minlash xizmatlarining mutaxassislari bilan o‘zaro aloqa qilish ; • bolani tarbiyalash muammolarini birgalikda yechish maqsadida bolalarning oilalari bilan hamkorlik qilish ; • ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘smirga qarashli bo‘lgan mol-mulk va turar joy maydonini muhofaza qilish choralarini ko‘rish. Bolalar uyi, maktab-internat sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: • tarbiyalanuvchining shaxsiy ishida yetishmayotgan uning ota-onasi , aka-uka va opa-singillari, mol-mulkining mavjudligi va butligi haqida ma’lumotlar va hujjatlarni to‘plash; • sud, FHDYO, ta’limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari bilan bolaning ota-onasidan alimentlar tayinlash va undirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish; • tarbiyalanuvchilarning shaxsiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash; • bola ta’lim olayotgan davrda, o‘qishga yoki ishga kirayotganida hukumat tomonidan nazarda tutilgan imtiyozlarni ta’minlash; • bitiruvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar ular bilan aloqa qilish ; • bitiruvchilar monitoringini yuritish Ijtimoiy-pedagogik faoliyat lozim darajada samarali olib borilmasligi qayd etiladi. Shu tufayli ham so‘ngi yillarda texnologik yondashuvni qo‘llash rasm bo‘ldi. Har qanday texnologiyaning asosiy bo‘g‘ini pirovard natijani belgilash va unga aniq erishish hisoblanadi. Texnologiyaning boshqa bir afzalligi - uni boshqa odam maxsus o‘rganganidan so‘ng amalga oshirishi mumkinligi. Ijtimoiy texnologiyalar - ijtimoiy munosabatlar va jarayonlarni o‘zgartirish va tartibga solishning optimal usullari haqidagi bilimlar tizimi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiya - muayyan ijtimoiy-pedagogik maqsadga erishish yo‘llaridan biri. U ijtimoiy- pedagogik faoliyatning muayyan natijaga erishishni ta’minlovchi bosqichlari , usullari va vositalari tvvsifi sifatida qaraladi. V.P.Bespalko fikriga ko‘ra, har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo‘lishi mumkin. San’at intuitsiyaga, texnologiya esa - fanga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida rivojlanishi bilan ijtimoiy pedagog faoliyatining texnologiyalashtirilgan yo‘nalishlari ko‘payib borishi lozim. Shu tufayli ham har bir konkret vaziyatda ijtimoiy pedagog quyidagilarni bilishi darkor: • ijtimoiy-pedagogik maqsadni ; • unga erishish yo‘llarini; • ob’yekt xususiyatlari va imkoniyatlarini; • amalga oshirish joyining xususiyatlarini; • maqsadga erishish imkoniyatlarini ; • amalga oshirish shakllarini. Shunday qilib, ijtimoiy jarayonlarning texnologiyalashtirilishi muqarrardir. Ayni vaqtda, ijtimoiy-pedagogik faoliyat to‘laligicha texnologiyalashtirilishi ham mumkin emas. Masalan, bola huquqlarini himoya qilish faoliyati asosan qonunchilik bazasiga tayanadi. Ba’zi bir hollarda namunaviy algoritmlarni konkret vaziyatga moslashtirish talab etiladi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarning quyidagi turlari farqlanadi: • sub’yektga doir texnologiyalar individual yoki jamoaviy bo‘ladi. Individual texnologiyalarga o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini himoya qilish , mustaqil o‘qib-o‘rganish texnologiyalari kiradi. Jamoaviy texnologiyalar yosh, jins, maqom, kasb-kor belgilariga ko‘ra ajratilishi mumkin. Masalan, ishsizlar uchun bu ishga joylashish texnologiyasi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun - mehnat bilan davolash va sh.k.; • faoliyat texnologiyalari. Ular ijtimoiy-pedagogik ishni takomillashtirish , ijtimoiy pedagog faoliyatini optimallashtirishga qaratiladi; • muhit texnologiyalari (masalan, insonni qurshagan muhitni sog‘lomlashtirish texnologiyalari va sh.k.). Texnologik jarayon zamirida harakatlar algoritmi yotadi. Umuman olganda ular quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 1. Diagnostika bosqichi 2. Boshlang‘ich vaziyat tahlili: a) vaziyatning bola uchun mushkullik va xavflilik darajasini aniqlash; b) u ijtimoiy pedagog yechishi lozim bo‘lgan muammolar jumlasiga kirishi yoki kirmasligini aniqlash ; v) sabablarni aniqlash; g) muammoni qo‘yish; d) muammoni yechishga bolaning tayyorligi yoki tayyor emasligi. 3. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza vazifasini belgilash (loyihalash); yordam ko‘rsatishga o‘zining qodirligini aniqlash; faoliyatni rejalashtirish. 4. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza usullarini belgilash , muammoni yechish yo‘llarini topishda bolaga yordam ko‘rsatish. 5. Muammodan chiqish natijalarining tahlili, o‘z faoliyatiga baho berish. 6. Bolaning holati va rivojlanishi ustidan nazorat olib borish. I.G.Zaynishev texnologik faoliyatning besh bosqichini ajratadi: * dastlabki bosqich. Unda muammoni aniqlash, unga baho berish , uning paydo bo‘lishini belgilagan omillarni aniqlash amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagog o‘z intellektual va kasbiy salohiyatini ishga soladi. * maqsadlarni qo‘yish bosqichi. Unda ijtimoiy ish tashkilotchilari va mutaxassislar faoliyatining maqsad va mo‘ljallari ta’riflanadi. Maqsadga qarab unga erishish yo‘llari va vositalari, qo‘shimcha axborot manbalari belgilanadi. * axborotga ishlov berish bosqichi. Unda axborot yig‘ish va tizimlashtirish, uni tahlil qilish va umumlashtirish amalga oshiriladi. * tashkiliy bosqich. Unda belgilangan ijtimoiy ta’sir choralarini belgilangan muddat ichida bajarish amalga oshiriladi. *nazorat-tahlil bosqichi. Unda mutaxassislar faoliyatining yakunlari tahlil qilinadi , ijtimoiy faoliyat vazifalarini ijobiy hal qilishga ko‘maklashuvchi omillar aniqlanadi va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari belgilanadi. Pedagogning professional lug‘atida “metod” va “metodika” tushunchalari yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Metod - muayyan maqsadga erishish yo‘li, harakat usuli. Metodika - odatdagi vazifalarni yechish imkoniyatini beruvchi metodlar majmui. “Texnologiya” va “metodika” tushunchalarining nisbatini aniqlash zarur. Maqsadni ko‘rsatish texnologiya uchun ham, metodika uchun ham muhimdir. Ammo ijtimoiy-pedagogik faoliyatda maqsadni aniq belgilash imkoniyati ko‘pincha mavjud bo‘lmaydi, ish jarayonida ko‘plab aniqliklar kiritish talab etiladi va ular dastlabki g‘oyaning o‘zgarishiga olib keladi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagog o‘z intuitsiyasiga tayanish huquqiga egaki , texnologik yondashuv doirasida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Texnologiya o‘zining universalligi bilan ajralib turadi. Lozim darajada tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar yetakchi texnologiyalarni o‘zlashtira oladilar. Oilada ijtimoiy pedagog o‘z ishini bolani o‘rganishdan boshlaydi. Quyida turli xildagi oilalar bilan ish olib boruvchi ijtimoiy pedagog faoliyati bilan qiziqib ko‘rsak: Notinch oila; bunday oilada bola turli qarama qarshiliklar, janjallar qurshovida bo‘ladi, ota - onasi ichuvchi va norkaman, kasalvand, hozirgi zamon sharoitida bunga yana ishsizlik qo‘shiladi. Ota – onasi yo‘q, bola buvisinikida yoki qarindosh urug‘inikida tarbiyalanadi.Yoki ota —onasi undan voz kechgan. Xuddi shunday oilalardagi bolalar tarbiyasida, xulqida ko‘plab nuqsonlarni kuzatish mumkin. Ijtimoiy pedagog oilaga zarur, chunki zamonaviy maktab, o‘quvchilarni o‘qishi, bilim olishi bilan band. 2/3 qism ota - onalar esa bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ijtimoiy pedagog oiladagi xolatni o‘rganishda uni qanaqa oila bilan ish olib borayotganligini e’tiborga olishi lozim. 1.U shahar yoki qishloq oilasimi. 2.Ommaviy yoki zamonaviy oilami. 3. Ko‘p bolali va to‘liqsiz oilami. 4. Harbiy xizmatchilar oilasimi. 5. Balog‘atga yetmagan yosh ona oilasimi. 6. Milliy va xokozo. Hozirgi zamon sharoitida oilada bolani har tomonlama tarbiyalash uchun , uni iqtisodiy ta’minlash, ushbu faoliyatga keksalar e’tiborini jalb etish, oilaviy muhitni yaratish kerakki bunda bola tarbiyasi uchun hamma shart - sharoit yaratilgan bo‘lsin. Ijtimoiy pedagog turli oilaviy muammolarga duch kelishi mumkin. Bular: Bemor va nogiron bolalar; Keksa nafaqaxo‘r va nogiron ota - onalar; Ichuvchi va giyoxvandlar; Daydi bolalar; Ajralishgan ota - onalarning bolalari; Albatta ijtimoiy pedagogning birinchi navbatdagi vazifasi oilani inqiroz vaziyatidan olib chiqish. Inqirozni oldini olish va barham topishiga ko‘maklashish. Oilaviy inqirozni oldini olishga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, imtiyozlar va ijtimoiy yordam kiradi. Ijtimoiy pedagog pedagogik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy tibbiy va psixologik vazifalarni ham ijobiy hal qilishga to‘g‘ri keladi. Asosiy maqsad oilaning ichki kuchi va salohiyatini, inqirozni bartaraf qilishga safarbar etish. Buning uchun birinchidan muammolarni taxlil qilish kerak. Ikkinchidan mutaxasislar bilan maslaxat olib borish kerak. Uchinchidan inqirozdan chiqish yo‘llarini aniqlash kerak. Ijtimoiy pedagogning oilaga beradigan yordami nimalardan iborat? Oilaga turli nafaqa va ijtimoiy imtiyozlar berish tartib qoidalari haqida maslahat berish, oila daromadini ko‘payishiga yordam berish, yolg‘iz onaga yordam berish. Ijtimoiy pedagog yordamida muhtoj oilalarga yakkama - yakka yoki guruh bo‘lib mashg‘ulotlar o‘tkazish. Ijtimoiy pedagogning ish uslublari: birinchi navbatda ijtimoiy pedagog o‘z ishini oilani o‘rganishdan boshlaydi. Oilaviy muloqat, sharoit, oila a’zolarining o‘zaro bir - biriga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy pedagogga bolaning oilada tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘lishiga yordam beradi. Oilani o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, u oilada yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga kirishadi. Buning uchun u oilani turli klublarga, salomatlik guruhlariga, mahallada o‘tkaziladigan turli tadbirlarga jalb etish orqali erishish mumkin. Muvofaqqiyatga erishishning birinchi metodi ishontirish metodi. Ushbu metod yaxshi samara berishi uchun tarbiyalanuvchi o‘zi qiyin vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topishga yordam berish. Amaliyotda shunday narsa qo‘llanadiki ijtimoiy pedagog, oila haritasini tuzadi. Bunda oila a’zolarining har biriga harakteristika beriladi. Tug‘ilgan kunlari, oilaning esda qolar kunlari yoziladi. Oila maqomi, yashash sharoiti, qo‘shnichilik, diniy va miliy mansubligi. Haritaga qo‘shimcha qilib oilada bola tarbiyasini o‘rganishni ham kiritish mumkin. Qanday va qancha vaqt ota - onalar bolalar bilan vaqtini o‘tkazadi, ularning umumiy manfatlari bormi, ularni muloqat shakllari, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazadilarmi, ularning qiziqishlari mexmonga, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarga birga boradilarmi? Ota - onalarning bolalar haqida nimalarni bilishi muhim rol o‘ynaydi? Bola nimaga qiziqadi , nima o‘qiydi, orzusi nima, kim bilan do‘st, sinfdagi boshqa bolalar bilan munosabati, maktab miqyosidagi munosabati, yaxshi ko‘rgan o‘qituvchisi, fani, bolaning salomatligi va uning muammolari. Ijtimoiy pedagogning asosiy ishlaridan biri nogiron bolaga ega bo‘lgan oila bilan olib boradigan ishi hisoblanadi. Amerikalik olimlarning takidlashicha u yoki bu nuqsonga ega bo‘lgan bolalar hozirda, har 7 oilaning birida uchraydi. Bunday oilalarda ota - onalarning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘rganish kerak. O‘z bolasining nuqsonini ota - ona qanday qabul qilyapti?. Bu yerda ijtimoiy pedagogning ziyrakligi muhim rol o‘ynaydi. Oila katta qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Agarda shu ijtimoiy, iqtisodiy qiyinchiliklarga bemor bola muammosi qo‘shilsa, qanday vaziyat vujudga kelishini tassavur qilib ko‘ring. Ko‘proq bunday oilalarda ona ishlay olmaydi. Bu fojeaga olib keladi. Ota yoki ona o‘z joniga qasd qilishi mumkin yoki ichkilikbozlikka berilib ketishi mumkin. Bulardan tashqari ijtimoiy pedagog ota - onalarni ham diqqatini jalb etishi ham darkor. Ularning shu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llari, bola xatti harakatidagi ijobiy tomonlarini topib o‘shalarga ko‘proq ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog ota - onalarga, bemor bolalarga qarash parvarishlash, tarbiyalash, o‘qitish uchun sharoit yaratish yo‘llarini ko‘rsatish kerak. Ota - onalar o‘z navbatida xuddi shunday o‘zlariga o‘xshagan oilalar bilan hamkorlikda va aloqada ish olib borishi maqsadga mofiq bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog ish foliyatida aqliy rivojlanishdan orqada qolgan farzandi bor oilaga ham duch kelishi mumkin. Oligrofen pedagogika pedagogika fanining kichik bir soxasini tashkil etadi. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy pedagogikaning ish soxasi bilan ham shug‘ullanadi. Mutaxassis sifatida uning assosini va mazmunini yaxshi bilishi , ongli tushinishi va kerakli bo‘lgan paytda shu soxa bo‘yicha amaliy yordam berishga tayyor turishi talab etiladi. Nogiron bolalari bor oilalar. Ijtimoiy pedagog shunday oilalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng, ularga yordam berish rejalarini tuzadi va shu bolalar faoliyati nazoratini o‘rnatadi.Har bir bola uchun reabilitatsiya (tiklash) yani qayta tiklash rejasini tuzadi va amalga oshirishga kirishadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling