Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi fanidan
Bajarilgan kurs ishining yakuniy natijalari
Download 0,51 Mb. Pdf ko'rish
|
Bajarilgan kurs ishining yakuniy natijalari Mavzuning dolzarbligi Ishning talaba tomonidan mustaqil bajarilishi Amaliy jihatdan olingan natija Foydalanil- gan adabiyotlar Rasmiy- lashtirish Kurs ishi himoyasi Jami % 6 16 8 5 5 10 50 100 Mavzu: Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o`ziga xosligi. REJA: KIRISH ASOSIY QISM I BOB. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish texnologiyasi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni va uning funkciyalari. Shaxs bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish metodikasi va texnologiyasi. II BOB. Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining mazmuni. 2.1. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish mazmuni va iqtidorli talabalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o`rni. 2.2. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o`ziga xosligi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o`sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa, ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir. Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Kurs ishining maqsadi: Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o`ziga xosligi va xususiyatlarini o’rganish. Kurs ishining vazifasi: - mavzuni rejalar asosida yoritib berish. - ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarini o’rganish. - ta’lim muassasasida ijtimoiy texnologiyalarni o`rganish. - ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning o’rni haqida. - ta’lim muassasasida ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o’ziga xosligi to’g’risida. - barcha ma’lumotlar, fikr-mulohazalar va natijalarni umumlashtirish, - xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining obekti: Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagog faoliyatini o’rganish jarayonlari. Kurs ishining predmeti: Ta’lim muassasasi ijtimoiy pedagogining ish texnologiyasi, mazmuni, funkciyalari, metodlari. Kurs ishining metodologik asosi: Ta’lim-tarbiya masalalari buyuk allomalarimizni ham qiziqishlari, qator fikr mulohazalariga sabab bo’lib kelgan. Xususan, Abu Ali ibn Sino “Tadbir ul-manozil”asarida quyidagicha to’xtalib o’tgan-“Oilada farzand ta’lim-tarbiyasining to’g’ri yo’lga qo’yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish” deb hisoblaydi. Vatandoshlarimiz Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy Abu Rayhon Beruniylar aqliy madaniyatni shakllantirish borasida qator g’oya va qarashlari. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun.2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi” – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF-60-son. I.A.Karimovning “Ma’naviy yuksalish yo’lida”asari.SH.M.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” , “Tanqidiy tahlil” asarlari , o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlariga oid pedagogik-psixologik manbalar . Kurs ishining metodlari: kuzatish, faoliyat mahsulini tahlil qilish Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish, 2 bob, 4 bo`lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling