Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi fanidan
I.BOB. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish texnologiyasi
Download 0,51 Mb. Pdf ko'rish
|
I.BOB. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish texnologiyasi
Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni va uning fanksiyalari. O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashivuda ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq. Vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalarga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi. Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi: -ishontirish; -talab qilish; -hikoya; -suhbat va bahs; -jazolash va maqtash; Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. “Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar-o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi. 80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda SH.A.Amonashvili (ijtimoiyshaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga yerishish kafolatlangan ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari: *bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish, sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash, * nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k. *qo`shimcha ta'limmuassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi. Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga , muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiypedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir: 1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. 2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi. 3.Tabiatga mos yondoshuv 4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv. Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar , yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi. Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda. Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni qo’yishi kerak edi: 1.Ta’lim to’g’risidagi qonunni bajarish lozim edi, biroq ta’lim bolalar va o’smirlar manfaati asosida tashkil qilinmoqda. 2.Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish. 3.Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish. 4.Maktab ishini, bolalar faolligini oshirish , turli bolalar klublari tuzishga asoslash. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda: Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari , guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o’rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida shug’ullanishadi. Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi. Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi. Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi. Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabning maktabgachatarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta e’tibor qaratadi. Ota-onalar qo’mitasi ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol munosabatda bo’lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi. Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola o’qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shug’ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos , shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. Ko’pgina g’arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar maktab kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli yordam beradi. ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, o’z tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar tashkil qiladi. ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borishini tartibgs soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit to’g’risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga yordam ko’rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning barcha imtiyozlaridan foydalanishlari , bolalarning reabilitatsion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. Ijtimoiy,yordamga muhtoj bolalarga e’tibor berishadi, tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatida to’garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan indevidual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi. Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi. Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. ijtimoiy pedagog bu hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim. Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham o’smirlar ham tarbiyachilar uchun qiyin davrdir. O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida o’zgarishlar ro’y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan guruhni tanlaydi. Bu sport , texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi mumkin. Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri o’zgaradi. O’zpirinda kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi. Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi. Ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham xosdir. Shunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni ajratsak bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri baholay olmaslik, katta bo’lishga intilish. O’spirin yetarlicha voyaga yetgan shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. Shaxs hali o’zini katta deb hisoblashi uchun yetarli rivojlanmagan , biroq shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norma va qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan. O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdi. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat deganda ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy- pedagogik muhofaza qilish vazifalarini yechishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Hozirgi davr sharoitlarida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoiy pedagog olib boruvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bular: moddiy yordam ko‘rsatish (nafaqalar va imtiyozlar, kundalik hayotda yordam); ijtimoiy ishni tashkillashtirish (xodimlarni tanlash); insonga ta’sir ko‘rsatish. Insonga ta’sir ko‘rsatish - bu pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, mazkur ish bilan ijtimoiy xodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanadi. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, oilaviy tarbiya, bola shaxsiyati nimaligini, qanday muloqot usullari mavjudligini , tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning xususiyatlarini bilishi lozim. Ijtimoiy pedagog ishining maktab pedagogi yoki sinf rahbari ishidan farqi nimada? Pedagog ko‘pincha sinf yoki guruh bilan ishlaydi, uning ish metodlari asosan jamoa bilan ishlashni nazarda tutadi. Ijtimoiy pedagog ayrim shaxs, ayrim bola bilan, kichik guruh bilan, muayyan oila bilan ishlaydi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi - bolani, o‘smirni ijtimoiy himoya qilish , unga ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko‘rsatish, uning ta’lim olish, uni reabilitatsiya qilish yoki jamiyatga moslashuv jarayonini tashkillashtirish. Bu vazifalarni hal qilish uchun ijtimoiy pedagog bolani, uning holatini o‘rganadi, uni yanada rivojlantirish yo‘llarini rejalashtiradi. Ijtimoiy-pedagogik muhofaza - ayrim tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va axloqiy-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi omillar va vositalar tizimi, uning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, uning ma’naviy va jismoniy kuchlari erkin rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish. Ijtimoiy muammolar - inson maqsad va natija o‘rtasidagi nomuvofiqlik sifatida tushunuvchi ziddiyat. O‘suvchi organizm sifatidagi har qanday bola ijtimoiy hayotda muammoli vaziyatlarga duch keladi. Rivojlanishning har bir bosqichida bola va uni qurshagan muhit ijtimoiy vazifalarning yangi darajasi va o‘z imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarni aniqlaydi. Agar me’yorlar o‘z vaqtida o‘zgartirilmasa, tegishli sharoitlar yaratilmasa, hayot uchun muhim vazifalarni mustaqil yechish yo‘lida turli xil muammolar yuzaga keladi. Mushkul vaziyatda bolani qo‘llab-quvvatlash oson ish emas. Pedagog bolaga yordam berishga qodir bo‘lgan mutaxassislar , ijtimoiy himoya xizmatlari bilan bog‘lanadi. Buning uchun u professional tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim va tarbiya ishini olib borish uchun yetarli malakaga ega bo‘lishi lozim. Bu pedagogik mahorat deb ataladi. Har bir o‘qituvchi shaxsdir. Bola shaxsini shakllantirish haqida gapirganda, pedagog haqida unutmaslik kerak, chunki u tarbiyalanuvchiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Pedagog kasbi o‘ta individualdir. Har bir pedagogning bosh vazifasi - o‘z ishining ustasi bo‘lish. Pedagogik mahorat o‘z kasbi sohasida individuallikni yorqin ifoda etish sifatida tushuniladi. Pedagogik mahorat unsurlari kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan belgilanadi. Ko‘nikmalarning quyidagi guruhlari farqlanadi: 1. Loyihalash ko‘nikmalari. 2. Konstruktiv ko‘nikmalar. 3. Tashkilotchilik ko‘nikmalari. 4. Kommunikativ ko‘nikmalar. 5. Gnostik ko‘nikmalar. Pedagogik mahorat zamirida pedagogik kompetentlik yotadi. Pedagogik kompetentlik deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar, standartlar va talablarga muvofiq pedagogik funksiyalarni bajarishga tayyorlik va qodirlikni belgilovchi professional-shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Professional - pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok etish va unga izchil ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Professional kompetentlik o‘z faoliyat sohasida erkin mo‘ljal olishni nazarda tutadi. Insonning kasbiy layoqati - muayyan ish funksiyalarini o‘zlashtirish va muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar, jismoniy, ruhiy va axloqiy fazilatlarning zaruriy majmui. Pedagogik faoliyatga loyiqlikni tavsiflovchi shaxsiy fazilatlar qatoriga yoshlar bilan ishlashga moyillik, kirishimlilik (boshqa odamlar bilan til topa olish), sipolik, kuzatuvchanlik , zehni o‘tkirlik, tashkilotchilik qobiliyatlari, o‘ziga o‘ta talabchanlik kiradi. Bu fazilatlarning barchasini aniqlash va sinovdan o‘tkazish mumkin. Pedagog o‘z kasbiy bilimlari va mahoratini oshirishi uchun pedagogik faoliyatning tarkibiy tuzilishini aniq tasavvur qilishi lozim. Ijtimoiy pedagogga zarur bo‘lgan kasbiy bilimlar: pedagogika va psixologiya, bola rivojlanishi fiziologiyasi, tarbiyaviy ish metodikasi. Ushbu bilimlar bolani o‘rganish, uning qilmishlari va xulq-atvorini, o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini, boshqa bolalar guruhiga moslashuv yo‘llarini tahlil qilish uchun zarur. Ijtimoiy pedagog bolalar faoliyati va hamkorligini tashkillashtira olishi lozim. Pedagogik texnologiya tushunchasi mavjud bo‘lib, ijtimoiy pedagog uni ham yaxshi bilishi zarur. Bu tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni anglatadi. Pedagogik texnika va shakllangan ko‘nikmalar ijtimoiy pedagogni kasbiy mahorat cho‘qqilariga olib keladi. Bu tarbiyalanuvchini tushuna bilish , qilmishga, insonga o‘z munosabatini bildira olish, ayni vaqtda o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tahlil qilish qobiliyatini anglatadi. Pedagog har bir bola bilan til topa olishi lozim. U pedagogning har bir so‘zi bola hayotida ulkan rol o‘ynashini yodda tutishi kerak. Ijtimoiy pedagog nutq madaniyati va texnikasiga e’tibor berishi lozim. Nutq madaniyati o‘z fikrini aniq, lo‘nda va o‘rinli bayon etish ko‘nikmasi bilan belgilanadi. Nutq texnikasi nafas olish, ovoz va diksiya usullari bilan belgilanadi. Bularning barchasini uzoq mashq qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish mumkin. Ijtimoiy pedagog teatr pedagogikasi unsurlarini ham o‘zlashtirishi muhimdir. Zero pedagog ishi rejissyor ishi , aktyor ijodiga yaqin turadi. Ijtimoiy pedagog tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, tez qaror qabul qilishi va ishni tez tashkillashtira olishi lozim.Hozirgi jamiyatda ijtimoiy pedagog ishi quyidagilar uchun zarur: • maktabda, tarbiyasi og‘ir bolalar bilash ishlash uchun; • maktab-internatlar, bolalar uylarida; • bolalar sanatoriyalari, sog‘lomlashtirish markazlarida ; • ijtimoiy-psixologik yordam markazlarida; • dam olish markazlari, yoshlar klublarida; • yozgi mehnat va dam olish oromgohlarida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling