Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishi fanidan


I.BOB. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish texnologiyasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158306
1   2   3   4   5   6   7   8
I.BOB. Ta`lim muassasida ijtimoiy pedagog ishni tashkil etish texnologiyasi 
Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni va uning fanksiyalari. 
O’z kasbining xususiyatlarini o’rganib chiqqan ijtimoiy pedagog oldida bu 
bilimlarni bolalar ijtimoiylashivuda ularni deviant xulq-atvorini oldini olishda 
ularga yordam berish jarayonida amaliy tadbiq etish muammosi ko’riladi. Bu 
muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va 
texnologiyalarini bilish zarur. Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab 
olish lozim. Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- 
bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy 
tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq 
faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haqida gapirish hali 
erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o’z 
amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan 
metodlardan foydalanadi. 
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari 
qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan 
xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan 
to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga 
oshiriladi. 
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik 
vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.
Vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va 
metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. 
Vositalar-ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun 
qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. 
Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina 
biror-bir pedagogik maqsad masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening 
va boshqalarga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.


Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika 
metodlariga mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish; 
-talab qilish; 
-hikoya; 
-suhbat va bahs; 
-jazolash va maqtash; 
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik 
faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi 
hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik 
texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. 
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ 
ijtimoiy 
texnologiya” 
tushunchalaridan 
kelib 
chiqqan. 
Pedagogik-texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik 
fanlar-o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik 
vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi. 
80-yillar 
o’rtalarida 
pedagogik 
amaliyotda 
SH.A.Amonashvili 
(ijtimoiyshaxsiy 
texnologiya), 
V.P.Bespalko 
(dasturlashtirilgan 
ta’lim 
texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik 
texnologiyalari, 
V.A.Karakovskiy, 
N.E.Selivanova, 
N.I.Hurkova 
va 
boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik 
texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga 
kiritildi. 
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik 
zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini 
rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik 
yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga yerishish kafolatlangan ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. 
Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy 
qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi. 


Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash 
institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim 
ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari: 
*bolalarning 
o`z-o`zini 
rivojlantirishga 
sharoitlar 
yaratish,
sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
* nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k. 
*qo`shimcha ta'limmuassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi 
shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil 
etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, 
konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish).
Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim 
berish,ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi. 
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning 
dolzarb 
muammolarini tushunishga
, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga 
o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda 
ijtimoiypedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga 
muvofiqdir: 
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. 
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi. 
3.Tabiatga mos yondoshuv 
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv. 
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va 
muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan 
foydalanish mumkin 
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning 
asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik himoyalash sog`ligini 
himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq 
joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, 
nogironlar
, yosh 


oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini 
topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, 
mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. 
Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy 
muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab 
etadi. 
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish 
maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq 
qiladi. Bu faoliyat o’quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim olishlariga 
bog’liq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini bir bobda 
ochib berishning iloji yo’q shuning uchun biz eng muhim vaziyatlarini ochib 
berishga harakat qilamiz. respublikamizda maktab o’quvchilari bilan ijtimoiy 
pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. u qisman moziy tajribasi, qisman 
zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib 
bormoqda. So’nggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo bo’lib, ularda maktab 
nafat ta’lim-tarbiya masalalarini balki o’quvchining boshqa bir qator ijtimoiy 
muammolarini ham yechmoqda. 
Davlatimizdagi o’zgarishlar mavjud ta’lim tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. 
CHunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi 
mumkin emas. Umumta’lim maktabi o’zining o’quv, tarbiya va ijtimoiy 
funksiyalarini ko’rib chiqib birinchi o’ringa quyidagi ijtimoiy funksiyalarni 
qo’yishi kerak edi: 
1.Ta’lim to’g’risidagi qonunni bajarish lozim edi, biroq ta’lim bolalar va o’smirlar 
manfaati asosida tashkil qilinmoqda. 
2.Maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish. 
3.Maktab faoliyatini qayta yo’naltirish. 
4.Maktab ishini, 
bolalar faolligini oshirish
, turli bolalar klublari tuzishga asoslash. 
Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning ta’lim-tarbiya olishga bo’lgan 
huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida 
bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda: Maktab 


ma’muriyati, 
sinf rahbarlari
, guruh tarbiyachilari, kam ta’minlangan oilalar 
farzandalriga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf 
rahbarlarning bolaning oiladagi holatini o’rganishadi. qiyin bolalar bilan alohida 
shug’ullanishadi. 
Maktabda psixologlar bola qobiliyatlari va qiziqishlarini o’rganishadi. 
Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va 
yordam berishadi. Maktabda mavjud bo’lgan sog’liqni saqlash xizmati maktab 
o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, 
kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat 
qilishadi. Maktabda 
ijtimoiy ishga maktab 
direktori yordamchilaridan biri 
rahbarlik qiladi. Tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari maktabning 
maktabgachatarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta 
e’tibor qaratadi.
Ota-onalar qo’mitasi ham o’z o’rnida tarbiyasi og’ir bilan ishlashga yordam 
beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u 
maktab bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. 
Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib 
turadi. Ota-onalar va o’quvchilarning o’zaro munosabtlarining yaxshilanishiga 
yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qo’pol 
munosabatda bo’lgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi.
Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi 
sabablarini surishtiradi, bola o’qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va 
kasalxonada alohida shug’ullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni 
xal qilish 
uchun huquqshunos
, shifokor, militsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. 
Ko’pgina g’arbiy yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli 
xodimi hisoblanadi. U ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar 
maktab kursini uzlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Bu bolalar 
maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishadi. Odatda bu bolalar 
voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya ro’yxatida turishadi. Ba’zan 
bolalar va ularning atrofidagilar bilan munosabatlarini oydinlashtirish yetarli 


yordam beradi. ijtimoiy pedagog o’quvchining maktabdan tashqari vaqtini 
tashkillashtirib, o’z tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik 
qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, har xil mehnat, turistik bo’linmalar 
tashkil qiladi. ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi og’ir bolalar bilan 
ish olib borishini tartibgs soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda 
sinfdagi psixologik muhit to’g’risida axborot beradi. Aynan shu holat maktabda 
ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega ijtimoiy 
pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi kerak. U ularni 
boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko’nikishlariga yordam 
ko’rsatadi. ijtimoiy pedagog dasr soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan 
bolalarni aniqlaydi, ularning o’qish masalasini hal qiladi. U ko’p bolali oilalarning 
barcha 
imtiyozlaridan foydalanishlari
, bolalarning reabilitatsion markazlarga 
qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari va sinf rahbarlari 
tumandagi oila va o’quvchilarni o’rganib chiqishadi. Ijtimoiy,yordamga muhtoj 
bolalarga e’tibor berishadi, tarbiyasi og’ir bolalarni tarbiyalashda oilalarga 
yordam berishadi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatida 
to’garak, seksiya, klublarni tashkil qilish, o’tituvchining o’quvchilar bilan 
indevidual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya o’tkazish, alohida 
pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi. 
Alohida fanlardan dars beruvchi o’qituvchilar bolalarning qiziqishlarini 
o’rganib chiqib, ularni turli to’garak va seksiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli 
tadbirlar o’tkazishadi. Bu tadbirlarni o’tkazishda ota-onalar va sobiq o’quvchilar 
yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi. 
Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar 
submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. ijtimoiy pedagog bu 
hodisalarning funksiyalarini bilishi, ularning o’quvchilarning shaxsiy hislatlari va 
ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o’rinlarini ko’ra olishi lozim. 
Maktab ijtimoiy pedagogikasining asosiy muammosi tarbiyasi og’ir o’spirinlar 
hisoblanadi. 12-16 yoshli o’g’il-qizlar o’spirin hisoblanishadi. Bu davr shaxs 
shakllanishi jarayonida nihoyatda katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga ham 


o’smirlar 
ham 
tarbiyachilar 
uchun 
qiyin 
davrdir. 
O’spirinlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o’zgaradi, 
ruhiyatining qayta qurilishi ro’y beradi. Tengqurlari bilan muomala qilishning 
yangi shakllari paydo bo’ladi. Jamoada o’spirinning ijtimoiy maqomida 
o’zgarishlar ro’y beradi,ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi 
Bu yoshda o’spirinning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir 
bo’ladi. O’spirinning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda u 
rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band bo’ladi va oxir 
oqibat o’zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo’linadigan 
guruhni tanlaydi. 
Bu sport
, texnika to’garagi bo’lishi mumkin. SHu bilan birga bu 
guruh o’smirlar yig’ilishib, ichib-chekib o’tirishadigan yerto’la ham bo’lishi 
mumkin.
Bu yoshda o’spirinlarning kattalar xususan ota-onalar bilan muammolari 
paydo bo’ladi. Ota-ona o’z farzandiga yosh bolaga bo’lganday qarashadi, bola esa 
bu g’amxo’rlikdan chiqib ketmoqchi bo’ladi. SHuning uchun uning kattalar bilan 
munosabatida ko’p nizolar kelib chiqadi, bolada kattalar fikrlariga tanqid bilan 
qarash kuchayadi. Kattalar bilan munosabatlar xarakteri ham o’zgaradi: 
bo’ysunish pozitsiyasidan bola tenglik pozitsiyasiga o’tmoqchi bo’ladi. Bir 
vaqtning o’zida tengdoshlar bilan ham o’zaro munosabatlarning xarakteri 
o’zgaradi. O’zpirinda kattalik xissi tug’iladi va xissiyot mustaqil bo’lishga 
intilish, kattalarning xohish istaklariga qarshi chiqishda namoyon bo’ladi.
Kichkina bolaga qaraganda o’spirinning qiziqishlari ham ancha o’zgaradi. Ijodiy 
faoliyatga intilish bilan bir qatorda o’spiringa qiziqishlarning beqarorligi ham 
xosdir. 
Shunday qilib o’spirinlik yoshining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarni ajratsak 
bo’ladi: emotsional voyaga yetmaganlik, o’z xulq-atvorini to’liq nazorat qila 
olmaslik, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyat va xohishlarini to’g’ri 
baholay olmaslik, katta bo’lishga intilish. O’spirin yetarlicha voyaga yetgan 
shaxs emas. U insonning eng muhim xislatlari va jihatlari shakllanishi bosqichida 
bo’lgan shaxsdir. Bu bosqich bolalik va kattalik o’rtasidagi davrdir. Shaxs hali 


o’zini katta deb hisoblashi 
uchun yetarli rivojlanmagan
, biroq shu bilan birga 
atrofdagilar bilan munosabatga kirishishi va o’z harakatlarida ijtimoiy norma va 
qoidalar talablariga amal qilishi uchun yetarli rivojlangan.
O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun 
axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. Shuni ta’kidlash joizki, 
o’spirin o’z xatti-harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdi. 
Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga 
olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va 
o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul 
qilsak bo’ladi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat deganda ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy-
pedagogik muhofaza qilish vazifalarini yechishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Hozirgi davr sharoitlarida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoiy pedagog olib 
boruvchi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bular: moddiy yordam 
ko‘rsatish (nafaqalar va imtiyozlar, kundalik hayotda yordam); ijtimoiy ishni 
tashkillashtirish (xodimlarni tanlash); insonga ta’sir ko‘rsatish. Insonga ta’sir 
ko‘rsatish - bu pedagogik va psixologik ta’sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, mazkur 
ish bilan ijtimoiy xodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanadi. Ijtimoiy pedagog 
ijtimoiy tarbiya, oilaviy tarbiya, bola shaxsiyati nimaligini, qanday 
muloqot 
usullari mavjudligini
, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashning xususiyatlarini 
bilishi lozim. Ijtimoiy pedagog ishining maktab pedagogi yoki sinf rahbari ishidan 
farqi nimada? Pedagog ko‘pincha sinf yoki guruh bilan ishlaydi, uning ish 
metodlari asosan jamoa bilan ishlashni nazarda tutadi. Ijtimoiy pedagog ayrim 
shaxs, ayrim bola bilan, kichik guruh bilan, muayyan oila bilan ishlaydi.
Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi - bolani, o‘smirni 
ijtimoiy himoya qilish

unga ijtimoiy yoki tibbiy yordam ko‘rsatish, uning ta’lim olish, uni reabilitatsiya 
qilish yoki jamiyatga moslashuv jarayonini tashkillashtirish. Bu vazifalarni hal 
qilish uchun ijtimoiy pedagog bolani, uning holatini o‘rganadi, uni yanada 
rivojlantirish yo‘llarini rejalashtiradi. 
Ijtimoiy-pedagogik muhofaza - ayrim tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va 
axloqiy-psixologik xavfsizligini ta’minlovchi omillar va vositalar tizimi, uning 


manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, uning ma’naviy va jismoniy kuchlari 
erkin rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy muammolar - inson maqsad va natija o‘rtasidagi nomuvofiqlik sifatida 
tushunuvchi ziddiyat. O‘suvchi organizm sifatidagi har qanday bola ijtimoiy 
hayotda muammoli vaziyatlarga duch keladi. Rivojlanishning har bir bosqichida 
bola va uni qurshagan muhit ijtimoiy vazifalarning yangi darajasi va o‘z 
imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarni aniqlaydi. Agar me’yorlar o‘z vaqtida 
o‘zgartirilmasa, tegishli sharoitlar yaratilmasa, hayot uchun muhim vazifalarni 
mustaqil yechish yo‘lida turli xil muammolar yuzaga keladi. 
Mushkul vaziyatda bolani qo‘llab-quvvatlash oson ish emas. Pedagog bolaga 
yordam berishga qodir bo‘lgan 
mutaxassislar
, ijtimoiy himoya xizmatlari bilan 
bog‘lanadi. Buning uchun u professional tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim va tarbiya 
ishini olib borish uchun yetarli malakaga ega bo‘lishi lozim. Bu pedagogik 
mahorat deb ataladi. Har bir o‘qituvchi shaxsdir. Bola shaxsini shakllantirish 
haqida gapirganda, pedagog haqida unutmaslik kerak, chunki u tarbiyalanuvchiga 
juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Pedagog kasbi o‘ta individualdir. Har bir pedagogning bosh vazifasi - o‘z 
ishining ustasi bo‘lish. Pedagogik mahorat o‘z kasbi sohasida individuallikni 
yorqin ifoda etish sifatida tushuniladi. Pedagogik mahorat unsurlari kasbiy 
vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan belgilanadi.
Ko‘nikmalarning quyidagi guruhlari farqlanadi: 
1. Loyihalash ko‘nikmalari. 
2. Konstruktiv ko‘nikmalar. 
3. Tashkilotchilik ko‘nikmalari. 
4. Kommunikativ ko‘nikmalar. 
5. Gnostik ko‘nikmalar. 
Pedagogik mahorat zamirida pedagogik kompetentlik yotadi. Pedagogik 
kompetentlik deganda konkret tarixiy davrda qabul qilingan me’yorlar, 
standartlar va talablarga muvofiq pedagogik funksiyalarni bajarishga tayyorlik va 
qodirlikni 
belgilovchi 
professional-shaxsiy 
xususiyatlar 
tushuniladi.


Professional - pedagogik kompetentlik pedagogik voqelikni izchil idrok etish va 
unga izchil ta’sir ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Professional 
kompetentlik o‘z faoliyat sohasida erkin mo‘ljal olishni nazarda tutadi. 
Insonning kasbiy layoqati - muayyan ish funksiyalarini o‘zlashtirish va 
muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar, 
jismoniy, ruhiy va axloqiy fazilatlarning zaruriy majmui. Pedagogik faoliyatga 
loyiqlikni tavsiflovchi shaxsiy fazilatlar qatoriga yoshlar bilan ishlashga moyillik, 
kirishimlilik (boshqa odamlar bilan til topa olish), sipolik, 
kuzatuvchanlik
, zehni 
o‘tkirlik, tashkilotchilik qobiliyatlari, o‘ziga o‘ta talabchanlik kiradi. Bu 
fazilatlarning barchasini aniqlash va sinovdan o‘tkazish mumkin. Pedagog o‘z 
kasbiy bilimlari va mahoratini oshirishi uchun pedagogik faoliyatning tarkibiy 
tuzilishini aniq tasavvur qilishi lozim. Ijtimoiy pedagogga zarur bo‘lgan kasbiy 
bilimlar: pedagogika va psixologiya, bola rivojlanishi fiziologiyasi, tarbiyaviy ish 
metodikasi. Ushbu bilimlar bolani o‘rganish, uning qilmishlari va xulq-atvorini, 
o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini, boshqa bolalar guruhiga moslashuv 
yo‘llarini tahlil qilish uchun zarur. Ijtimoiy pedagog bolalar faoliyati va 
hamkorligini tashkillashtira olishi lozim.
Pedagogik texnologiya tushunchasi mavjud bo‘lib, ijtimoiy pedagog uni ham 
yaxshi bilishi zarur. Bu tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatish usullari va 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni anglatadi. Pedagogik texnika va shakllangan 
ko‘nikmalar ijtimoiy pedagogni kasbiy mahorat cho‘qqilariga olib keladi. Bu 
tarbiyalanuvchini 
tushuna bilish
, qilmishga, insonga o‘z munosabatini bildira 
olish, ayni vaqtda o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tahlil qilish qobiliyatini 
anglatadi. Pedagog har bir bola bilan til topa olishi lozim. U pedagogning har bir 
so‘zi bola hayotida ulkan rol o‘ynashini yodda tutishi kerak. 
Ijtimoiy pedagog nutq madaniyati va texnikasiga e’tibor berishi lozim. Nutq 
madaniyati o‘z fikrini aniq, lo‘nda va o‘rinli bayon etish ko‘nikmasi bilan 
belgilanadi. Nutq texnikasi nafas olish, ovoz va diksiya usullari bilan belgilanadi. 
Bularning barchasini uzoq mashq qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish mumkin. 


Ijtimoiy pedagog teatr pedagogikasi unsurlarini ham o‘zlashtirishi muhimdir. 
Zero 
pedagog ishi rejissyor ishi
, aktyor ijodiga yaqin turadi. Ijtimoiy pedagog 
tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, tez qaror qabul qilishi va ishni tez 
tashkillashtira olishi lozim.Hozirgi jamiyatda ijtimoiy pedagog ishi quyidagilar 
uchun zarur: 
• maktabda, tarbiyasi og‘ir bolalar bilash ishlash uchun; 
• maktab-internatlar, bolalar uylarida; 
• bolalar sanatoriyalari, sog‘lomlashtirish 
markazlarida

• ijtimoiy-psixologik yordam markazlarida; 
• dam olish markazlari, yoshlar klublarida; 
• yozgi mehnat va dam olish oromgohlarida. 



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling