Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish


Download 184.42 Kb.
bet19/22
Sana18.06.2023
Hajmi184.42 Kb.
#1565587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA TO`G`RISIDA”GI QONUNNI

46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
47-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
maqbul o‘quv yuklamasini belgilash;
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, shakllantirish va o‘rgatish;
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
kun tartibiga rioya etish;
sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish;
jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoki tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash organlari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy ko‘rigini, ularning sog‘lig‘i holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiy xodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling