Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 184.42 Kb.
bet21/22
Sana18.06.2023
Hajmi184.42 Kb.
#1565587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA TO`G`RISIDA”GI QONUNNI

51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir.
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
10-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini quyidagilar amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari).
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonunchilikka muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.
53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash.

Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling