Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi


Download 184.42 Kb.
bet20/22
Sana18.06.2023
Hajmi184.42 Kb.
#1565587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA`LIM VA TARBIYA TO`G`RISIDA”GI QONUNNI

9-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi
48-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi:
pedagogik kengash;
kuzatuv kengashi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tartibi uning ta’sis hujjatlarida belgilanadi.
49-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat bo‘lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya jarayoniga ilm-fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va pedagog xodimlarining hisobotlarini eshitadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
50-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, o‘z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 184.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling