Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Download 69.53 Kb.
bet3/9
Sana08.05.2023
Hajmi69.53 Kb.
#1442426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Aqliy tarbiya.
Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib o‘quvchi yoshlarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri hakidagi bilimlar tizimini ilg‘ab olishi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini parvarishlash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobiliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi. Aqliy tarbiyani shunday tashkil etish lozimki, toki o‘quvchilar aql-zakovatli, ob’ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o‘zligini tushunadigan, hayotda tutgan o‘rnini anglab yetadigan, o‘z oldida turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy qadr -qimmatni ulug‘laydigan bo‘lishsin. Inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Hadis kitoblarida har bir mo‘min-musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» degan purma’no hadisi-shariflar so‘zimiz dalilidir. Demak, islom ta’limotida ilm eng oliy maqsad – dunyoni bilish uchun zarurat deb uqtirilgan. Bilim dunyoni bilish doirasida cheklanmaydi, balki shaxs ma’naviyatini boyitishda ham bosh omil bo‘la oladi. Muhammad alayhissalom o‘z hadislarida - «Ilmga ilm olmoq yo‘li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar... Ilm egallang. Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo‘ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir» deganlar. Shuningdek, Hadisi sharifda: «Ilm olmakka intilish har bir muslim, muslima uchun qarzu farz» deyiladi.
Axloqiy tarbiya.
Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning o‘ziga, oilasiga, do‘st-birodarlariga, jamoa a’zolariga va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq, odob qonun-qoidalari majmuasidir. Ana shu xulq, odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi. Demak, axloq kishining oilaga, mehnatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimdagi va Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida ota -bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, ma’naviyatimiz durdonalari – Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi fikr-mulohazalari hali hozir ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan, o‘sha hikmatlar yoshlarimiz tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan, qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi - kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat -ehtirom – O‘zbekistan aholisiga xos fazilatlardir. Amir Temur Axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Imom Al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik-mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir»-degan edi. Demak, barkamol inson tarbiyasining yetakchi bo‘g‘inini tarkibiy qismi - axlokiy tarbiya-insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi mukammallikka erishtiruvchi vositadir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulklarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobdir. Xuddi shu ma’noda axloq kishining xulq-atvorida, e’tiqod-iymonida, yurish-turishida, kundalik turmushida, fikr-mulohazasida, mushohada va muloqotida ko‘rinadi.

Download 69.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling