Pedagogika va psixologiya yo`nalishi 109 guruh


Download 69.53 Kb.
bet5/9
Sana08.05.2023
Hajmi69.53 Kb.
#1442426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Estetik tarbiya.
Estetika lotincha «estezio – go‘zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi. Aqliy, axloqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi va vazifasi bolani tabiat va jamiyatdagi go‘zallikni idrok qilish, uni to‘g‘ri tushunish va fahmlash, qadriga yetishga, shu asnoda o‘z shaxsiy hayotining go‘zal tomonini ko‘ra bilishga, go‘zal bo‘lishi uchun kurashishga o‘rgatishdan iboratdir. Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq -atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktablarimizdagi musiqa, rasm, ashula darslari, adabiyot va boshqa fanlar estetik tarbiyaning vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha unga yo‘ldoshdir. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan tadbirlarda, turli xildagi anjumanlarda o‘z ta’sir kuchini namoyon qiluvchi, yosh avlodga go‘zallikni, nafosatni tushuntiruvchi, tarbiyalovchi vositadir. Dono xalqimiz «Oq bo‘lmasa bo‘lmasin, pok bo‘lsin», «Pokliging – sog‘liging», «Sog‘ yuray desang, ozoda bo‘l», «Sog‘ligim-boyligim», «Yaxshi libos tanga oroyish» kabi maqol va matallari bilan yoshlarimizni tabiat va jamiyat go‘zalliklarini ko‘ra bilishga, ularni qadrlashga o‘rgatib kelishgan. Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini bilish, go‘zal tomonlarini ko‘ra bilishnigina emas, balki botiniy go‘zallikni his qilishni ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‘zallikning qadriga yetishga undaydi.
Politexnik tarbiya.
Ishlab chiqarish jarayonlari qonun-qoidalari bilan tanishtiradigan, shu barobarida, yosh avlodga ishlab chiqarish qurollaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadigan ta’limga politexnik ta’lim deyiladi. «Politexnika» lotincha - ko‘p texnika (pole-ko‘p), politexnik ta’lim - «ko‘p texnikali ta’lim» degan ma’noni bildiradi. U kasbiy ta’lim, kasb o‘rgatuvchi ta’lim emas. Yoki u ko‘p texnikadan xabardor qiladigan fan ham emas. Qolaversa, politexnik ta’lim aqliy ta’lim va tarbiya bilan shu darajada bog‘langanki, ularni ajratish kitobni darrov chetga surib, tarbiyachi talabini bajarishga kirishadi. Bunda tarbiyachiga quloq solmagan bolalarni «tarbiyasiz», «quloqsiz» deyish aslo mumkin emas.

Download 69.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling