Pedagogika va psixologiyasi


Mijozning xabardorlik va ixtiyoriy kelishuvi


Download 299.48 Kb.
bet24/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

1.3.Mijozning xabardorlik va ixtiyoriy kelishuvi
-mijoz ishining maqsadi, qo’llanadigan metod va olingan ma’lumotlardan foydalanish usullaridan ogoh bo’lishi zarur. Faoliyat jarayonida mijozning unda ishtirok etish uchun bergan roziligidan so’ng boshlanadi. Agar mijoz bu jarayonda ishtirok etishga rozilik berish holatida bo’lmasa, bu qaror uning qonuniy vakillari tomonidan qabul qilinadi;
-psixolog mijozning hamma asosiy qadamlar va harakatlardan xabardor qilishi kerak;
-psixolog mijoz tomonidan roziligi olingach, maslahatni video yoki audioga yozishi mumkin. Bu telefon suhbatlariga ham taalluqli. Psixolog mijozning roziligi bilan uchinchi shaxsni maslahatning video, audio yozuvi, telefon suhbatlari bilan tanishishiga ruxsat beradi;
-psixologik tajriba va tadqiqotlarda qatnashish ixtiyoriydir. Mijoz oldindan unga tushunarli ravishda tadqiqotning maqsadi, xususiyatlari va ehtimoliy xavfi, diskomfort yoki kutilmagan oqibatlari haqida ogohlantirilishi zarur. Psixolog mijozning xavfsizligi va xotirjamligini ta’minlash uchun hamma zaruriy ehtiyot choralarini ko’rishi zarur.
1.4.Mijozning o’z mavqeini belgilashi
Mijoz boshqa psixologni masalahat uchun jalb etsa (agar zararli bo’lmasa), psixolog qarshilik qilmasligi zarur.
2.Bilimdonlik tamoyili
Psixolog o’z ishida bilimini yuqori darajada ko’rsata olishga intilishi, shuningdek, o’z bilimi va tajribasi chegarasini tan olishi lozim. Psixolog olgan bilimi va tajribasi asosida xizmat ko’rsatishi shart.
Bilimdonlik tamoyiliga quyidagilar kiradi:
2.1. Kasbiy odobdan xabardorlik
-psixolog kasbiy odob doirasidan mukammal xabardor bo’lishi zarur;
-psixolog o’z ishida odob tamoyillariga tayanishi zarur;
-psixolog boshqa kasb vakillari bilan muloqotda odob doirasidan chiqmay, sabr bilan va doim yordamga tayyor bo’lishi lozim.
2.2.Kasbiy bilimlilikning chegaralanishi
-psixolog o’z bilimliligi doirasida, olgan bilim va tajribasi asosida amaliy faoliyat olib borishga majbur;
-faqat psixolog mijoz bilan ishlashni bevosita (anketa ochish, suhbatlashish, test o’tkazish, psixoterapiya, trening va boshqalar) yoki bavosita (biografik, kuzatuv metodi, mijozning faoliyatini o’rganish) amalga oshiradi;
-psixolog mijozning mehrini, ishonchini qozonishi va o’zi bilan muloqotdan qoniqishini qo’llab-quvvatlashi uchun psixodiagnostik suhbat, kuzatish metodini qo’llashi, pedagog-psixolog sifatida ta’sir ko’rsatishi lozim;
-agarda mijoz betob bo’lsa, shifokor yoki uning yaqinlari roziligi olingach, u bilan ishlash mumkin.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling