Pedagogika va psixologiyasi


Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsid profilaktikasi dasturlarini muassasalarda quyidagicha tashkil etiladi va amalga oshiriladi


Download 299.48 Kb.
bet32/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

2.Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsid profilaktikasi dasturlarini muassasalarda quyidagicha tashkil etiladi va amalga oshiriladi:
Normativ-huquqiy bazalarning rivojlanishi:
-muassasalarning normativ-huquqiy bazalarini zamonaviy talablarga muvofiq tahlil qilish.
Kadrlar bilan ta’minlash:
-profilaktik ishlarni amalga oshirish uchun kadrlash bilan ta’minlash;
-muammolar bo’yicha kadrlarning malakasini oshirish;
-kun tartibi bo’yicha maslahatlar, kengashlar, seminarlar, texnologiyalarni takomillashtirish bilan bog’liq vazifalar, turli yosh bosqichlaridagi bolalarning rivojlanishi, oilalar bilan ishlashni tashkil qilish;
-voyaga etmaganlarga psixologik-pedagogik masalalarda madad berish bo’yicha qayta ishlab chiqish va amalga oshirish, ularda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va oila bilan o’zaro munosabat, yashash joyida bolalar va o’smirlar bilan ishlashni tashkil qilish, hayotiy og’ir vaziyatlarga tushib qolgan va imkoniyati cheklangan bolalar bilan o’zaro munosabat va boshqalar;
-xotira va uslubiy tavsiyalarga ishlov berish.
Ma’lumotlar bilan ta’minlash:
Muassasalarda yagona madaniy-ma’rifiy va profilaktik makon; narkologik xizmatlarning manzillari va telefonlari yozilgan ma’lumot taxtalarini bezash; tibbiy profilaktika markazlari; ijtimoiy-psixologik yordam berish markazlari; ishonch telefonlari; oilaviy tarbiya masalalari yoritilgan, bolalar va ota-onalarga maslahatlarni o’z ichiga olgan bosma mahsulotlari nashri, huquqiy madaniyat va sog’lom turmush tarzi asoslari shaklini tashkil qilish.
Muassasalararo o’zaro aloqalar tizimini tashkil qilish:
-ta’lim, ijtimoiy himoya, tibbiy muassasa, huquqni himoya qilish tashkilotlari, qutqarish xizmati va boshqa muassasalar bilan o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi muammolarini hal qilishda hamkorlikni amalga oshirish;
-qobiliyatli, iste’dodli, imkoniyati cheklangan, “xavf guruhi” idagi, etim bolalarni qo’llab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga yo’naltirilgan konkurslar, festivallar o’tkazish.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling