Pedagogika va psixologiyasi


Download 299.48 Kb.
bet29/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

-gospital yordamlar: suitsidal belgilari mavjud bemorlarga inqiroz holatlarida yoki autoagressiv xulq-atvorda ruhiy buzilishlar yuzaga kelganda psixiatrik kasalxonalarda maxsus statsionar yordam ko’rsatiladi.
Suitsidal xizmat bo’g’inlaridagi ba’zi ishlarni batafsil ko’rib chiqamiz:
1.Suitsidal harakatlarni to’xtatish maqsadida “Ishonch telefonlari” maslahat yordamlar uchun mo’ljallangan. Bu suitsidologik xizmat tizimining asosiy vazifalari inqiroz holatida murojaat qilgan bemorlar bilan psixoterapevtik suhbat o’tkazib, suitsidal istakni to’xtatish choralarini qo’llaydi.
“Ishonch telefoni” maxsus jihozlangan binoda tashkil qilinib, zaruriy hollarda bir nechta telefon raqamlari, alohida ovoz o’tkazmaydgan xonalarda va mijoz bilan har kuni kecha-kunduz tanaffussiz amalga oshirish ko’zda tutilgan. “Ishonch telefoni” manzili manzil ma’lumotnomalarida ko’rsatilmaydi. Bo’lim mutaxassislari faqat “Ishonch telefoni” yoki taxallus bilan o’zlarini tanitadilar, o’zlarining pasport ma’lumotlari va manzillarini ko’rsatmaydilar. Begona kishilarning bo’lim binosiga kirishi va aloqa liniyasidan shaxsiy so’zlashuvlari qat’iyan man qilinadi.
“Ishonch telefoni” faoliyatiga vrach-psixiatrlar vrach-psixoterapevtlar yoki tibbiy psixologlar, amaliy psixologlar, pedagog-psixologlar, psixologiya va tibbiyot muassasalari talabalaridan iborat, suitsidologiya doirasida va “ishonch telefoni” ishida maxsus bilimga ega volontyorlar jalb etiladi.
Abonentlarning “Ishonch telefoni”ga murojaati murojaatlar jurnaliga qayd qilinadi, unda so’zlashuvning qisqacha mazmuni, ko’rilgan choralar (maslahat, qisqacha mazmuni), zaruriy hollarda abonentning turar joyi va pasport ma’lumotlari yoziladi.
2.Ijtimoiy-psixologik yordam xonasi inqiroz va suitsid xavfli holatlarga aylangan vaziyatda ko’ngilli ravishda murojaat qilgan shaxslarga maslahat va profilaktik yordam ko’rsatadi.
Bu xonaning asosiy vazifalari:
-maslahat-diagnostik ishlar;
-murojaat qilgan fuqarolarga psixologik va ijtimoiy yordam ko’rsatish;
-aholiga psixologik va psixoprofilaktik yordam, ruhiy sog’lomlashtirish dasturida ishtirok etishi;
Ijtimoiy-psixologik yordam (xohishga ko’ra) anonim tarzda ko’rsatiladi. Bu xonada hisob hujjatlari yuritiladi.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling