Pedagogika va psixologiyasi


Qabul qilinayotgan vositalarini cheklash


Download 299.48 Kb.
bet25/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

2.3.Qabul qilinayotgan vositalarini cheklash
-psixolog tadqiqot olib borish maqsadida yoshi, jinsi, ma’lumoti, mijozning ahvoli, tadqiqotning shartlariga mos uslublarni qo’llashi mumkin. Bundan tashqari, psixodiagnostik uslublar albatta, standartlangan, normallashgan, ishonchli va bir maromda bo’lishi kerak;
– psixolog ma’lumotlar qayta ishlangan va sharhlangan, ilmiy jihatdan isbotlangan uslublarni qo’llashi lozim. Metodlarni qo’llashda psixologning ilmiy qiziqishlari, mijozga nisbatan shaxsiy mayli, ijtimoiy ahvoli yoki kasbiy faoliyati bilan belgilanmasligi kerak.


2.4.Kasbiy rivojlanish
Psixolog doimo kasbiy bilimini oshirib borishi va psixologik etika doirasidagi ishlar (tadqiqotlar)dan xabardor bo’lishi lozim.
2.5.Ba’zi sharoitlarda kasbiy faoliyatning imkonsizligi
– agarda ba’zi sabablarga ko’ra, psixolog vaqtidan ilgari mijoz bilan ishlashni to’xtatishga majbur bo’lsa, bu uning ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatsa, psixolog, mijoz bilan ishlashni davom ettirishi zarur;
– psixolog o’z layoqati va mulohazalariga salbiy ta’sir ko’rsatgan taqdirda kasbiy faoliyatini davom ettirishi mumkin emas.
3.Javobgarlik tamoyili
Psixolog mijozi, kasbdoshlari, jamiyat oldidagi o’z kasbiy majburiyatlarini unutmasligi lozim. Psixolog zarar keltirmaslikka harakat qilishi, o’z faoliyatiga javobgar bo’lishi, shuningdek, o’z harakatlari xavfsizligini kafolatlashi zarur.
Javobgarlik tamoyiliga quyidagilar kiradi:
a)asosiy javobgarlik
–psixolog mijoz bilan o’zaro ta’sir kuchi va javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlarini anglashi zarur. Agarda tadqiqot olib borilayotgan yoki mijoz medikamentlarga tobe yoki harakatlari cheklangan bo’lsa, bunday hollarda katta mas’uliyat yuklanadi.
-agarda psixolog o’z faoliyati mijozning ahvoli yaxshilanishiga olib kelmasa yoki mijoz uchun xavf tug’dirishini xulosa qilsa, faoliyatini to’xtatishi shart.
b)Zarar keltirmaslik
-psixologning tadqiqot metodi yoki aralashuvi mijozning sog’lig’i va ahvoliga zarar keltirmasa, qo’llashi mumkin.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling