Pedagogika va psixologiyasi


Mutaxassislarga “xavfli guruh”dagi bolalarga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatishga oid tavsiyalar


Download 299.48 Kb.
bet35/61
Sana11.11.2023
Hajmi299.48 Kb.
#1765582
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnosti-fayllar.org

5.1.Mutaxassislarga “xavfli guruh”dagi bolalarga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatishga oid tavsiyalar
Suitsidal xulq-atvor shakllanishi qonuniyatlarini o’rganish, bolalar suitsidini o’ziga xosligi, suitsidning asosiy xavf omillari namoyon bo’lishi mutaxassislar uchun bolalar o’rtasida suitsid profilaktikasi va korrektsiyasini tashxislash hamda metodik uslublarini qayta ishlab chiqishga imkoniyat yaratdi.

Eng avval, bolalar va o’smirlar bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar va ijtimoiy pedagoglar uchun ijtimoiy muhim vazifalardan biri suitsidal xulq-atvor haqida jamiyat ongidagi uydirmalarni yo’qotish hisoblanadi.


1-uydirma. Faqat kasal bolalargina o’z joniga qasd qiladi. Biroq, haqiqat shundaki, o’z joniga qasd qiluvchilar orasida ruhiy bemor aholi o’rtasidagiga qaraganda, unchalik ko’p emas.
2-uydirma. O’z joniga qasd qilish haddan tashqari impulsiv holat bo’lib, bunday hollarda o’z joniga qasd qiluvchiga yordam berib bo’lmaydi. Lekin, haqiqat shundaki, o’z joniga qasd qilish – bu shaxsning hayotda biron noxushlik yoki omadsizlikka duch kelishi oqibatida ro’y beradi. Yaqinlarining muammoni hal qilishga yordam berishi uni bu yo’ldan qaytaradi.
3-uydirma. Bola yaqinlarini qo’rqitadi, lekin suitsidga qo’l urmaydi. Haqiqat shundaki, o’z joniga qasd qilishga shaylanayotgan bola bir lahzalik jazavaga tushish natijasida bunga qo’l uradi.
4-uydirma. Qutqarib qolingan bola ikkinchi marta suitsidga qo’l urmaydi. Haqiqat shundaki, ertami-kechmi yana takrorlanishi mumkin. Suitsidga qo’l urgan bola, ko’p hollarda (50% voqealarda) yana takrorlaydi. O’z o’rnida 50% qaytarilgan suitsid “muvaffaqiyatli” yakunlanadi.
5-uydirma. Depressiyaga moyil bolalar oldida suitsid mavzusida gaplashmaslik kerak, bunday so’zlashuvlar bolani suitsidga undaydi. Suitsidal fikrdagi bolalar o’z o’ylari haqida so’zlashganda ancha engil tortadilar.
6-uydirma. O’z joniga qasd qilishdan avval bola bu haqda gapiradi, lekin atrofidagilar buni hazil, deb qabul qiladilar. Ko’p hollarda, agar jazava suitsidini e’tiborga olmaganda, bevosita bola yaqinlarini o’z niyatidan har doim ogohlantiradi.
7-uydirma. OAV orqali qanday va nima uchun o’z joniga qasd qilish sodir bo’lgani haqidagi maqolalar o’z joniga qasd qilish darajasini kamaytirishga yordam beradi. OAVda odatdagidek, faqat o’z joniga qasd qilish dalili chop etiladi, bu turli yosh guruhidagilarning o’z joniga qasd qilishlarini miqdoriga ta’sir qilmaydi.
8-uydirma. Spirtli ichimlik iste’moli suitsidal kechinmalarni bartaraf etadi. Ammo bu aks ta’sirni beradi, ya’ni xavotirlik oshadi, nizolar keskinlashadi.
9-uydirma. Shunday o’z joniga qasd qilishga moyil odamlar borki, bu ularga nasldan o’tadi. Buni hech kim tasdiqlamagan.
Ma’lumki, bolaning individual psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Uning xulqidagi hamma o’zgarishlar to’g’rilanishi lozim. Ayniqsa, bolalar qovog’i soliqmi, ta’sirchanmi yo kamgapmi, yoki aksincha, ortiqcha ta’sirchanlik – xavotirlanishga sabab mavjudligini oldindan aytib bo’lmaydi. Eng muhimi, ota-onalar o’z bolalarining ruhiy holatidagi muammolarni sezishlari bilan yordam so’rab murojaat qilishga qo’rqmasliklari lozim. Ayniqsa, bolani uydan ajratish, yana unga “Qaytib kelma” deyish mumkin emas. Bunday “qo’rqinchli so’zlar” ota-onalar tomonidan oxirini o’ylamay, ko’p marta aytiladi.

Download 299.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling