“Pedagogika”ning ijtimoiy fan sifatida jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni talabalar


Ijtimoiy pedagogika — bu ijtimoiy ta’lim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bo’limidir


Download 0.78 Mb.
bet4/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1327221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ijtimoiy pedagogika — bu ijtimoiy ta’lim-tarbiya faoliyatining maxsus metodlariga ega pedagogikaning mustaqil bo’limidir.
Ijtimoiy pedagogika metodlari shaxsga, uning takomillashuvi, tarbiyasi, o’zini anglashi va shaxs sifatida shakllanishiga yo’naltirilgandir.
Ijtimoiy pedagogika funktsiyalari. Ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini o’rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko’rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to’xtalamiz.
Bola (o’smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o’zini tutishi kabilarni o’rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko’maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo’llarini topish, qiyin vaziyatda qo’llab-quvvatlash bolani o’rab turgan va unga ta’sir o’tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish.
Bola (o’smir) faoliyatini (o’zini) tarbiyalash, bilim olish, o’z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo’naltirish bola (o’smir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug’ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
Shunday qilib, yuqoridagilarni umumlashtirgan holda ijtimoiy pedagogika funktsiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin: Bular:
1. Tarbiyaviy funktsiya;
2. Ijtimoiy-huquqiy funktsiya;
3. Ijtimoiy-sog’lomlashtirishfunktsiyasi.
Tarbiyaviy funktsiya — bolani atrof-muhitga qo’shilishi, ijtimoiylashuvi jarayonini, uning ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashuvini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-huquqiy funktsiya — davlatning bolalar haqidag’amxo’rlshi, ularni huquqiy muhofazalanishini anglatadi.
Ijtimoiy-sog’lomlashtirish funktsiyasi — bu nogiron bolalar, ya’ni jismoniy yoki ruhiy nuqsonga ega bolalar bilan tarbiyaviy va ta’lim ishlarini olib borish bo’lib, bunda pedagog asosiy ijtimoiy vazifa bajaruvchi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlardan esa ijtimoiy pedagogikaning amaliy vazifalari yuzaga chiqadi. Bundan ijtimoiy pedagog va xodim o’z faoliyatini nimaga mutanosib shakllantirishi, nimaga yo’naltirishi lozimligi aniqlanadi.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, shu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish, bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amxo’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda «rahm-shavqat», «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohas ida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling