Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

MUHAMMAD AL - XORAZMIY 
(783-850)
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 
783 yil Xorazmda tavallud topgan. Yevropada 
«Algorismus» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U o ‘z 
ilmiy faoliyatining asosiy qismini Bog'dodda, xalifa 
al-M a’mun boshchiligidagi ilmiy markaz «Bayt ul- 
hikma»da o'tkazgan. Xalifa al-M a’mun al-Xorazmiyni 
olim sifatida juda qadrlaganligi bois mazkur ilm dargohini boshqarish 
ishlarini m a’lum muddat unga topshirgan.
Al-Xorazmiy 
hind 
va yunon olimlarining asariarini 
puxta 
o'zlashtirib, undagi g‘oyalarni yanada rivojlantiradi. U hozirgi zamon 
matematika fanining fundamental qoidalari asoschisi, zamonaviy 
algebra fanining birinchi ta’sis etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Olimning 
«Al-Jabr val-Muqobala» asaridagi birinchi «Al-Jabr» so‘zidan Yevro­
pada «algebra» so‘zi kelib chiqqan. U 0(nol) sonini arifmetikaga olib 
kirdi va shu tariqa sonlarning o ‘nlik pozitsion tizimi butun dunyoga 
tarqaldi.
10 Каримов И.А. Юксак м аънавият- енгилмас куч. - Т.: Маънавият. 2008. 44-бет.
19


A!-Xorazmiyning sonlar tizimi haqidagi asarlaridan biri Yevropada 
«Algorizm» nomi bilan tanildi va bu nomdan zamonaviy «algoritm» 
so‘zi kelib chiqdi.
Al-Xorazmiy matematikadan tashqari astronomiya ilmiga oid turli 
mavzularda bir qancha ilmiy maqolalar yozgan. Ulardan eng mashhuri 
«Astronomiyaga oid jadvallar» («Zij») asaridir. Olim geografiya 
fanining rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shgan. lining muhim geografik 
asarlaridan biri «Yerning tasviri» («Surat al-Arz») kitobidir.
Mashhur tarixchi Jorj Sarton al-Xorazmiyni « ...0 ‘z davrining eng 
buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, barcha 
davrlarning ham eng buyuklaridan biri» deb ta ’rif bergan.
Buyuk allomaning didaktik qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u 
bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga va olgan bilimlaridan 
o‘rinli foydalanishlariga katta e ’tibor beradi. Bunda u ilm o ‘rganuv- 
chilarning ilmiy manbalarni topish, o ‘rganish va tushuntira olish 
malakalarini hosil qilish zarurati haqida to ‘xtaladi. U o ‘zining «Al-Jabr 
val-Muqobala» asarida olimlar uch guruhga bo‘linishini aytadi: 
«Ulardan biri o ‘zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda 
boshqalardan o ‘zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros 
qilib qoldiradi. Boshqasi o ‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va 
bu bilan asami tushunishdagi qiyinchiliklarni osonlashtiradi, uni 
tushunarliroq qiladi. Keyingisi esa sochilib yotganni to ‘playdi, o ‘zidan 
avvalgilar haqida yaxshi fikrda boMadi».
AI-Xorazmiyning bu fikrlari o ‘sha davrdagi ilmiy-tadqiqot ishlari 
va ta'lim metodlari haqida yorqin m a’lumot beradi.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling