Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari”


II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISH


Download 72.19 Kb.
bet8/12
Sana29.01.2023
Hajmi72.19 Kb.
#1139528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Muxtorova Z

II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISH
2.1 Maktabgacha ta’lim tizimida turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish
Har qaysi sohani samarali idora etish, avvalambor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslubiarining ilmiy asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har birini tavsiflash, mohiyatini ifodalashga
ehtiyoj tug'iladi. Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta'lim
tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi:
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich turi hisoblanadi. Shu jumladan 2020- yil 19-mayda Qonunchilik palatasida qabul qilingan va 2020-yil 23 sentyabrda senat tomonidan maqullangan “Ta’lim to’g’risidagi Qonun" ning yangi taxririda ham Maktabgacha ta’lim nechog’lik muhim ekanligi aytib o’tilgan. Jumladan 8-moddasida: Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni boshlang’ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi5. Maktabgacha ta’lim sog’lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni axborot komunikatsion texnologiyaabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va nodavlat Maktabgacha ta’lim mussasasalarida hamda davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshriladi. Maktabgacha ta’lim, bola shaxsini Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo’llanadigan Davlat talablariga muvofiq sog’lom va yetuk, axborot komunikatsion texnologiyaabda o`qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

Download 72.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling