Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari”
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish vazifalari
Download 72.19 Kb.
|
Muxtorova Z
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va boshqarish vazifalari
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-nodavlat sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-nodavlat sheriklikni qo‘llab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-nodavlat sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilinganligi; mazkur kreditlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va nodavlat sheriklar o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imzolangan 1412 ta davlat-nodavlat sheriklik to‘g‘risidagi bitimlardan 992 tasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar moliyalashtirilganligi; 420 ta bitimlarning 100 dan ortig‘i bo‘yicha nodavlat sheriklar tomonidan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlash (keyingi o‘rinlarda — maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish) ishlari hajmi 25 va undan ortiq foizi bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining davlat-nodavlat sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturini davom ettirish maqsadida belgilangan tartibda tuzilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 3. Belgilansinki: a) 2019-yil 1-dekabrga qadar maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish ishlari 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 182 mlrd so‘m mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan 2020-yil uchun Davlat budjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida 2020-yil 1-martga qadar ajratiladi. Bunda, kreditlar 15 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 1 foizli stavka bo‘yicha beriladi 2020-yilda xalqaro moliya institutlaridan ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar) hisobidan moliyalashtiriladi; v) 2021-yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar: tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalarida beriladi; xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kreditlar (qarzlar), shuningdek, davlat-nodavlat sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha nodavlat sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladi; g) 2018-2019-yillarda belgilangan tartibda imzolanib, moliyalashtirilmagan hamda kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar ushbu bitimlarda nazarda tutilgan nodavlat sherikning o‘z mablag‘lari hisobidan bajarilishi (sotib olinishi) lozim bo‘lgan ishlar (tovarlar) to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng, tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladi. 4. Belgilab qo‘yilsinki mazkur qarorning: 3-bandi “a” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha nodavlat sherik tomonidan to‘lanadigan foizlar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida to‘liq qoldiriladi; 3-bandi “b” kichik bandida ko‘zda tutilgan kreditlar bo‘yicha nodavlat sherik tomonidan to‘lanadigan foiz stavkasining 2 foizi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida qoldiriladi, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021-yillarda davlat-nodavlat sheriklik asosidagi Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) jalb qilish choralarini ko‘rsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat-nodavlat sheriklik asosida tashkil qilinadigan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ustuvor tartibda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar, shuningdek, viloyat va tumanlarning ma’muriy markazlarida tashkil etilishiga e’tibor qaratsin; hududlarda mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlarining quvvati va qamrovini o‘rganib chiqsin hamda unda yashayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yangi va faoliyat yuritayotgan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarning qo‘shimcha o‘rinlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasin; 2020-yil va kelgusi yillarda bitimlarning faqatgina xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) hamda davlat-nodavlat sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha nodavlat sherik tomonidan qaytariladigan asosiy qarzlar hisobidan maxsus ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘lar doirasida tuzilishini ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nodavlat sheriklarga berilgan kreditlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratilgan budjet subsidiyalari maqsadli va samarali ishlatilishi bo‘yicha doimiy monitoringni yo‘lga qo‘ysin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov — mazkur qaror ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har chorakda ular rahbarlarining bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin — shakllangan mablag‘lar doirasida bitimlarni o‘z vaqtida tuzish va amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin, nodavlat sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashsin, tadbirkorlik subyektlari tomonidan bitim talablarini bajarilishi ustidan doimiy monitoringni yo‘lga qo‘ysin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin; mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsinlar; O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. A.D. Xadjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsinlar6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g’risida»gi Qonuniga muvofiq, Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim mazmuni maktabgacha ta'iimga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Muassasa o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'I va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin. Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi. Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti muassis tomonidan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. XULOSA Ushbu kurs ishidan shuni xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan bog’liq tashkiliy va amaliy ishar har tomonlama, davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi hech birimizga sir emas. Maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etish va boshqarishga oid tizimni ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilganligi ham so’zimiz isbotidir. Maktabgacha ta’limni tashkil etish uchun avvalombor uni har tomonlama bolalar uchun mosligi har tomonlama tekshiriladi va ruxsatnoma beriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkilot hajmidan kelib chiqqan holatda bevosita direktor va bilvosita metodist tomonidan boshqariladi. Uning barcha haq huquqlari undagi yangi tashkiliy qo’mita direktor tomonidan tashkil etiladi. Metodist maktabgaca ta’lim tashkilotidagi pedagogic faoliyat bilan shug’llanadi. Barcha pedagog xodimlarning pedagogic faoliyatini nazoratga oladi. o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish. Download 72.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling