Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari”
Maktabgacha ta’limning vazifalari
Download 72.19 Kb.
|
Muxtorova Z
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
-bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida va aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; -bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; -Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish extiyojini, o`qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlashir. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruxiy sog’ligini ta’minlash. Maktabgacha ta’lim va uzluksiz ta’limning hamma turlari bilan mustaxkam aloqada olib boriladi. «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida – oila jamiyatning asosiy bug’inidir, hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo’lish huquqiga ega» deyilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar – davlat himoyasidadir – deb uqtiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti oila va jamiyatning bolalarga g’amxurlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi taraqqiy etib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari asrida insonlar mehnat bozoridan joy olishlari uchun yuqori malakali , intellektual salohiyatli, iqtidorli, jismonan sog’lom, eng muhimi o’z kasbining yetuk mutaxassisi, kompyuter texnologiyalarini biluvchi yuqori malakali kadr bo’lishi kerak. Har bir narsaning mustahkamligi uning poydevoriga bog’liq bo’lganligidek, yoshlarning bilimli, salohiyatli bo’lishi uzluksiz ta’limning bosh bo’g’ini Maktabgacha ta’limning qanday berilishiga va uning sifatiga bog’liq. Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha ta'limni rivojiantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi: - Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; - Maktabgacha ta'limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; - Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash; - Zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; - Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniytarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviyaxloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish; - Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish; - Maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish tashkilotlari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojiantirish texnologiyalarini ishlab chiqish. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning uchta asosiy shakli mavjud: individual, guruhli va ommaviy (frontal). Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning har bir shakli didaktik maqsadi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individual ishga munosabati, pedagogik rahbarlik bilan bog’liq o‘ziga xos xususiyatiari bilan farqlanadi. Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning individual shakli o‘zida bir qancha ijobiy jihatlarni aks ettiradi: o‘quv faoliyati mazmuni, uslubi va sur’atini to‘la individualashtirish imkoniyatining mavjudligi hamda aniq bir masalani hal etishda ta’lim oiuvchining har bir harakati va operatsiyalarini ko’zatib borishga imkon berishi kabilar. Biroq ta’limning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning tejamli emasligi (bir guruhda yigirma nafar bola bo‘Isa, pedagog har biri uchun 20-25 minutdan vaqt sarflaydi. Demak, pedagog qariyb olti soat individual o‘qitish blian shug'ullanadi); pedagog ta’sirining cheklanganligi (pedagogning vazifasi bolaga topshiriq berish va uning bajarilishini tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan hamkorliqia ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasinmg shakllanmasligi. Biroq ba’zan o‘quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasal- likka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ularni zarur bilim va ko'nikmalami egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlami bosh- qarishga qobiliyatlilikni rivojiantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek maxsus qobiliyatlar (rasm chizish, qo‘shiq aytish, matematikaga doir)ga ega bolalar bilan ham individual tarzda faoliyatlar olib borish talab etiladi. Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta’lim olganlik darajasi, bilim va ko'nikmalami egallashdagi o’zilishlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun vaqt-vaqti bilan nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual faoliyatlarni o‘tkazadi. Bolalaming o‘quv faoliyatini tashkil etishning guruhli shakli faoliyatlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalaming o‘z xohish-istaklari, umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin, biroq ularning o‘zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan pastroq o‘zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish maqsadga muvofiq. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zan faoliyat birdaniga kichik guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday tartibda joylashtirish haqida o‘ylashi lozim. Har bir guruh a’zolari bir-biriga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a’zolari bir-birlari bilan muloqotga kirishadi. o‘zaro hamkorliqia topshiriqni bajarishadi. Shuning uchun ham bunday faoliyatlarda hamma vaqt tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo‘lmaydi. Faoliyatga doir topshiriq hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mash- g‘ulot berilgan topshiriqni o‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalaming o‘quv faoliyatini tashkil etishning ommaviy (frontal) shakliga ham alohida zamriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan faoliyatlar mazmuni ko'pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, musiqa faoliyatlari, sahna ko'rinisblarini namoyish etish. o‘yin-sayohatlar, san’at asarlari bilan tanishish va boshqalar. Bunday faoliyatlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi “emotsional ta’sir ko‘rsatish” yaxshi samara beradi. bolaning o‘z-o‘zini namoyon eta olishiga imkon beradi. Faoliyat - maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli -Faoliyat - maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Faoliyat tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi faoliyatda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalaming amaliy mashg' ulotini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim yoshi guruhlari bilan bog’‘liqliqiafaoliyatlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan faoliyatlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tayyorlov guruhlaridagi faoliyatlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqilliq bilimga qiziquvchanliq taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib toptirib boriladi. Bolalarda ko’zatuvchanliq mas’uliyat hissi takomillashib boradi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-istagi tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim muassasada faoliyatlar bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu faoliyatlarda bolalar o‘quv faoliyati ko‘nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo‘lib boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, irodaviy zo'r berilish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali o‘qish natijasida bilishga qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalarni jamoada o‘ qitish muayyan afzalliklarga ega: birgaliqia ishda ular bir-birlariga aktlv ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish imkoniga ega bo'ladilar. Bolalar oldilariga ko‘pchiligidan kuch-g‘ayrat talab qiladigan vazifalar qo‘yilganda birgaliqiagi kechinmalar paydo bo‘ladi, jamoa tuyg'usi vujudga keladi. Ekskursiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, qurish-yasashga oid ishlami birgaliqia bajarish, umumiy o‘yinlarda va musiqa faoliyatlardagi raqslarda, harakatlarni rivojiantirish faoliyatlarida birlashish, badiiy adabiyotni o‘qish tufayli yo’zaga kelgan birgaliqiagi kechinmalar - bulaming hammasi inoq bolalar jamoaini vujudga keltirishda yordam beradi hamda jamoada yashash va ishlash ko‘nikmasi hosil qiladi. Faoliyatlardagi o'qitish jarayonida bolalarda maktabga va o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, to‘g‘ri xulq-atvor ko'nikmalari, ma'suliyat hissi, ishchanliq o'zini tuta bilish, ishda zo‘r berish odati hosil qilinadi. Bolalarga kerakli bilim va malakalarni faoliyat jarayonida, yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali usullari- dan foydalanib berilsa, bolaning yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishnmg samaradorligi oshadi. Bolalar faoliyatlarning turli xil ko‘rinishlarini egallashlari orqali, yoshlari o‘sib borish davomida, maktabga bo‘lgan qiziqishlari ham o‘sib rivojlanib boradi va ular maktabni ham hech qiynalmay o'qib, davom ettirib boradilar. Masng‘ulotnmg turlari va tuzilishi Didaktik-maasadiga ko‘ra faoliyatlar quyidagi turlarga bo’linadi: yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qiluvchi faoliyatlar, o'zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi faoliyatlar, nazorat mash- g'ulotlari va majmuaviy faoliyatlar. Yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi faoliyatlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak- atrofdagi narsa-buyumlar, voqealar to'g'risidagi bilimlarini kengay- tirishdir. Bunday faoliyatga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur faoliyatlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi. Bolalaming o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlovchi mashg‘u- lotlardm ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish va umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt ko’zatiladi, ikki narsa (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar) solishtiriladi, didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday faoliyatni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganligini bilib oladi. Tarbiyachi faoliyatlar jarayonida bolalaming bilimini yangi ma’lumotlar bilan boyitadi. Nazorat faoliyatlari bolalaming dastur bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini tekshirish va aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning faoliyati natijalarini umumlashtirib, xulosalash imkonini beradi. Nazorat faoliyatlari choraq yarim yillik va yil oxirida o'tkazilishi mumkin. Majmuaviy faoliyatlar maktabgacha ta’lim tajribasida keng tar- qalgan bo'lib, bunday faoliyatlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahlcamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi, olgan bilim va ko'nikmalarni amalda qo‘llashga o'rgatiladi. Faoliyat o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, har qanday faoliyat o‘zida uchta tarkibiy qismni aks ettiradi: tashkiliy qism, faoliyatning borishi (jarayon) va yakuniy qism. Tashkiliy qism bevosita bolalarni faoliyatga jalb etish: ularning e'tiborini amalga oshiriladigan faoliyatga qaratish, bajariladigan ishga nisbatan qiziqishni hosil qilish, jo‘shqin kayfiyatni yaratish, o'quv vazifalarini ochib berishga yo‘naltiriladi. Tushuntirish ishlari mohirona, bosiqlik bilan hamda emotsional tarzda olib boriladi. Tushuntirish va ko‘rsatish usullari asosida bolada qanday tarzda harakatlanish, ketma-ketlikda bajarish, natijaga erishishga doir oddiy ko‘rinishdagi ish rejasi hosil qilinadi. Faoliyatning borishi belgilangan o‘quv vazifalari bilan bog’liqligiga bilim va ko'nikmalarni o‘zlashtirish bilan tugallanadigan bolalaming mustaqil aqliy yoki amaliy faoliyati. Faoliyatning mazkur bosqichida har bir bolaning rivojlanish darajasi, idrok etish sur’ati, fikrlashining o'ziga xosliklari bilan bog’liqlikda talim usullari individuallashtiriladi. Agar pedagogning aniq tushuntirib bera olmastigi oqibatida o'quv vaazifalarini bajarishda ko‘pchiliqia xatolar ko’zatilsa, hamma bolalaming diqqatini ommaviy jalb etish zaruriyati yo’zaga keladi. Tez va oson yodda saqlab qola oladigan, tahlil qlla oladigan, pedagog ko'rsatmalari bilan o'zining harakatlari, natijalarini taqqoslay oladigan bolalarga nisbatan kam yordam ko‘rsatiladi. Agar bolalarda vazifani bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘Isa, maslahat berish, qaytadan eslatib o‘tish, yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin. Pedagog har bir bolaga o‘ylash, qiyin vaziyatlardan o‘zi mustaqil chiqib keta olishiga imkoniyat yaratadi. Ba’zi bolalarga qo‘shimcha tushuntirish, ko‘rsatish, pedagogning bevosita yordami talab etilsa, boshqalariga og‘zaki koTsatma berish yetarli boTadi. Pedagog har bir bolaning u nimani o'rganganligini ko‘rsatib beruvchi, uning harakatlaridan guvohlik beruvchi natijalami olishiga harakat qiladi. Natijaga erishish - mashg1 ulotdagi amaliy va o'quv faoliyatining yakuniy mahsuli. Bu esa, bolaning irodasini mustahkamlaydi, bilim va ko'nikmalarni egallashga qiziqishini oshiradi. Faoliyatning yakunlanishi bolalaming o‘quv faoliyati yo’zasidan xulosalar chiqarish va natijalarni baholashni o'zida aks ettiradi. Olingannatijaning sifati bolalarning yosh va individual xususiyatiari, o‘quv vazifasining raurakkabligiga bog’‘liqdir. Kichik guruhlarda pedagog bolalarni tahsinlaydi, tirishqoqliklari, topshiriqni bajarishdagi intilishlari uchun ularni maqtaydi, ta’lim mazmuni bilan bog’‘liqiiqia ulardagi ijobiy kayfiyatni oshiradi. O’rta guruhda bolalarning faoliyati, ularni topshiriqni bajarishga munosabatlarini baholashda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslaniladi. Bunday yondashuvni tadbiq etishdan maqsad bolaning o'quv vazifasi mohiyatini tushunishi, pedagogning ko‘rsatmalariga e’tiborli bo'lish. belgilangan ketma-ketliqia ishni bajarish zaruriyatini anglab yetishlariga erishishdir. Download 72.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling