Pedagogiklik kasbiga qo‘yiladigan talablar haq yo`lida kim sanga bir harf o`qitmish ranj ila


O`qituvchining kasbiy sifatlari va qobiliyatlari


Download 36.16 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi36.16 Kb.
#1430800
1   2   3
Bog'liq
MATN Word

O`qituvchining kasbiy sifatlari va qobiliyatlari.
O`qituvchining ishi – bu hunar emas, balki bolaning ichki dunyosini va uning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish qonuniyatlarini chuqur bilishni talab qiladigan san`atdir. O`qituvchilarga bolalarni, ya`ni ta`sir o`tkazish juda ham oson bo`ladigan yoshdagi odamlarni ishonib qo`ygan, ularga yosh avlodni, ya`ni orzu-umidi va o`z kelajagini o`strishni, voyaga yetkazish va kamol toptirishni ishonadi. Bu – katta ishonch bo`lib, o`qituvchilarga juda ulkan mas`uliyat yuklaydi. O`qituvchilar bir tomondan, yuksak bilimli, ikkinchi tomondan esa, billurdek pok odamlar bo`lishi kerak, albatta. Negaki halollik – poklik, aytish mumkinki fe`l-atvorning tom ma`nodagi pok vijdonliligi bolalarga faqat xush keladigina emas, balki ularni o`ziga rom etadi, ularning keyingi butun hayoti davomida chuqur iz qoldiradi.
Biror odam o`qituvchi kabi jiddiy nazorat ostida bo`lmaydi. Pedagoglik kasbi hayotiy ishi bo`lib qolgan kishilardan bu kasb ularning o`z ustlarida muntazam ravishda zo`r g`ayrat bilan ishlashlarini taqozo etadi.
O`qituvchi – yosh shaxs ma`naviy dunyosining me`moridir, jamiyatning ishonchli kishisidir. Jamiyat o`qituvchiga eng aziz, eng qimmatli bo`lmish bolalarni, o`z umidini, o`z kelajagini ishonib topshiradi. Bu g`oyat olijanob va juda qiyin kasb, astoydil o`z umrini shu kasbga bag`ishlagan kishidan doimiy ijodkorlikni, tinimsiz fikrlashni, zo`r qalb sahovatini, bolalarga mehr-muhabbatni, ishga astoydil sadoqatni talab qiladi. O`qituvchi o`zining yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi fidokorona, ma`rifatparvarlik mehnati bilan xalqning chuqur minatdorchiligi va hurmatini qozonadi.
O`qituvchi o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni, yuksak axloqiy-siyosiy fazilatlarni mehnatsevarlikni, Vatanimizning gullab-yashnashi va xavfsizligi uchun tarixiy javobgarlik tuyg`suni shakllantirish borasidagi ishlarga munosib hissa qo`shib kelayotir.
O`qituvchi pedagogik faoliyatining muvaffaqiyatli ko`p jihatdan pedagogik qobiliyatga bog`liq bo`ladi.
Qobiliyatning ilk va boshlang`ich tarkibiy qismi iste`doddir. U o`zida anatomik – fiziologik belgilar yig`indisini, oliy nerv faoliyati turining xususiyatlarini mujassamlashtirgandir. Iste`dod ayni shu ma`nodagi qobiliyatni yuzaga chiqarishi mumkin, kelin oldindan belgilab qo`ya olmaydi. Iste`dod tayyor holiday rivojlanishga qadar va undan ajralgan holda paydo bo`lmaydi, individning ilk belgisi va o`zgarmas xususiyati emas, u individni tarbiyalash jarayonida shakllanadi. Pedagogik qobiliyat o`qituvchilik sohasida muvaffaqiyatli ish olib borishning dastlabki shartlaridandir.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo`ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun layoqat, zehn, yani insonning asab tizimida anatomo-fiziologik hususiyat bo`lishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy hususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik taraqqiyotning samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lmog`i va tarbiyalanib shakllantirilmog`i lozim.
1.Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiya, adabiyot kabilar) bilimlarni mukammal egallaganlik qobiliyatidir. Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanning o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, о`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2. Tushuntira olish qobiliyatiо`quv materialini о`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o'quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`otish qobiliyatidir. O'qituvchi zarur xollarda о`quv materialini о`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib о`quvchilarga yetkaza olishi darkor. O'quvchilar qobiliyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog о`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimanibilishlari va hali nimani bilmasliklarni, nimani unitib qoyganliklarini tasavvur etadi. Ba'zi o`qituvchilarga о`quv materiali oddiy, tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday о`qituvchilar o'quvchilarni emas, balki о`zlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali oqituvchi o'zini o`quvchining o'rniga qo'ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo`lgan narsalarning о`quvchilarga tushunilishi qiyinva mavhum bir narsa bo`lishi ham mumkinligiga asoslamb ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida oylab chiqadi, hamda rejalashtiradi. Qobiliyatli
o`qituvchi dars materialini bayon etishning xarakteri va shaklini alohida о'ylab chiqadi, hamda rejalashtiradi. Qobiliyatli o'qituvchi dars materialini bayon etish jarayonida o'quvchilarniing qanday o'zlashtirayotganliklarini qator belgilar orasida payqab oladi va zarur xollarda bayon qilish usulini o'zgartiradi. Shuningdek, qobiliyatli о'qituvchi o`quvchilarning saboqni о`zlashtirib olishlari uchun zamin tayyorlab, ularni dam olishdan ishga otishlari, bo'shashish, lanjlik, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt ajratish zararligini hisobga oladi.U tegishli vaziyat yuzaga kelmagunga qadar ish boshlamaydi. Masalan , darsning xaddan tashqari zo`riqish bilan va kuchli boslilanishi о`quvchilarda muhofaza qiluvchi totmozlanish deb atalmish xolatga sabab bo'ladi. Miya faoliyati tumanlashadi va o`qituvchiningso'zlari etarli darajada idiok qilinmaydi.
3.Kuzatuvchanlikqobiliyati-o'quvchining, tarbiyalanuv-chining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o'quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o'qituvchi o`quvchining ruhiyatidagi ко`zilg'amas o'zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O'quvchilar bunday о`qituvchi haqida ‘qarayotganga oxshamaydi-yu, ammo hamma narsani ко`rib turadi’’, o`quvchining xafa bo'lganligi yoki dars tayyorlamayotganligini ko'zidan biladi " - , deydilar.
4.Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek, imo - ishora vositasida o'z fikr va tuyg`ulanrini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O'qituvchining nutqi darsda hamisha o'quvchilarga qaratilgan bo'ladi. O`qituvchi yangi saboqni tushuntirayorgan, о`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bolsa ham, uning nutqi hamisha o'zining ichki kuchi, ishonchi o'zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi, fikrning ifodasi o'quvchilar uchun aniq, sodda tushunarli bo'ladi.
O`qituvchining bayoni o'quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O'qituvchi o'quvchilar oldiga savollar qo'yib, ularni asta - sekin to`gri javob berishga undaydi, о`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. Shuningdek, o'rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va o`quvchilar mavzunitez о'zlashtiradilar. O'qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jixatdan yorqin ifodali, xis - hayajonli bo`lib, unda grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho'ziq, zeriktiradigan nutq o'quvchilarni juda tez charchatadi, ulami lanj, loqayd qilib qo'yadi. Ayrim o`quvchilartez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning о`zlashtirishlari uchun о`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shashqaloqlik saboqni o`zlashtirishga xalaqit beradi va bolalarni tez charchatib qoyadi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, toliqtirib qo'yadi. O`qituvchining zaif tovushi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo - ishoralar va xarakatlar kishining g'ashini keltiradi.
5.Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan oquvchilar jamoasini uyushtash , jipslashtirish , muhum vazifalarni xal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o'z ishini to`g`ri uyushtirishni nazarda tutadi .
O`z ishini tashkil etish deganda ishni to'g'ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali о`qituvchilarda vaqtni oziga xos xis etish —ishni vaqtga qarab to`g`ritaqsirnlay olish, belgilangan muddatda ulgurish hususivati hosil bo'ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt saiflash hollari ba'zan uchrab turadi. Ammo tajribali oqituvchi zarur hollarda darsning rejasini o'zgartira oladi.
6. Obro` orttira olish qobiliyati – o`quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta'sir ko`rsatish va shu asosdagina obro` qozona olishdir. Obro` faqat shu asosdagina emas, balki o`qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va xakazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o`qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yigindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga, shuningdek, o`quvcilarga ta`lim hamda tarbiya berish mas`uliyatini his etishga, о`zining haq ekanligiga ishonishsa, bu ishonchni o`quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog'liq. O`quvchilar qo`pollik qilmaydigan, qo'rqitmaydigan, to'g'ri talab qo'ya oladigan o`qituvchini juda hurmat qiladilar, O'qituvchining boshangligi, laqmaligi, sabotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7.To`g`ri muomala qila olish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ularbilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o'zaro munosabatlar o'rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. Pedagogik jarayonning majburiy tusda bo'Iishi o'quvchi bilan o`qituvchi o'rtasidagi о`zaro munosabatlarda tanglikni vujudga keltiradi. Asar sinfda odatdagi nihiy - pedagogik sharoit yaratilmas ekan xech narsaga erishib bo`1maydi. Insonparvarlikka zid uslub bolalarda o'qishga bo'lgan xavasni sondiradi, ularni qo'rqoq, o`qituvchini yoqtirmaydigan qilibqo`yadi, ularda maktab hayotidan norozilik xissini keltirib chiqaradi, ularni faol bo`lish quvonchidan mahrum qiladi. O`qituvchining o`quvchiga bo`lgan munosabati aksariyat hollarda dars jarayonida amalga oshiriladi. O`qituvchining o'quvchini haqorat qilish, qo`pollik, uning shaxsiyatiga tegadigan gaplami gapirishi, unga atayin past baho qo`yishi, unga nisbatan tazyiq otkazishi bolalik dunyosini ostin -ustun qilib, o`quvchi hayotida keskin salbiy burilish yasaydi. O'quvchi sinfga kirib kelayotgan о`qituvchini juda sezgirlik bilan kuzatadi, O'qituvchining quvnoq kayfiyati ham, tund holati ham sinfda о`z ta`sirini о`tkazadi. Ko`pincha о`qituvchining o'quvchiga bo'lgan munosabati ham, bergan savoli ham o`quvchida e`tiroz uyg`otadi. "Qani " akademik " Sen ayt-chi ? " Bugun orqada "dum " bo`lib sudralib yuruvchilardan so`raymiz " kabi. Ba` zan savollar bir - biriga zid, to'mtoq, mantiqsiz, mavhum holda beriladi. Bularning hammasi o`quvchini esankiratib qo'yadi. Bunday hollar o'qituvchining o'quvchi shaxsini hurmat qilmasligi, pedagogik odobga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Mainlakatimiz maktablarida yuzlab tajribali pedagoglar allaqachon o'z o'quvchilarining ishonchini qozongan, muhabbatiga sazovar bo`lishgan . Bu ishonch, muhabbat, qadr - qimmat o'quvchilar maktabni bitirgandan keyin ham davom etadi. Ustoz shogird aloqalarining davomiyligi huddi shu yerdan boshlanadi.HuIIas kalom, sinfdagi ruhiy muhit mutloq belgilovchi omildir. U bolalarni ruhiy sog'lom, ma`naviy faol shaxs bo`lib yetishishida muhum ahamiyat kasb etadi. Sinf rahbari bu ishga juda katta e'tibor bilan qarashi iozim bo'ladi.
8. Kelajakni ко` га bilish qobiliyati -o'z harakatlarining oqibatini ko'ra bilishda, o`quvchi-ning kelgusida qanday odam bo'Iishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilat-larni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik faoliyatning qudratiga bog'liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o'qituvchi uchun diqqatning barcha hususiyatlari- hajmi, kuchi,ko`chuvchanligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Diqqatni ayni vaqtda taqsimlash qobiliyati o`qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi saboqni bayon qilish mazmuni va shaklini tanlar ekan, o'z fikrini o`quvchilar qanday tinglayotgan-larini diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o`quvchilarni ко`rib turadi, toliqish , e`tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatadi, intizomsizlik hollarini e'tibordan qochiiinaydi, nihoyat o`zxatti - harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o'qituvchi ko'pincha saboqni bayon qilishga berilib ketib, o`quvchilarni e`tibordanchetda qoldiradi. Nazorat qilmay qo`уadi, bordi-yu o'quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa , fikr kalavasini yo'qotadi .
O'qituvchi yuqorida ко`rsatilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifaflarga - aniq maqsadni ко`zlash, qat`iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega bo'lishi kerak. Bundayxususiyatlar bo`lmasa o'rta pedagogik darajasidanyuqorigakо`tarila olmaydi. Bolalarga mehr - muhabbat o`qituvchining eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq- qilmishiarini kechirish, ularga hushomadgo`ylikqilish emas, balki talabchanlik va qattiqqollik, adolatlilik bilan qo`yilgan mehr — muhabbat bo`lib ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o'zining ko'p vaqtini va kuchini bolalarga bag`ishlaydi. U zarur vaqtda istaklarini qurbon qilib bolalar manfaati yo'lida ehtiyojlarini cheklashga tayyor turadi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o'qituvchi shaxsiga xos sifat, zero haqiqiy pedagog to'la ma`nodagi jamoatchi bo'lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol holatda turishning amaliy namunasini ко`rsatadi.
O'qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo'la oiadi, unihamma hurmat qiladi. Вuning uchun ochiq ko`ngil, qat`iy, ozini tuta bilishi, bardoshli bo'lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo`lish bilan birga o'z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli о`qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko`nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur.

Download 36.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling