“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
163-168
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-2, January - 2023 163 FOSFORLI OʻGʻITLARNING ISHLATILISHI Tojimirzayev Jamshidbek Mirzoxid o'g'li Namangan Davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti KIM_CU_21 gurux talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Fosforli oʻgʻitlar, ularning ishlatilishi hamda ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Fosforli o'g'itlar, rudalar, apatit, qo'sh superfosfat, organik moddalar, qishloq xo‘jaligi, fosforit. Tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — appatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari marten fosfatshlak hamda organik moddalar, suyak uni, tung va boshqalar fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota H3PO4 ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim fosforli oʻgʻitlar esa polifosfat superfosfat kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi 1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan. Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) fosforli oʻgʻitlar Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Ca(H2PO4)2H2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) Fosforli oʻgʻitlar; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — CaHPO4H2O yoki tetrakaltsiy fosfat — Ca4P2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kuchsiz kislotalarda erimaydigan (fosforit uni va suyak uni) fosforli oʻgʻitlar ularda fosfor kaltsiy fosfat — Ca3(PO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlarni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.Suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar kukuni va dona dor holda limon kislota va ammoniy nitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan fosforli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mostlashib qolmaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling