“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.09.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1678171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
163-168

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-2, January - 2023
 
164 
Survoha tuproklarda fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 
1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara beradi. 
Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida 
toʻplanadi. Tuproqqa solingan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosforning 20—25% 
solingan yili, 40— 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. Fosforli 
oʻgʻitlar oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. Fosforli oʻgʻitlar ta’sirida hosil 
pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada 
kraxmal, qand lavlagi tarkibidagi qand miqdori koʻpayadi fosfor yetishmaganda 
oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib oʻsadi.Fosfor hayot 
uchun eng muhim element boʻlganidan, azot va kaliy singari katta ahamiyatga egadir. 
Fosfor hujayralar protoplazmasi tarkibiga, xromosoma, va fermentlar tarkibiga kiradi, 
oʻsimlik va hayvonlar organizmida fosfor boʻladi. Fosfor – hayot va tafakkur elementi 
deb yuritiladi.Fosfor elementi noma’lum boʻlgan vaqtlarda yer goʻng va kul bilan 
oʻgʻitlangan, oʻsimlikning fosforga boʻlgan ehtiyoji shu yoʻl bilan bir qadar ta’min 
etilgan. Fosforli oʻgʻitlar masalasini rus olimlari A.N.Engelgardt, V.V. Dokuchayev 
P.A.Kostichev, D.N.Pryanishnikov hal qildilar va bu oʻgʻitlar mamlakatimizda keng 
ishlatila boshladi. 
Qishloq xoʻjaligida quyidagi fosforli oʻgʻitlar ishlatiladi: 
1. Fosforit talqoni Ca3(PO4)2 
Fosforning tabiiy birikmasi fosforitning boyitilgan kukuni. Fosforit talqoni suvda 
juda oz eriydi. Shuning uchun kislotali muhitdagi tuproqlarga solinadi. Bu oʻgʻit eng 
arzon fosforli mineral oʻgʻit boʻlganligi uchungina boʻz va torfli tuproqlarda oʻsadigan 
oʻsimliklarga solish uchun ishlatiladi. 
2. Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2CaSO4×2H2O 
Appatit yoki fosforitga sulfat kislota taʻsir ettirish yoʻli bilan olinadi: 
Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + CaSO4 
Bu fosforli mineral oʻgʻit suvda eriydi, shuning uchun ham har qanday muhitdagi 
tuproqlarda oʻsadigan oʻsimliklar uchun qoʻllash mumkin.Oddiy superfosfatni 
tayyorlash uchun bir necha boʻlak hayvon suyagini olib, organik moddalari kuyub 
ketgunicha kuydiring. Kuygan, tozalangan suyakni bolgʻa bilan mayda – mayda 
boʻlaklarga boʻling va bu boʻlaklarni xovonchada kukunga aylanguncha maydalang.50 
gramm suyak kukuniga 3 – 5 gramm bor talqonini aralashtiring. Aralashmani kimyoviy 
stakanga solib, ustiga 20 gramm 70 % li sulfat kislotani sekin – asta qoʻshing. 
Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. Sodir boʻlgan kimyoviy jarayon 
natijasida aralashma isib ketadi. Aralashma sovuganda hosil boʻlgan kukun oddiy 
superfosfat ya’ni, CaSO4 aralashgan Ca(H2PO4)2 dir. 
Oddiy superfosfat nam taʻsirida qotib qolmasligi uchun hozirgi kunda grammlar, 
yaʻni, donador holda ishlab chiqarilmoqda. Oddiy superfosfatda 14 – 20 % P2O5 
boʻladi. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling