Peja: 1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash sabablari


Download 24.3 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.3 Kb.
#1529991
1   2   3   4
Bog'liq
14-Mavzu. Zamin va poydevorlarni ta\'mirlash usullari

Poydevor ashyosining yemirilishi asosan sizot suvlarining salbiy ta’siri natijasida ro‘y beradi. Bunda poydevor tarkibidagi betonning, yoki yirik toshlar orasidagi qorishmaning sifati pasayib, poydevor o‘z vazifasini bajara olmaydi va zaminda cho‘kishlar yuz beradi. Ba’zi sharoitlarda poydevor tarkibidagi temir o‘zakning zanglashi va chirishi kuzatiladi. Bunday noxush holat poydevoring egilishga ishlashiga ta’sir etib, uning tag yuzasi maydonini kamayishga, natijada esa zaminming qo‘shimcha cho‘kishiga olib keladi.
Zamin gruntlarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini kamayishi, aksariyat hollarda ularning qo‘shimcha namlanishi oqibatida yuzaga keladi.
Ma’lumki, grunt namligini ortishi, asosan, uning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini. ya’ni bog‘lanish kuchi cv va ishqalanish burchagi w ni kamayishi bilan bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, zamin turg‘unligini susaytiradi.
Ba’zi hollarda zamin gruntlari turg‘unligining pasayishiga undagi zo‘riqish holatini o‘zgarishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatni yuzaga kelishi yuqorida aytganimizdek, binoga qo‘shimcha qavat qurish, uning ostida yoki atrofida yerto‘la barpo etish va shunga o‘xshash tadbirlarni belgilash oqibatidir.
Buning natijasida kutilmagan hodisalar yuzaga kelib, zamin turg‘unligi buzilishi va poydevor ostidan gruntni sitib chiqarilishi holatlari yuzaga kelishi turmushdan ma’lum.
Shuningdek, gruntlarning cho‘kishi kimyoviy ta’sirlar natijasida ular tarkibidagi organik moddalarning chirishi, yoki o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning qo‘shimcha namlanishi oqibatida ham yuz berishi mumkin.
Zamin gruntlarida o‘ta cho‘kish holatini yuzaga kelishi lovihachilar yoki quruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato oqibatida ham sodir bo‘lishi mumkin.
Inshoot zaminining loyihasini tuzish jarayonida ba’zi muhandislar grunt xususiyatlarini to‘liq hisobga olmay, shu atrofdagi foydalanishda bo‘lgan u yoki bu binoga oid ma’lumotlar asosida pala-partish ish yuritadilar. Natijada loyihalanayotgan zamin gruntining o‘ziga xos xususiyatlari nazardan tushib qoladi va ma’lum vaqtdan so‘ng kutilmagan o‘ta cho‘kish holati yuz berishi mumkin.
Mazkur holat poydevor uchun xandaq qazish vaqtida tabiiy gruntlar tuzilmasini buzish oqibatida quruvchilar tomonidan ham tez-tez sodir etib turiladi.
Natijada zamin va poydevorni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan serxarajat tadbirlarni qo‘llash lozim bo‘ladi.



Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling